1-o‘quv savoli: Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish


Xatarli kuchga ega bo‘lgan qurilmalar va inshootlar himoyasi


Download 147 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi147 Kb.
#1057145
1   2   3   4   5
Bog'liq
XGH мавзу № 8-1

Xatarli kuchga ega bo‘lgan qurilmalar va inshootlar himoyasi
1.Xatarli kuchga ega bo‘lgan qurilma va inshootlar, xususan, to‘g‘onlar, dambalar va atom elektr stantsiyalariga hujum qilish, agar bunday hujum ulardagi xatarli kuchlarning bo‘shalib ketishiga va oqibatda fuqaro aholi o‘rtasida og‘ir talafotlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa, hattoki ushbu inshootlar harbiy ob’ektlar bo‘lgan taqdirda ham, ular hujum ob’ektiga aylanmasligi kerak. Ana shu qurilma va inshootlar ichida yoki ularning yaqinida joylashtirilgan boshqa harbiy ob’ektlar, agar ularga hujum qilinishi oqibatida xatarli kuchlarning bo‘shalib ketishi va fuqaro aholi o‘rtasida og‘ir talafotlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud bo‘lsa,hujum ob’ektiga aylanmasligi kerak.
2.Quyidagi holatlarda 1-bandda ko‘zda tutilgan hujumdan alohida himoya to‘xtatiladi:
a)to‘g‘onlar va dambalarga nisbatan, agar ulardan qandaydir yo‘l bilan ularning odatdagi faoliyatidan boshqa maqsadlarda vaharbiy operatsiyalarni doimiy, izchil va bevosita ta’minlab turishda foydalanilayotgan bo‘lsa va bu ob’ektlarga hujum qilish bundayqo‘llab-quvvatlashga barham berishning yagona amaliy imkoniyati hisoblansa;
b)atom elektr stantsiyalariga nisbatan, agar ular  harbiy  harakatlarni doimiy, izchil va bevosita ta’minlab turish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarayotgan bo‘lsa va bu ob’ektlarga hujum qilish bunday qo‘llab-quvvatlashga barham berishning yagona amaliy imkoniyati hisoblansa;
v)ushbu qurilma va inshootlar ichida yoki yaqinida joylashtirilgan boshqa harbiy ob’ektlarga nisbatan, agar ulardan harbiy operatsiyalarni doimiy, izchil va bevosita ta’minlab turishda foydalanilayotgan bo‘lsa va bu ob’ektlarga hujum qilish bundayqo‘llab-quvvatlashga barham berishning yagona amaliy imkoniyati hisoblansa.
3.Barcha hollarda fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar xalqaro huquq tomonidan beriladigan to‘la himoyalanish huquqidan, shu jumladan, 57-moddada ko‘zda tutilgan ehtiyot choralarini qo‘llash yo‘li bilan himoyalanish huquqidan foydalanishda davom etadi. Agar himoya to‘xtatilib, 1-bandda ko‘rsatib o‘tilgan qurilma, inshoot yoki harbiy ob’ektlarning birontasiga nisbatan hujum qilinsa, xatarli kuchlarning bo‘shalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha amaliy ehtiyot choralari ko‘riladi.
4.1-bandda ko‘rsatib o‘tilgan har qanday qurilma, inshoot yoki harbiy ob’ektlarni repressaliyalar ob’ektlariga aylantirish taqiqlanadi.
5.Nizolashayotgan tomonlar 1-bandda ko‘rsatilgan qurilma va inshootlar yaqinida hech qanday harbiy ob’ektlarini joylashtirmaslikka  harakat qilishi zarur. Ammo himoyadan foydalanadigan ushbu qurilma va inshootlarni hujumdan mudofaaqilish yagona maqsadi bo‘lgan inshoot-lar qurilishiga yo‘l qo‘yiladi; bu inshootlardan himoyadan foydalanadigan qurilma va inshootlarga  hujumlarni  qaytarish uchun zarur mudofaa harakatlaridan boshqa biron-bir harbiy  harakatlarda foydalanilmayotgan taqdirda va ularning qurol-yarog‘lari himoyadan foydalanadigan qurilma va inshootlarga nisbatan hujumlarni qaytarishgagina mo‘ljallangan qurollar bilan cheklangan bo‘lsa, mazkur inshootlar hujum ob’ekti bo‘lmasligi kerak.
6.Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar xatarli kuchga ega bo‘lgan ob’ektlarni qo‘shimcha himoya qilishni ta’minlash yuzasidan o‘zaro boshqa bitimlar tuzishga da’vat qilinadilar.
7.Mazkur moddaga muvofiq himoyadan foydalanadigan ob’ektlarni tanib olishni osonlashtirish maqsadida, nizolashayotgan tomonlar ularni mazkur Protokolning 1 Ilovasi 17-moddasida ko‘rsatilganidek, bir o‘qda joylashgan uchta yorqin to‘q-sariq doiralar guruhi shaklidagi maxsus belgi yordamida belgilashlari mumkin. Bunday belgilarning mavjud emasligi nizolashayotgan tomonlarninghech birini mazkur moddada ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlardan mutlaqo xalos qilmaydi.

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling