1-o‘quv savoli: Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish


Download 147 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi147 Kb.
#1057145
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XGH мавзу № 8-1


8-Mavzu. Harbiy bo‘lmagan aholi bilan muomala qilish qoidalari.
O‘quv savollari:
1.Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish.
2.Qurolli to‘qnashuvlar huquqiga muvofiq kombatantning aholiga nisbatan hatti- harakat qoidalari.
1-o‘quv savoli: Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish.
Hozirgi davir mojarolari sharoitida fuqaro aholi ko‘pincha bevosita hujum ob’ektiga aylanib, ko‘plab shafqatsiz sinovlarga duchor bo‘ladi. Qotilliklar, garovga olish, jinsiy zo‘ravonlik, taqib qilish, majburan ko‘chirish, talonchilik, ataylab suv, ovqat va tibbiy yordamdan mahrum etish – bular urush davrida tinch aholi hayotining bir qismiga aylanadigan dahshatlarning hammasi emas.
Insonparvarlik huquqi fuqaro aholining dahlsizligi tamoyiliga asoslangan. Urush harakatlarida ishtirok etmayotgan yoki ishtirok etishngi to‘xtatgan shaxslar hech qanday sharoitda hujumga duchor qilinmasliklari lozim – ularni himoya qilish va rahm-shafqat ko‘rsatish kerak. Xalqaro qurolli mojarolar davrida fuqaro aholini va fuqaro ob’ektlarni himoya qilish va raxm-shafqat ko‘rsatish kerak. Xalqaro qurolli mojarolar davrida fuqaro aholini va fuqaro ob’ektlarni himoya qilish 1949 yildagi IV Jeneva konventsiyasi va 1977 yilgi I Qo‘shma protokolning qoidalari bilan kafolatlanadi. Xalqaro xarakterda bo‘lmagan qurolli mojarolar vaqtida fuqaro aholi barcha Jeneva konvensiyalari uchun umumiy bo‘lgan
3-moddaga asosan himoya huquqiga ega.
Himoya ostiga olish XQXQning asosiy faoliyati turi va uning bosh vazifasidir; u xalqaro inson parvarlik huquqida markaziy o‘rin tutadi. XQXQ fuqaro aholi ayniqsa ko‘proq xavf ostida bo‘ladigan hududlarda o‘z vakillari doimiy bo‘lishni taminlaydi. Uning delegatlari barcha qurolli tizilmalar bilan, ular muntazam qo‘shinlar, isyonchilar harakati, politsiya, harbiylashtirilgan tizilmalar bo‘ladimi yoki o‘rush harakatilarida qatnashyotgan boshqa guruhlar bo‘ladimi, muloqat olib boradilar.
IV Jeneva Konventsiyasi Urush davrida fuqaro aholini himoya qilish to‘g‘risida
● I Protokol. 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva konventsiyalariga Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha protokol 1977 yil 8 iyunda Jenevadagi diplomatik konferentsiyada qabul qilingan
Oliy ahdlashuvchi tomonlar, xalqlarning tinchlikda yashashini ko‘rishdek samimiy xohish-istaklari haqida bayon qilib, har bir davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq o‘zining xalqaro munosabatlarida boshqa har qanday davlatning suverenitetiga,  hududiy yaxlitligiga yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan yoxud kuch ishlatishdan, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti maqsadlariga nomuvofiq bo‘lgan  harakatlardan o‘zini tutishga majbur ekanligini eslatib, shu bilan birga, qurolli mojarolar  qurbonlarini  himoya qilishni ko‘zda tutuvchi qoidalarni tasdiqlash va kengaytirish, ularning yanada samarali qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish zarur deb hisoblab, mazkur Protokoldagi yoki 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva konventsiyalaridagi hech bir qoida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga nomuvofiq bo‘lgan har qanday bosqinchilik  harakatini yoxud har qanday kuch ishlatishni qonunlashtiruvchi yoki bunday hatti-harakatlarga ruxsat beruvchi qoida sifatida talqin qilinishi mumkin emasligiga o‘z ishonchlarini bildirib, shuningdek, 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva konventsiyalari-dagi va mazkur Protokoldagi qoidalar barcha holatlarda qurolli mojaroning xususiyati yoki kelib chiqishiga, nizolashayotgan tomonlar ilgari surayotgan yoki nisbat berayotgan sabablarga asoslanuvchi nomuvofiq tarzdagi biror-bir farq ajratmasdan, ushbu hujjatlar homiyligiga olingan hamma shaxslarga nisbatan to‘laligicha qo‘llanilishi zarurligini tasdiqlab, quyidagilar to‘g‘risida kelishdilar:

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling