1-o‘quv savoli: Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish


-modda Fuqaro shaxslar va fuqaro aholining ta’rifi


Download 147 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi147 Kb.
#1057145
1   2   3   4   5
Bog'liq
XGH мавзу № 8-1

50-modda
Fuqaro shaxslar va fuqaro aholining ta’rifi
1.Uchinchi konventsiya 4-moddasining A.1, 2, 3 va 6-bandlarida hamda mazkur Protokolning 43-moddasida ko‘rsatilgan toifalardan hech biriga mansub bo‘lmagan har qanday shaxs fuqaro shaxsdir. Biron-bir shaxsning fuqaro shaxsligiga nisbatan shubha bo‘lsa, u fuqaro shaxs hisoblanaveradi.
2. Fuqaro aholi fuqaro shaxs hisoblanuvchi barcha shaxslardan iboratdir.
3. Fuqaro aholi orasida fuqaro shaxs ta’rifiga mos kelmaydigan alohida shaxslarning mavjud bo‘lishi bu aholini fuqarolik xarakteridan mahrum qilmaydi.
43-modda
Qurolli kuchlar
1.Nizolashayotgan tomonning qurolli kuchlari, agar bu tomon qarshi tomondan tan olinmagan hukumat yoki ma’muriyat bo‘lgan taqdirda ham, shu tomon oldida o‘ziga tobe kishilarning yurish-turishi uchun mas’ul hisoblangan shaxsning qo‘mondonligi ostidagi uyushgan barcha qurolli kuchlar, guruhlar va bo‘linmalardan iborat. Bunday qurolli kuchlar qurolli mojarolar davrida qo‘llaniladigan turli qoidalar qatori, xalqaro huquq normalariga ham amal  qilinishini ta’minlaydigan ichki intizom tizimiga bo‘ysunadi.
2.Nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi (Uchinchi konventsiyaning 33-moddasida qayd etilgan tibbiy va diniy xodimlardan tashqari) shaxslar kombatantlar hisoblanadi, ya’ni ular harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
3.Nizolashayotgan tomon o‘z qurolli kuchlari tarkibiga tartib saqlashni ta’minlovchi yarim harbiy yoki qurolli tashkilotni kiritgan har bir holda, bu haqda boshqa nizolashayotgan tomonlarni xabardor etadi.


Nazorat savollar:
1. Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish.
2.Qurolli to‘qnashuvlar huquqiga muvofiq kombatantning aholiga nisbatan hatti- harakat qoidalari.
Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling