Mikro iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 241.58 Kb.
|
Mikro iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi
- • tabiiy resurslar miqdori va sifatiga;
Mikro iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalariReja:
Mikroiqtisodiyot yunoncha «mikro» — «kichik» so'zidan olingan bo'lib, iqtisodiyotning hal qiluvchi dastlabki bo‘g‘ini bo'lgan firma, korxona va undan ham kichik bo'lgan korxonalar, mikrofirmalar, turli xil xalq xo'jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo'jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo'ladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni, iqtisodiy qonunlar harakatini, ularni namoyon bo'lish shart-sharoitlarini, oqibatlarini o'rganib, tahlil qilib, xulosalar yasaydi. Bu jarayonda — iste’molchilar, ishchilar, yer egalari, sarmoya qo'yuvchilar, fermerlar, ishlab chiqarish, turli xildagi korxonalar, xullas, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatishda muhim rol o'ynaydigan har qanday individ, ya’ni jismoniy shaxs yoki xo'jalik subyektlari. Tovarlarning nisbiy narxi, alohida bozorlar, maqsadga erishish uchun aniq turdagi resurslarning taqsimlanishi uning diqqat-markazida turadi. Mikroiqtisodiyot xaridorlar nima uchun shu tovarlarni xarid qilishga rozi bo'lganligini, bunga tovar bahosi, o'z daromadlari ta’siri, korxonada qancha ishehi ishlashi kerakligini aniq turdagi tovarlarga narx qanday qo'yilishini, turli xil bozor sharoitlari va tovar ayirboshlash jarayonidagi, resurslar tanlashda bozordagi va oligopoliya sharoitidagi xatti-harakatlari qanday bo'lishi kerakligini, ularning samaradorlikka erishish yo'llarini o'rgatadi. Ushbu fan clektroenergiya bahosini nima uchun davlat belgilaydi, qancha hajmda mahsulot ishlab chiqarish zarurligini, korxonalar faoliyatiga hukumat siyosati va boshqa davlatdagi sharoitlar qanday ta’sir etishini tushuntiradi. Ishlab chiqarishning eng zarur, foydali yo'nalishlarini aniqlash uchun iste’molchilar xususiyatlarini bilish zarur bo'ladi, chunki ular bir vaqt ning o'zida hamma narsaga erisha olmaydilar, shuning uchun ular doimo tanlab iste’mol qilishga harakat qilishadi. Demak, 6 asosiy iqtisodiy muammolardan biri bo'lgan — tanlov muammosini ham o'rganish «Mikroiqtisodiyot» faninig vazifasidir. Fanning maqsadi:Fanni o'rganishdagi ko'rsatilgan vazifalar esa uning oldiga qo'ygan maqsadlaridan kelib chiqadi. Uning iqtisodiy maqsadlari esa quyidagilardir: • iqtisodiy o'sishni ta’minlash; • ish bilan to'liq ta'minlanish; • iqtisodiy samaradorlikni oshirish; • tovarlar narxining bir m e’yorda turishiga erishish; • iqtisodiy erkinlik; • daromadni to'g'ri taqsimlash; • iqtisodiy ta’minlanish; • savdo balansi. Iqtisodiy o'sish resurslar cheklanganligi muammolarning hal etilishini yengillashtiradi. Har qanday davlatning iqtisodiy o'sishi quyidagi olti omilga bog'liq• tabiiy resurslar miqdori va sifatiga;• mehnat resurslarining miqdori va sifatiga;• asosiy kapital hajmiga;• texnologiyaga;• talabning o'sishiga ta’sir etuvchi omillarga;• resurslarni oqilona taqsimlashga. Shulardan dastlabki to‘rt omil ishlab chiqarish (taklif)ning o'sishiga ta’sir qiluvchi, oxirgi ikkisi esa talabning o'sishiga ta ’sir qiluvchi omillardir.«Mikroiqtisodiyot» fanining mohiyatini quyidagi masalalarni bilish, o'rganish yordamida yoritish mumkin: • hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmini o'rganish; • umumiy muvozanat o'rnatish va iqtisodiy fikrlash doirasi; • bozor xo'jaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xo'jaligi va ularning tutgan o'rni, turlari, ahamiyati, vazifasi, samaradorligini ta’minlash; • talab va ehtiyoj nazariyasi asoslarini bilish; • bozordagi taklif va talab sharoitlarini; • talab va taklif o'zgaruvchanligi; • raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish; • ishlab chiqarish va uni tashkil etish; • ishlab chiqarish xarajatlari, foyda, baho; • resurslardan foydalanish samaradorligi. Hozirgi kunda «Mikroiqtisodiyot» fanining boshqa ijtimoiysiyosiy, texnologik va iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog'liqligi yaqqol namoyon bo'linoqda. Masalan, quyidagi fanlar bilan: • iqtisodiyot nazariyasi • makroiqtisodiyot; • makroiqtisodiy statistika; • korxona iqtisodiyoti; • qishloq xo'jalgi iqtisodiyoti; • kichik biznes va tadbirkorlik; • tarmoqlar iqtisodiyoti; • mehnatni tashkil etish; • buxgalteriya hisobi; • iqtisodiy tahlil; • pul, kredit va bank; • marketing; • mertejment; • moliya; • tabiiy ofatlar va inson mehnati muhofazasi; • tabiatshunoslik; • investitsion loyihalarning tahlili; • loyihalarni moliyalashtirish va uning monitoringi; • bank ishi; • matematika va boshqalar. Iqtisodiy voqealar, hodisalar, jarayonlarni m a’lum davrdagi natijalarini, holatini baholash, tahlil qilishda va umuman, «Mikroiqtisodiyot» fanini o'rganishda ko‘proq quyidagi tushunchalar bilan ish ko'riladi • foydali xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlar (moddiy ne’matlar va xizmatlar). Tovarlar — fizik tabiati, xususiyatlari, foydalanishga yaroqli bo'lgan va joylari, vaqti, hajmi kabi tomonlari bilan farqlanadi. Ular ishlab chiqarish faoliyatini baholashda turlichadir: • tovar mahsuloti; • realizatsiya (sotish) mahsuloti; • sof mahsulot; • shartli sof mahsulot; • tayyor mahsulot; • oraliq mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim fabrikatlar. Download 241.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling