1-o‘quv savoli: Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish


Download 147 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi147 Kb.
#1057145
1   2   3   4   5
Bog'liq
XGH мавзу № 8-1

I qism
Umumiy qoidalar
1-modda
Umumiy tamoyillar va qo‘llanish sohasi
1.Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Protokolga amal qilish va har qanday sharoitda unga amal qilinishini ta’minlash majburiyatini oladilar.
2.Mazkur Protokolda yoki boshqa xalqaro bitimlarda ko‘zda tutilmagan hollarda, fuqaro shaxslar va kombatantlar mavjud udumlardan, insoniylik tamoyillaridan va ijtimoiy ong talablaridan kelib chiquvchi xalqaro huquq tamoyillarining himoyasi va ta’siri ostida bo‘ladi.
3.Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risida 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva konventsiyalarini to‘ldiruvchi mazkur Protokol ushbu Konventsiyalar uchun umumiy bo‘lgan 2-moddada qayd etilgan vaziyatlarda qo‘llaniladi.
4.Oldingi bandda qayd etilgan vaziyatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida va mazkur Nizomga muvofiq davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada mustahkamlabqo‘yilgan xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ro‘yobga chiqarish yo‘lida mustamlakachilik hukmronligi va chet el istilosiga hamda irqchilik rejimlariga qarshi kurash olib borayotgan qurolli mojarolarini o‘z ichiga oladi.
II qism
Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar
I bo‘lim
Umumiy himoya
II bo‘lim
Sanitariyaga taalluqli tashish
III bo‘lim
Bedarak yo‘qolgan shaxslar va vafot etganlar
III qism
Urush olib borish usullari va vositalari.
Kombatanlar va harbiy asirlarning statusi
I bo‘lim
Urush olib borish usullari va vositalari
P bo‘lim
Kombatantlar va harbiy asirlar statusi
IV q i s m
Fuqaro aholi
I b o‘ l i m
Urush harakatlari oqibatlaridan umumiy himoya qilish
I bob
Asosiy norma va qo‘llash sohasi
II bob
Fuqaro shaxslar va fuqaro aholi
III bob
Fuqaro ob’ektlari
IV bob
Ehtiyot choralari
V bob
Alohida himoya ostida bo‘lgan joylar va zonalar
VI bob
fuqaro mudofaasi
II b o‘ l i m
Fuqaro aholiga yordam
III b o‘ l i m
Nizolashayotgan tomon hukmi ostida bo‘lgan shaxslar bilan muomala qilish
I bob
Qo‘llanish sohasi hamda shaxs va ob’ektlar himoyasi
II bob
Ayollar va bolalar himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlar
III bob
Jurnalistlar
V q i s m
Konventsiyalar va mazkur protokolning bajarilishi
I b o‘ l i m
Umumiy qoidalar
II b o‘ l i m
Konventsiyalar va mazkur protokol buzilishlarining oldini olish
VI q i s m
Yakuniy qoidalar
IV q i s m
Fuqaro aholi
I bo‘lim
Urush harakatlari oqibatlaridan umumiy himoya qilish
I bob
Asosiy norma va qo‘llash sohasi
48-modda
Asosiy qoida
Nizolashayotgan tomonlar fuqaro aholi va fuqaro ob’ektlarini  hurmat qilish va himoyalashni ta’minlash uchun har doim fuqaro aholi bilan kombatantlar o‘rtasida, shuningdek, fuqaro ob’ektlari bilan harbiy ob’ektlar o‘rtasida farq ajratishi va o‘z harakatlarini faqat harbiy ob’ektlarga qarshi qaratishi kerak.
II bob
Fuqaro shaxslar va fuqaro aholi
50-modda
Fuqaro shaxslar va fuqaro aholining ta’rifi
1.Uchinchi konventsiya 4-moddasining A.1, 2, 3 va 6-bandlarida hamda mazkur Protokolning 43-moddasida ko‘rsatilgan toifalardan hech biriga mansub bo‘lmagan har qanday shaxs fuqaro shaxsdir. Biron-bir shaxsning fuqaro shaxsligiga nisbatan shubha bo‘lsa, u fuqaro shaxs hisoblanaveradi.
2. Fuqaro aholi fuqaro shaxs hisoblanuvchi barcha shaxslardan iboratdir.
3. Fuqaro aholi orasida fuqaro shaxs ta’rifiga mos kelmaydigan alohida shaxslarning mavjud bo‘lishi bu aholini fuqarolik xarakteridan mahrum qilmaydi.
51-modda
Fuqaro aholi himoyasi
1.Fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar harbiy operatsiyalar tufayli yuzaga keladigan xavf-xatardan umumiy himoyalanishhuquqidan foydalanadi.
Bu himoyani amalga oshirish maqsadida, xalqaro huquq  normalarida  qo‘llaniladigan boshqa normalarga qo‘shimcha ravishda, barcha hollarda  quyidagi normalarga rioya qilinadi.
2.Fuqaro aholi, shuningdek, alohida fuqaro shaxslar hujum ob’ekti bo‘lmasligi kerak.
Asosiy maqsadi fuqaro aholini terror qilishga qaratilgan zo‘ravonlik  harakatlari yoki shunday zo‘ravonlik bilan tahdid qilish taqiqlanadi.
3.Fuqaro aholi ushbu Bo‘limda ko‘zda tutilgan himoyadan foydalanadi; ularning harbiy harakatlarda bevosita qatnashishhollari va qatnashgan davri bundan mustasno.
4.Farq ajratmasdan qilinadigan hujumlar taqiqlanadi. Farq  ajrat-maslik xususiyatiga ega hujumlar qatoriga quyidagilar kiradi:
a)aniq harbiy ob’ektlarga yo‘naltirilmagan hujumlar;
b)aniq harbiy ob’ektlarga yo‘naltirish mumkin bo‘lmagan urush olib borish usullari yoki vositalari qo‘llaniladiganhujumlar, yoxud
v)oqibatlarini mazkur Protokol talablari asosida cheklash imkoni bo‘lmagan urush olib borish usullari yoki vositalari qo‘llaniladigan hujumlar;
va, umuman, yuqoridagi hollarning har birida harbiy ob’ektlar bilan birga fuqaro shaxslar yoki fuqaro ob’ektlariga ham farq ajratmagan holda talafot yetkaziladi.
5.Boshqalar qatorida quyidagi hujum turlarin farq ajratmasdan  qilinadigan  hujum hisoblash kerak:
a)shaharda, qishloqda yoki fuqaro shaxslar yoxud fuqaro ob’ektlari joylashgan boshqa bir hududda yaqqol ko‘rinib turgan va bir-biridan uzoqda bo‘lgan muayyan harbiy ob’ektlarga yagona harbiy ob’ekt sifatida yondashgan holda bomba tashlash yoki boshqa har qanday usul va vositalar yordamida hujum qilish.
b)erishilishi ko‘zda tutilayotgan aniq va bevosita harbiy ustunlikka nisbatan behad ziyod bo‘lgan, yo‘l-yo‘lakay fuqaro aholi o‘rtasida qurbonlar paydo bo‘lishiga, fuqaro shaxslarning yaralanishiga va fuqaro ob’ektlariga talafot yetishiga yoki bularning barchasi bir yo‘la sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hujum qilish.
6.Fuqaro aholiga yoki alohida fuqaro shaxslarga repressaliya sifatida hujum qilish taqiqlanadi.
7. Fuqaro aholi yoki alohida fuqaro shaxslarning mavjudlig yoki harakatlanayotganligi holatidan muayyan punkt yoki hududlarni  harbiy  harakatdan himoya qilish, xususan, harbiy ob’ektlarni hujumdan saqlab qolish yoxud harbiy harakatni yashirish, unga ko‘maklashish yoki xalal berish maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nizolashayotgan tomonlar harbiy ob’ektlarni himoyaqilish yoki harbiy operatsiyalarni yashirish maqsadida fuqaro aholi yoki alohida fuqaro shaxslarning harakatlanishiga muayyan yo‘nalish berishlari mumkin emas.
8. Bu taqiqlarning har qanday buzilishi nizolashayotgan tomonlarni fuqaro aholi va fuqaro shaxslarga nisbatan zimmasida bo‘lgan huquqiy majburiyatlaridan, shu jumladan, 57-moddada ko‘zda tutilgan ehtiyot choralarini qo‘llash majburiyatidan ozodqilmaydi.
III bob
Fuqaro ob’ektlari
52-modda
Fuqaro ob’ektlarining umumiy himoyasi
1.Fuqaro ob’ektlari hujum yoki jazo choralari uchun nishon bo‘lmasligi kerak. 2-bandda ta’rifi berilgan harbiy ob’ektlarqatoriga kirmaydigan barcha ob’ektlar fuqaro ob’ektlaridir.
2.Hujumlar qat’iy ravishda faqat harbiy ob’ektlar bilan cheklanishi shart. Ob’ektlarga kelsak, harbiy ob’ektlar o‘z xususiyati, joylashuvi, vazifasi yoki foydalanilishiga ko‘ra harbiy harakatlarga samarali ulush qo‘shadi hamda to‘la yoki qisman vayron etilishi, bosib olinishi yoki ta’siriga barham berilishi tegishli shart-sharoitda sezilarli harbiy ustunlik beradigan ob’ektlardir.
3.Odatda fuqaro maqsadlar uchun mo‘ljallangan ob’ekt, masalan, ibodat maskani, kishilar yashaydigan uy yoki boshqa xil turar-joy binolari yoxud maktabdan harbiy harakatlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda foyda-lanilayotganligi borasida shubha mavjud bo‘lsa, bunday ob’ekt fuqaro maqsadlarida foydalaniladi deb faraz qilinadi.
53-modda
Madaniy qadriyatlar va ibodat qilinadigan joylar himoyasi  Qurolli mojarolar bo‘lgan hollardamadaniy qadriyatlarni himoya qilish to‘g‘risida 1954 yil 14 maydagi Gaaga konventsiyasiqoidalariga va boshqa tegishli xalqaro hujjatlarga ziyon yetkazmagan holda, quyidagilar taqiqlanadi:
a) xalqlarning madaniy yoki ma’naviy merosi sanaladigan tarixiy yodgorliklar, san’at asarlari yoxud ibodat qilinadigan joylarga qarshi qaratilgan biron-bir dushmanlik xatti-harakatini sodir etish;
b) bunday b’ektlardan harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanish;
v)bunday ob’ektlarni repressaliyalar ob’ektlariga aylantirish.
54-modda
Fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur bo‘lgan ob’ektlar himoyasi
1.Fuqaro aholi o‘rtasida ochlikdan urush harakatlarini olib borish usuli sifatida foydalanish taqiqlanadi.
2.Maxsus ravishda fuqaro aholining yoki qarshi tomonning yashash vositalari sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, fuqaro shaxslar o‘rtasida ochlikni keltirib chiqarish, ularni ko‘chib ketishga majbur qilish yoxud boshqa biron-bir sabablar bilan bo‘lishidan qat’iy nazar, oziq-ovqat zahiralari, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruv-chi qishloq xo‘jaligi rayonlari, ekinzorlar, chorva, ichimlik suvi bilan ta’minlovchi qurilmalar va suv zahiralari, shuningdek, irrigatsiya inshootlari kabi fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur bo‘lgan ob’ektlarga hujum qilish, ularni yakson qilish, ko‘chirib ketish yoki yaroqsiz holga keltirish taqiqlanadi.
3.2-bandda ko‘zda tutilgan taqiqlar qarshi tomon foydalanayotgan mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan ob’ektlarga nisbatanqo‘llanilmaydi:
a)faqat o‘z qurolli kuchlari shaxsiy tarkibini saqlab turish uchungina zarur bo‘lgan ob’ektlar, yoki
b)shaxsiy tarkibni saqlab turish uchun bo‘lmasa ham, harbiy  harakatlarni bevosita qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan ob’ektlar; bunda mazkur ob’ektlarga nisbatan, kelgusida fuqaro aholining yetarli miqdordagi oziq-ovqat va ichimlik suvisizqolishi va oqibatda aholi o‘rtasida ochlik boshlanishi yoki ular ko‘chib ketishi ehtimolini vujudga keltiruvchi xatti-harakatlarni hech  qachon  qo‘llamaslik shart bo‘ladi.
4.Bu ob’ektlar repressaliyalar ob’ektlariga aylanmasligi kerak.
5.Nizolashayotgan har qaysi tomon uchun o‘z milliy hududini istilodan himoya qilish hayotiy muhim ehtiyoj ekanligini tan olgan holda, nizolashayotgan tomonga, qat’iy harbiy zaruriyat talab etganda, o‘z nazoratidagi hududda 2-bandda ko‘zda tutilgan taqiqlardan chekinish uchun ruxsat beriladi. 
55-modda
Tabiiy muhit muhofazasi
1.Urush harakatlarini olib borish davrida tabiiy muhitni keng miqyosli, uzoq muddatli va jiddiy zararlardan himoyalashhaqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. Urush harakatining tabiiy muhitga shunday ziyon yetkazish maqsad qilib olingan yoki u tufayli ziyon yetishi mumkin bo‘lgan va buning natijasida aholi sog‘lig‘iga yoxud uning jon saqlashiga ziyon yetishi ehtimol tutilgan usul va vositalaridan foydalanishni taqiqlash ana shunday himoya jumlasidandir.
2.Tabiiy muhitga repressaliyalar sifatida ziyon yetkazish taqiqlanadi.
56-modda

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling