Қмии нефт ва газ факультети “Нефт газ конлари геологияси ва разведкаси” кафедраси доценти С


Download 16.29 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.29 Kb.
#1576885
Bog'liq
мухокама баён очиқ дарс


Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakulteti Neft va gaz ishi kafedrasi dotsent v.v.b. Abdirazakov Akmal Ibragimovichning ochiq ma’ruzasiga qatnashuvchilarning tahlili


BAYONNOMASI


02.05.2023 yil Qarshi shahri


Qatnashdilar: Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakulteti dekani Sh.R.Turdiyev, Neft va gaz ishi kafedrasi mudiri L.X.Sattorov, professor N.X.Ermatov, dotsentlar P.E.Allaqulov, M.X.Ashurov, R.S.Bekjonov katta o‘qituvchilar O.Q.Ibotov, Z.A.Mavlonovlar, assistentlar L.N.Oripova, J.B.Yuldashyevlar stajyor-o‘qituvchilar Sh.A.Ismatov, K.O.Meyliyevalar.

Ochiq ma’ruza darsi 2023-yil 2-may soat 13:30 da 2-307-auditoriyada 5311900-Neft va gaz (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish) yo‘nalishining NGI-123-124-20 guruh talabalari uchun “Quduqlarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish” fanidan “Quduqlardagi avariyalarni bartaraf etish va ikkinchi stvol ochishda ishlatiladigan asbob uskunalar” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.


Dars belgilangan vaqtda boshlandi.Dasrda jami ikki guruh talablarning
50 nafaridan 49 nafar talaba qatnashdi va davomat 98 % tashkil qildi. Dars mashg‘uloti o‘qituvchi tomonidan salomlashishdan boshlandi. Dars mashg‘uloti boshlanishida o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilganlik darajasi aniqlandi, o‘tilgan mavzuga tegishli tushuncha va iboralar hamda uyga berilgan vazifaning natijalari talabalarning ishtirokida munozara qilish orqali tekshirildi. Auditoriyaga tezkor savollar bilan murojaat qilinib, aniq javoblar olindi.
Ma’ruzaning kirish qismida o‘tilgan mavzu eslatib o‘tildi va talabalarga yangi mavzuning dolzarbligi hamda uni o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati qisqacha bayon qilindi.
Ma’ruzaning asosiy qismida quduqlarni avariyalarni bartaraf etishda ikiknchi stvolni ochish va ikinchi stvolni ochishda ishlatiladigan asbob uskunalrini ishlatilishi, ochilgan yon stvolni mustahkamlash usullari ko‘rib chiqildi.
Darsda yangi pedagogik texnologiyalardan “Aqliy hujum” va “Klaster” usullaridan foydalanildi. Dars mobaynida slaydlardan foydalanilib, batafsil ma’lumot berildi. Talabalarga keyingi darsga bog‘liq bo‘lgan uyga vazifalar berildi. Ma’ruza yakunida umumiy xulosalar keltirildi. Ma’ruza to‘liq interaktiv usulda slaydlardan foydalanib o‘tildi. O‘tilgan mavzu kalendar rejaga mos keladi.
Ma’ruzachi mavzuga oid tayyorlagan ko‘rgazmali taqdimot slaydlarini ekranlashtirishda kompyuter, ekran va proyektordan foydalanilgan holda o‘tdi va mavzuni bayon qilishda nazariy xatoliklarga yo‘l qo‘ymadi. O‘qituvchi auditoriya bilan doimiy aloqada bo‘lib, talabalarning mavzuni qay tarzda o‘zlashtirayotganligini kuzatib bordi. Ma’ruzachi butun dars davomida talabalar bilan samimiy va ochiq muomalada bo‘ldi.
Muhokamada so‘zga chiqdilar: Neft va gaz fakulteti dekani Sh.R.Turdiyev, “Neft va gaz ishi” kafedrasi mudiri L.X.Sattorov, professorlar N.X.Ermatov, dotsentlar P.E.Allaqulov, M.X.Ashurov, R.S.Bekjonovlar. So‘zga chiqqanlar ma’ruzachi tomonidan dars o‘tilishi holati yaxshi, sodda va tushunarli tilda bayon qilinganligini aytib o‘tishdi. Mavzuni yoritishda va talabalar bilimini nazorat qilishda “Aqliy hujum”, “Klaster” kabi usullardan foydalanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganligini bildirdilar.
Shu bilan birgalikda mavzuni yoritishda slaydlarni rasmiylashtirish asosan lotin alifbosida amalga oshirilganligi, shu bilan birgalikda ayrim xatoliklar xususida fikrlar bildirildi.
Ma’ruza materiallarini tayyorlash va dars jarayonida quyidagi kamchiliklar kuzatildi: taqdimot materiallarining ba’zi slaydlarida yozuvlar yaxshi ko‘rinmadi, talabalarni baholashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Darsni boshlashdan avval qisqa fursatda talabalarga odob-ahloq to‘g‘risida ko‘proq gapirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ammo bu kamchiliklar darsning sifati va mazmuniga, ma’ruzaning o‘tilish metodikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Umumiy xulosalanganda ma’ruza darsi nazariy va amaliy asoslangan ma’lumotlar asosida yoritilib berildi.


Qaror qilindi:
Dotsent v.v.b. A.I.Abdirazakovning “Quduqlarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish” fanidan “Quduqlardagi avariyalarni bartaraf etish va ikkinchi stvol ochishda ishlatiladigan asbob uskunalar” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi qoniqarli deb hisoblansin.



Neft va gaz fakulteti dekani:

Sh.R.Turdiyev

Neft va gazn ishi
kafedrasi mudiri:

Neft va gaz fakulteti uslubiy


kengashi raisi:

L.X.Sattorov
F.I.Murtazayev



O‘quv uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi:



A.I.Tog‘ayev

Neft va gaz ishi
kafedrasi a’zolari:







N.X.Ermatov
P.E.Allaqulov
B.Yu.Namozov
M.X.Ashurov
R.S.Bekjonov
Z.A.Mavlonov
L.N.Oripova

Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling