Mif va afsonalar


Download 0.8 Mb.
Sana08.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1341725

MIF VA AFSONALAR

R E J A :

  • Mifologik obrazlarda yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat, do`st va dushman kuchlarining ifodalanishi.
  • «Avesto», «Shohnoma», «Devoni lug`otit turk» asarlarida, yunon va xind tarixchilari asarlarida keltirilgan tarixiy-badiiy ma’lumotlar.
  • Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Siyovush, v..b. afsonalar.
  • To`maris, Shiroq-qaxramonlik afsonasi sifatida.

Mif

  • “mif... — koinot va hayotning paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalari ning badiiy ifodasi” — deb belgilab qo‘yilgan. Shunday qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarni tushu nish mumkin. O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o‘tmish hayoti bilan bog‘liq miflarnnig dastlabki namunalari “Avesto” kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo‘lgan.
  • 1. Totem.
  • 2. Fetish.
  • 3. Anima.

Totem

  • deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi paytgacha o‘zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz. Jumladan, burgut, sher, yo‘lbars, bo‘ri, ilon (ajdar), humo kabi hayvonlar va qushlar ko‘p xalqlarda alohida e’zozlanadi. O‘zbek xalqi hozirgi paytda ham yo‘lbars, ilon, bo‘ri, ayiq, tuya, ot, qo‘y, qaldirg‘och, burgut, baliq kabi qushlar va hayvonlarga hamisha hurmat bilan qaraydilar. Ularning yashash joylarini sababsiz buzish, o‘zlarini biron ehtiyoj sezilmagan paytda bezovta qilish, o‘ldirish gunoh hisoblangan. Ayni paytda, safardagi odamning bo‘rini, burgutni, oq tuyani uchratishi yaxshilik belgisi hisoblangan. Hatto bu mavjudotlarni tushda ko‘rishni ham yaxshilikka yo‘yganlar. Ma’lum bo‘ladiki, totemizm belgisi o‘zbek xalqining maishiy hayotida shu paytgacha o‘z ta’siriga ega.

Anima

  • inson tomonidan totem va fetishga ishonch bilan qarash ma’nosini anglatadi. Tushga ishonish oddiy hayotda ro‘y berayotgan voqealardan kelajak haqida tasavvur hosil qilishga urinish odatlari animizm ta’siri bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri, aksari paytlarda odamlar irimlarni xush ko‘rmaydilar, lekin tarixiy jihatdan shakllangan urf-odatlarimiz, rasm-rusumlarimizda totemizm, fetishizm, animizm belgilari aniq sezilib turadi. Bunday voqea-hodisalarga bo‘lgan munosabat badiiy adabi yotimizda ham o‘z ifodasini topgan. G‘. G‘ulomning “Shum bola” qissasidagio‘choq olldida ro‘y bergan hodisani, O‘lmas Umarbekov, O‘tkir Hoshimov asarlaridagi ayrim lavhalarni eslasak kifoyadir.

Qayumars afsonasi

  • Bu afsona O`rta Osiyo va Eron xalqlari o`rtasida qadimdan mashhur bo`lib kelgan. Bu afsonaning manbai «Avesto»dir. Bu afsona to`g`risida «Tarixi tabariy» asarida, Firdavsiyning «Shohnoma», Alisher Navoiyning «Tarixi Muluki Ajam» asarida, shuningdek, prof. S.P.Tolstovning «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab», prof. N.M.Mallaevning «O`zbek adabiyoti tarixi» va boshqa manbalarida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

SIYOVUSH AFSONASI

  • Siyovush-xalq qaxramoni. Afsonalarda xikoya qilinishicha, Siyovush Kaykovusning o`g`li bo`lgan. Nihoyat darajada go`zal yigit bo`lib, uni o`gay onasi sevib qoladi. Lekin, u o`gay onasining taklifini rad etadi. Bunga chiday olmagan o`gay ona unga tuhmat qiladi. Siyovush o`zining pokligini isbotlash uchun ot surib alangadan o`tadi, so`ng Afrosiyob poytaxtiga boradi. Afrosiyob uni izzat-hurmat bilan kutib oladi va unga o`z qizini beradi. Lekin, dushmanlar Afrosiyob bilan Siyovush o`rtasiga nifoq soladilar, adovat urug`ini sochadilar. Natijada Afrosiyob Siyovushni o`ldiradi. Siyovushning o`g`li Kayxisrav o`z bobosi Afrosiyobdan otasi uchun qasos oladi, uni o`ldiradi. Afsona oxirida Kayxisrav xorazmiy shohlar sulolasiga asos solganligi so`zlanadi.

SHIROQ AFSONASI.

  • Bu afsonada jonajon qabila va ona er uchun o`zini qurbon qilgan Shiroq obrazi mehr bilan yaratilgan. Uning qabila manfaatlari uchun qurbon bo`lishi, o`z qabiladoshlariga sadoqati, vatanparvarligi va qahramonligi uni monumental obrazga aylantiradiki, buni yozma adabiyotda ham uchratish mumkin.
  • Chunonchi, Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida keltirilgan Kanik Afsonasi ham xuddi shu Shiroqga o`xshaydi. Ya.Il’yasovning «So`g`diyona» kitobida ham Mirmuhsinning «Shiroq» dostoni va O`zbekiston san’at muzeyida saqlanayotgan haykaltaroshlikka oid materiallarda ham Shiroq afsonasi mazmunini ifodalangan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling