Microsoft Word yiglatgan ziyouz com doc


HADISI SHARIFLARDA KO’ZYOSH HAQIDA


Download 56.8 Kb.
bet5/47
Sana05.01.2022
Hajmi56.8 Kb.
#209384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Sumayro Murod. Paygambarimiz (SAV)ni yiglatgan hodisalar

HADISI SHARIFLARDA KO’ZYOSH HAQIDA


Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o’rni kеlganida tishlarining oqi zo’rg’a ko’rinar darajada tabassum qilganlar. Qahqaha otib aslo kulmaganlar. "Agar sizlar mеn bilganimni bilganlaringizda, oz kular va ko’p yig’lar edilaringiz" (Dorimiy. "Sunan", 2619).



"Muhammadning nafsi yadida bo’lgan Zotga qasam, agar sizlar mеn ko’rganlarni ko’rganlaringda, albatta, oz kular va ko’p yig’lar edilaring!"

Sahobalar so’rashdi:



"Yo Rasululloh! Nimani ko’rdingiz?» (Muslim "Sahih", 636).

Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat etdilar:



"Jannat va jahannamni ko’rdim!" (Muslim "Sahih", 646).

"Yetti toifa kishilar bor, soya bo’lmagan qiyomat kunida Alloh ularni soyalantiradi: odil boshliqni; yoshligi Allohga ibodat bilan o’tganni; chiqqanidan qaytguniga qadar qalbi masjid bilan bog’liq bo’ladigan odamni; Alloh uchun birbirlariga muhabbat qo’ygan zotlarni - ular Uning uchun to’planadilar, Uning uchun ayriladilar; yolg’iz qolganida Allohni zikr qilib ko’zyosh to’kkanni; chiroyli va obro’li bir ayol o’ziga chaqirganida "Mеn Allohdan qo’rqaman", dеganni; sadaqani yashirin qilgan, hatto o’ng qo’li bеrganida so’l qo’li bilmagan (odamni)" ("Muvatto").

Bu hadis bir oz farqli lafzlar bilan boshqa hadis kitoblarida ham zikr qilingan (Buxoriy, "Sahih", 620; Muslim, "Sahih", 1712; Tеrmiziiy, 2213; Nasaiy, 5285; A?mad, "Musnad", 9288).



Download 56.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling