Миқдорлар, (эталонлар) мезонлар ва намуналар
Download 53.5 Kb.
|
, эталонлар мезонлар ва намуналар
Aim.uz Миқдорлар, (эталонлар) мезонлар ва намуналар Ушбу мавзу бўйича талаба нималарни билиши лозим: А) Ушбу мавзуни ўрганишдан мақсадни:
Таянч
бирламчи, иккиланмчи, ишчи ва назорат, намуна, намунага масъул, хом-ашё, намунага ва мезонга мисол. Miqdor , o`lchov vositasi bo`lib, uzunlikning berilgan o`lchamini yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi. Miqdorlarga misol tariqasida o`lchov asbobiga kiruvchi «kolibr»larni (ko`p nusxada ishlab chiqariladigan detallarni foydalanishga layoqatliligini nazorat qiladi), birta ko`rsatgichni tekshiruvchi miqdorlarni (tarozu toshlarini, «shablon»lar va h.o. larni) ko`rsatish mumkin. Miqdorlar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish vaqtida o`lchov vositasi SI tizimida ishlatilishi uchun, ular shtrix va uzunlik o`lchagich sifatida qo`llaniladi. Shtrixli miqdorlar namuna sifatida ishlab chiqarilib, chizg`ich ko`rinishida, «ruletka» ko`rinishida bo`lishi mumkin va o`zining hisob shkalasiga ega. Bundan tashqari, yassi parallel, uzunlik o`lchagichlar bo`lib, ular parallelopipedlar yig`masini tashkil qiladi va po`latdan 1000 mm gacha o`lchamlarni olish uchun, 100 mm gacha o`lchamlarni oladigan qilib ishlab chiqariladi. Ular DS 9058-83 bilan standartlashtirilgan va o`lchov asboblarining tashqi va ichki burchaklarini nazorat qiladi. Mezon deb, o`lchov vositasi hisoblangan, fizik kattaliklar birliklarining alohida, maxsus sharoitlarda saqlanib va kerak bo`lgan vaqtda boshqa ishlar (o`lchov birliklari, maxsulotlar, namunalar ulardan ishchi o`lchov vositalariga o`tish) uchun solishtirish qobiliyatiga ega bo`lgan kattaliklarga aytiladi. Agar mezon, birliklarni Davlat hududida juda aniq ko`rsatgichlar bilan bera olsa, u birlamchi hisoblanadi. Ular asosida o`rnatilgan mezonlar ikkilamchi bo`ladi. Ular Davlat mezonlari tez ishdan chiqmasligini ta'minlash va uzoq muddat xususiyatlarini yo`qottirmasdan asrash uchun xizmat qiladi. Ikkilamchi mezonlar o`zining metrologik nuqtai-nazaridan qo`llanilishiga qarab: mezon-nusxa, solishtirish mezoni: guvoh-mezon va ishchi mezonlarga bo`linadi. Mezon - nusxa birliklarni asrash va uning o`lchamlarini ishchi mezonlarga o`tkazish uchun xizmat qiladi. Solishtirish mezoni, bir-biriga u yoki bu sabab tufayli singib keta olmaydigan mezonlarni singdirish uchun xizmat qiladi. Guvoh- mezon, Davlat mezonlari yo`qolganda yoki ishdan chiqqan vaqtda ularni boshqasiga almashtirish va mezonlarni asrash uchun mo`ljallangan. O`z vaqtida ishchi mezonlar esa, birliklarni asrash, uning o`lchamlarini namunaviy o`lchov vositalarida yuqori aniqlikda qo`llashga imkon yaratish, o`rni kelganda yuqori aniqlikdagi miqdorlar va o`lchov asboblarida qo`llanilishini ham ta'minlashga xizmat qiladi. O`lchov birliklarini mezonlardan ishchi miqdorlar va o`lchov asboblariga o`tkazilishi namunaviy o`lchov vositalari yordamida amalga oshiriladi. Namunaviy o`lchov vositalari, miqdorlar, o`lchov asboblari yoki o`zgartirgichlar bo`lib, ular orqali boshqa, belgilangan tartibda qabul qilingan o`lchov asboblarini tekshiruv va «graduirovka»sini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Namunaviy o`lchov vositalari metrologik talablaridan kelib chiqib, attestatsiya qilingan va ularga metrologik parametrlar hamda razryadi ko`rsatilgan guvohnoma berilgan bo`lishi shart. Barcha turdagi namunaviy o`lchov asboblari, belgilangan tartibda ma'lum bir davrlar ichida majburiy ravishda «O`zstandart» Agentligi tomonidan tekshirib turilishi ham shart. Aim.uz Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling