Mikro dasturlarni doimiy saqlash qurilmasi


Download 128 Kb.
bet4/10
Sana30.04.2023
Hajmi128 Kb.
#1406762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mikro dasturlarni doimiy saqlash qurilmasi

Space Optron System kompaniyasi fotonlarda ishlaydigan yangi tip kompyuterlar ixtiro qildi. Bunda spektrning ko‘rish qis-mida elektromagnit nurlanish dastasini optik tolalar o‘tkazishi prinsipiga asoslangan. Bunday optik kompyuterda signallar (impulslar) o‘nli formatda (yarim o‘tkazgichli kompyuterda ax-borot 1 yoki 0 da ifodalanadi)! Demak, axborot uzatish imkoniyati kengaygan va tezligi ortgan. Bundan tashqari, optik kabellar axborotlarni parallel uzatish imkoniyatiga keng yo‘l ochib berdi (xuddi neyrokompyuterlardek, ya‘ni sun‘iy intellektdagidek).
Ma‘lumki, xozirgi kunda optik tolalar telekommunika-siyada keng qo‘llanilmoqda. Ushbu firma optik kompyuter uchun optik tolaning yangi bir turini ixtiro qildi, ya‘ni organik po-limerdan tayyorlangan maxsus plyonkalar(sputnikda, ya‘ni kosmik muxitda bunday plyonkalar yetishtiriladi). Shuning uchun narxi ancha baland bo‘ladi. Loyiha direktori Don Frazner 2001 yilda shunday optik kompyuterni chiqarish niyatida uning ko‘rinishi bahaybat uya (optik tolalardan yasalgan qush uyasini eslatadi) shaklida bo‘ladi.
Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo‘lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan (SHK larning ba‘zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo‘shimcha matematik soprocessor ulanadi).

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling