Mikrobiologiya mavzu : allergiya va anafilaksiya. Shartli potogen mikroorganizmlar


Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiya


Download 56.02 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi56.02 Kb.
#1170729
1   2   3
Bog'liq
аллергия

Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyaning mexanizimi. Allergenning T-limfatsit bilan (shu allergenga mos retseptorning bo'lishi) uchrashuvi T-hujayraning faolligini oshiradi va uni ko'payishiga olib keladi. Natijada organizmda shu allergenga sensibili¬zatsiyalangan T-limfatsitlar to'planadi. Shu allergen bilan qayta uchrashganda T-limfatsitlar yana faollashadi va antigenni olib yuruvchi nishon hujayralarni parchalash jarayoniga makrofaglarni jalb qiladi-Bunda T-limfatsitlar nobud bo'ladi. Atrofdagi hujayralarga zaharli moddalar ajraladi. Allergiyaning klinik belgilari namoyon bo'ladi.
Infeksion allergiya — bu mikroorganizmlarga yoki ular ishlafr chiqaradigan mahsulotlarga organizmning yuksak sezuvchanlik holatidir.Ko'pgina yuqumli kasalliklarda yuzaga keladi va ularning patogenezida katta rol o'ynaydi va bemor sog'aygandan keyin ham ancha vaqtgacha saqlanadi. Infeksion allergiya, brutsellyoz, zaxm va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.
Infeksion allergiyada reaksiyaning spetsifikligi ko’pgna yuqumli kasalliklar diagnostikasida (sil, brutsellyoz, tulyaremiya va boshqalar) qo’llaniladi. Teri ichiga yoki teri ustiga oz miqdorda allergen, filtrat yoki lizat kultura, qizdirish yoki kimyoviy moddalar ta'sirida o'ldirilgan bakteriya ilinmasi yuboriladi.
Organizm yuqori sezuvchanligida allergen yuborilgan y erda reaksiya sodir bo'ladi: qizarish, shishish, og'riq. Ayrim hollarda umumiy reaksiya foam sodir bo'lishi mumkin: darmonsizlik, kam quvvatlik, umumiy jarayonni zo'rayishi (masalan, silda tuberkulin yuborilganda)
kuzatiladi.
Kontakt dermatit — teri allergik kasalligidir. U turli xil kimyoviy moddalar bilan uzoq vaqt davomida ishlash natijasida sodir bo'ladi. Bunda sovun, yelim, bo'yoqlar, rezina, dorilar, kosmetika va boshqa oddiy zararsiz moddalar allergen bo'lib hisoblanadi. Ular gaptenlar bo'lib hisoblanadi, lekin ular organizmdagi oqsillar bilan birikib antigen (allergen) bo'lib qoladilar. Kasallikning kechishi turlichadir, teri qizarishidan boshlab, nekrozgacha kuzatiladi. Kontakt dermatitga ekzema (ekzematoz dermatit) kiradi.
Ayrim odamlarda turli xil oziq-ovqat mahsulotlari (tuxum, suzma, yer tuti va boshqalar)ga, dorilar (atsetil-salitsil kislotasi, amidopirin vaboshqalar)ga allergiya kuzatiladi. Ular gaptenlar bo'lib, bu moddalar organizmdagi oqsillar bilan birikib antigen bo'lib qoladi va allergiyani yuzaga keltiradi.
Faqat allergen bilan qayta to'qnash kelishning oldini olish bilan ko'pgina allergik reaksiyalarni bartarf etish mumkin. Lekin yuqori sezuvchanlik holatini yuzaga keltiruvchi antigenni aniqlash murakkab kechadi. Buning uchun tavsiya etilgan allergen bilan teri ichi sinamasi qo'yiladi.
Keyingi yillarda ko'pgina infeksion (infeksion allergiyani yuzaga keltiruvchi turli xil mikroorganizmlardan), noinfeksion (turli xil changlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va boshqalar) allergenlar kuzatilmoqda. Shuni esda tutish kerakki, organizmga allergenni oz miqdorini yuborilganida ham qo'shimcha allergizatsiyani chaqiradi. Shuning uchun so'nggi vaqtda laboratoriyada allergik usul keng qo'llanilmoqda.
Kokklar — bu mikroorganizmlarning keng guruhi bo'lib, ularga : patogen, shartli—patogen patogen boimagan turlari kiradi. Mikrobiologiya bo'limida patogen va shartli—patogen kokklar ko'rib o'tiladi.
Berg tasnifiga ko'ra patogen kokklar uch oilaga kiritiladi:
1. Micrococcaceae — Staphylococcus (stafilokokklar) avlodi.
2. Streptococcaceae — Streptococcus avlodi (streptokokklar va pnevmokokklar).
3. Neisseriaceae — Neisseria
avlodi (meningokokklar va gonokokklar).
Patogen kokklar yiringli jarayonlarni keltirib chiqaradi, shu xossasiga ko'ra ular bir-birlariga o'xshaydi, shuning uchun ularni yiring chaqiruvchi kokklar deb ataladi. Kokklarda organotroplik darajasi bir xil bolmay bu pnevmokokk, meningokokk va gonokokkiarda ko'proq namoyon bo'ladi. Barcha patogen kokklar harakatsiz bo'lib, spora hosil qilmaydi, pnevmokokk kapsula hosil qiladi.
Bo'yalishiga ko'ra ular Gram musbat (stafilokokk, streptokokk) va Gramm manfiy (meningokokk, gonokokk) bo'ladi. Yirinq chaqiruvchi kokklar bir-biridan oziqa muhitlarga talabchanligiga ко'ra,biokimyoviy faolligiga ko'ra farqlanadi. Stafilokokk esa oziq muhitga talabchan emas, biokimyoviy xossasiga ko'ra faoldir.Stafilokokklarni birinchi bo'lib 1880-yilda L. Paster aniqlagan. A. Ogston (1882) va F. Rozenbax (1884) ularni chuqur o'rganishgan.
Stafilokokklar (yunoncha so'z staphyle — uzum shingili) sharsimon, diametri 0,5—1,5 mkm, surtmada uzum shingiliga o’xshab joylashadi. Lekin yiringda alohida yokij juft-juft bo'lib joylashadi. Ular harakatsiz, spora hosil qilmaydi, maxsus usullarda undirilganda mikrokapsula hosil qiladi, Gram musbat. Kultural xossasi: Stafilokokklar fakultativ anaerob, lekin kislorodli sharoitda yaxshiroq o'sadi. Oddiy oziqa muhitida yaxshi o'sadi va bo'linib ko'payadi, qonli muhitda ham yaxshi o'sadi, optimal harorati 37°C, pHi 7,4
Tuxum sarig'i qo'shilgan tuzli agar va tuzli sutli agar elektiv muhit bo'lib hisoblanadi. GPA da stafilokokklar 2—4 mm kenglikdagi chetlari tekis, bo'rtib chiqqan, yumaloq, xira,yaltiroq koloniya hosil qilib o'sadi. Ular o'stirilganda oq, sariq, tillarang pigment hosil qiladi,sutli muhitda, uy haroratida va yorug'lik tarqoq yerda yaxshiroq pigment hosil qiladi. Stafilokokkning pigmenti suvda eriydi, atseton, efirda, spirt va boshqalarda yaxshi eriydi. Qonli muhitda koloniya atrofida gemoliz zonasini hosil qiladi. Suyuq muhitda bir xilda loyqalanib va probirka tubida cho'kma hosil qilib o'sadi.
Fermentativ xossasi. Stafilokokklar saxarolitik va proteolitik fermentlar ishlab chiqaradi. Saxarolitik fermentlar laktoza, glukoza, saxaroza, maltoza, glitserin va boshqalarni kislotagacha parchalaydi.
Stafilokokkning proteolitik xossasi kazeinni eritish xossasida, jelatinani sekinlik bilan suyultirishda va boshqa oqsillarni parchalanishida namoyon bo'ladi. Stafilokokklar quyidagi patogen fermentlar ishlab chiqaradi:
1) koagulaza (qon plazmasini ivitadi);
2) gialuronidaza (tarqalish faktori);
3) letsitinaza (hujayra qobig'idagi litsitinni eritadi);
4) DNK aza (DNKni depolimerizatsiyalaydi);
5) fosfataza va b.
Plazmakoagulaza fermentini aniqlash tillarang, stafilokokkni boshqa turdagi stafilokokklardan farqlashda qoilaniladi. Ko'pgina stafilokokklar penitsillinni parchalaydi.
Toksin hosil qilish. Stafilokokklar ekzotoksin ishlab chiqaradi, ularda to'rt xil gemolozin kiradi. Shulardan a toksini ko'proq ahamiyatga ega. U quydagi xususiyatlarga ega: gemolitik eritrotsitlarni gemolizga uchratadi, dermonekroz teri ichiga yuborilganda nekrozni keltirib chiqaradi, letal — hayvon venasiga yuborilganda uning o'limiga sabab bo'ladi.
Stafilokokklar gemolizindan tashqari leykotsitlarni parcha esa yashillanuvchi gemoliz zona hosil qiladi. Ayrim streptokokklar gemoliz zona hosil qilmasligi ham mumkin. Shakarli sho'rvada streptokokklar probirka tubida, devoriga yopishgan donador cho'kma hosil qilib o'sadi, muhit tiniq qoladi.
Fermentativ xossasi. Streptokokklar saxarolitik xossaga ega, glukoza, laktoza, mannit (hamma vaqt emas) va maltozani kislotagacha parchalaydi. Proteolitik xossasi ularda kam ifodalangan. Ular sutni ivitadi, jelatinani suyultirmaydi.
Toksigenlik xossasi, Streptokokklar qator ekzotoksinlarni hosil qiladi streptolizinlar — eritrotsitlarni parchalaydigan toksin ;
leykotsidin — leykotsitni parchalovchi bu toksinni yuqori viruientli shtammlar hosil qiladi;
eritrogen (skarlatina) toksini — skarlatinaga tegishli kasallik
intoksikatsiya, qontomirlarining reaksiyalarini namoyon qiladi. Eritrogen toksinning sintezi fag tomonidan determinlanadi;
sitotoksinlar-glomerulonefritni chaqiish xossasiga ega.
Antigenligi .Streptokokklarda turli xil antigenlar aniqlangan. Hujayra sitoplazmasida barcha streptokokklarga umumiy bo'lgan turga oid nukleoproteid tabiatli antigen mavjud. Hujayra devorning yuzasida oqsil tabiatli tur, antigeni devorida esa polisaxarid guruh antigeni aniqlangan.
Polisaxarid guruh spetsifik antigeni tarkibiga ko'ra barcha streptokokklar A, B, C, D, va S guruhlarga bo'linadi. Guruhdan tashqari streptokokklar serologik tiplarga bo'linadi, ular arab raqami bilan belgilanadi.A guruhi 70 ta tipni saqlaydi. Bu guruhga odamda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaruvchi streptokokklar kiradi. В guruhi odam uchun shartli patogen bo'lgan streptokokklarni saqlaydi, С guruhi odam va hay von uchun patogen hisoblangan streptokokklarni saqlaydi. D guruhiga odam uchun patogen hisoblanmagan streptokokklar, enterokokklar kiradi, ular odam va hay von ichagida hayot kechiradi. Ular boshqa a'zolarga tushsa yalig'lanish jarayonini keltirib chiqaradi, masalan, xolesestit, piolit va boshqalar. Shunday qilib, ularni shartli patogenlar. qatoriga kiritishimiz mumkin. Ajratib olingan kulturani qaysi guruhga mansubligini guruh zardobi bilan quyiladigan presipitatsiya yordamida aniqlanadi. Serologik tipini aniqlash uchun esa tipospetsifik zardoblar bilan aggllyutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi.Streptokokklar tashqi muhitga ancha chidamli. 60°C haroratda 30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.
Qurigan balg'am va yiringda oylab saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddaning odatdagi konsentratsiyasi ularni 15—20 daqiqadan so'ng lobud qiladi. Enterokokklar dezinfeksiyalovchi moddaga ancha chidamli bo'ladi 50—60 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.
Hayvonlar sezuvchanligi. Patogen streptokokklarga yirik va mayda p°xli hayvonlar, ot, itlar, qushlar sezgir bo'ladi. Laboratoriya hayvonlaridan esa quyonlar va oq sichqonlar sezgir bo'ladi. Odam uchun patogen streptokokklarning hammasi ham tajriba hayvoni uchun patogen bo'lmaydi.
Infeksiya manbayi. Odamlar (bemor va bakteriya tashuvchi) 1 kam hollarda hayvonlar yoki streptokokk bilan ifloslangan ozia ovqat mahsulotlari infeksiya manbayi bo'lib hisoblanadi.
Tarqalish yo'li. Havo tomchi va havo changi, ayrim hollarda oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy yo'l orqali ham tarqaladi.
Kasallik ekzogen natijasida, shuningdek, endogen-burun halqum qin shilliq qavatida hayot kechiruvchi shartli patogen sreptokokklrniq faollashishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Organizmning qarshi kurash kuchining pasayishi (och qolish, sovqotish, toliqish va boshqalar) autoinfeksiyaning hosil boiishiga olib kelishi mumkin.
Streptokokk infeksiyalarining patogenezida taxminiy sensibilizajtsiya, ya'ni oldindan kasallanib o'tgan streptokokk katta ahamiyatga ega. Streptokokkning qon yo'liga tushish septik jarayonning og'ir o'tishiga sabab bo'ladi. В gemolitik streptokokkning A serologik guruhi odamlarda ko'pincha kasallik keltirib chiqaradi. Ular o'zidan patogen fermentlarni, gialuronidaza, fibrinolizin (streptokinaza), dezoksiribo-nukleaza va boshqalarni ajratadi. Bundan tashqari, streptokokklarda antifagotsitar xususiyatiga ega kapsula, M proteini aniqlanadi.

Download 56.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling