Microsoft Word yosh yuraklar yolqini ziyouz com doc


Download 334.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/52
Sana18.06.2023
Hajmi334.05 Kb.
#1588112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Hikoyalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
2
yetolmaysan, shunday bo'lsa ham umrbod unga talpinasan. Kichik bir hikoyaga shuncha badiiy-
falsafiy ma'nolar joylangani muallifning zakovati va mahoratidan dalolat beradi! 
Yosh adiblarimiz hayotning murakkab mavzularida erkin va dadil qalam tebratadilar. Isajon Sulton 
hayot va mamotning bir-biriga qay darajada bog'liqligini qishloqdagi katta bog'ning adog'ida — 
qabristonda o'sgan mevali daraxtlar tasviri orqali ko'rsatadi. Bu qishloqda olamdan o'tgan odamning 
qabri boshiga mevali daraxt ko'chatini ekish odati bor ekan. Rahmatli bo'lib ketganlar nomi shu 
daraxtlarni ko'rganda yod olinadi: Ismoil boboning o'rigi, Toshbuvi enaning noki, Xolxo'ja otaning 
olchasi... Muallif "Bog'i Eram" deb ta'riflagan obod maskan avlodlarning ajdodlarga mehru oqibatidan 
paydo bo'lishini hikoyaga kiritilgan yuz yoshlik avliyo rivoyati orqali yanada ta'sirli ifoda etadi. 
O'tish davrining qiyinchiliklariga bardosh berolmagan ayrim yoshlar jinoyat yo'liga kirib ketganligi 
va buning jazosini tortganligi Zulfiya Qurolboy qizining "Muhabbat va nafrat" hikoyasida yorqin 
bo'yoqlar bilan tasvirlanadi. Zulfiya adibalarimiz orasida nigohining o'tkirligi, obrazni bo'rttirib ko'rsata 
olishi va illatlarni ayovsiz fosh eta olish qobiliyati bilan ajralib turadi. 
Sho'rolar davrida bo'lib o'tgan fuqarolik urushining dahshatli fojialari Luqmon Bo'rixonning 
"Aldoqchi tunlar" hikoyasida o'z aksini topadi. Shafqatsiz sho'ro tuzumi badavlat oilaning farzandi 
bo'lgan Nurqo'rboshining otasini qiynab o'ldiradi, xotinini ilgari Nurning xizmatkori bo'lgan, keyin 
qishloq sho'rosi raisiga aylangan Nishon egallab oladi. Nur qo'rboshining so'nggi umidi yetti yashar 
o'g'lidan edi. Lekin aldangan yosh bola faqat Nishonni ota deb tan oladi, Nurdan tonadi, "Ket, 
bosmachi!" deb yuz o'giradi. Bu qadar ustma-ust yuz bergan fojialarga chiday olmagan Nur qo'rboshi 
o'zini o'zi otib qo'yadi. 
Mayago'zal Choriyevaning "Suyunchi" hikoyasiga ham o'ta dramatik voqealar asos boiadi. Qadim 
zamonlarda Sulton Bahodirxon degan botir sarkarda, dono elboshi bo'ladi. U faqat farzandsizlikdan 
iztirob chekadi. Nihoyat, suyukli xotini homilador bo'ladi. Shuning quvonchi bilan Bahodirxon katta 
va'da beradi. Farzand ko'rsa suyunchisiga jonini ham ayamasligini aytadi. 
Bu va'dadan uning dushmani Avazxon foydalanadi, farzand tug'ilganda birinchi bo'lib xushxabar 
keltiradi va suyunchisiga Bahodirxonning boshini talab qiladi. Bahodirxon va'dasida turadigan bir 
so'zlik odam ekan. U Avazxonning talabini bajarmoqchi bo'lganda el-yurt bunga qarshilik qiladi. 
Hikoya muallifi keskin munozarada Bahodirxon tomonida turadi. Lafzi halol Bahodirxon yolg'onchi 
bo'lishdan ko'ra o'limni afzal ko'radi. 
Albatta, va'dasi yolg'on odamlar ko'paygan sharoitlarda Bahodirxonning bu darajada rostgo'y 
bo'lishi ortiqcha mubolag'adek tuyulishi mumkin. Lekin yozuvchi inson xarakterini bo'rttirib ko'rsatish 
uchun ba'zan mubolag'adan foydalanishga haqlidir. 
To'plamga kiritilgan hikoyalarning turlicha uslubda yozilganligi ham kitobxonni o'ziga tortadi. 
Ayrim hikoyalarda ko'tarinkilik va shartlilik ko'p uchraydi. Biroq Jahongir Xolmirzayevning "Faqat 
hayot abadiy" va Nargiza G'ulomovaning "Shaharlik kelinchak" hikoyalari izchil realistik uslubda 
yozilgan. Ularda bugungi shahar va qishloqlarimizdagi maishiy hayot manzaralari haqqoniy 
ko'rsatiladi. Bu har ikki hikoyada biz mualliflaming samimiyatini, insonparvarligi va hayot haqiqatiga 
sodiqligini his qilamiz. 
Butunicha olganda, ushbu hikoyalar to'plami yosh adiblarimiz yangi davr bergan imkoniyatlardan 
samarali foydalanib, so'z san'atining rivojiga baholi qudrat hissa qo'shayotganlaridan dalolat beradi. 

Download 334.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling