Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet46/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Ichak Stafila- Pnevmokok- Bo‘s*ma





32-rctsm.


Mikroorganizmlarning morfologik-tinktorial xususiyati.
Bu xususi) atlarni aniqlash uchun ajratib olingan sof kulturadan surtma tayyorlab, bo'yoqlar yordamida bo'yaladi va mikroskop ostida ko'riladi Bunda mikroorganizmlarning shaklini, joylashishini, hajmini. spora yoki kapsula hosil qilishi. harakatchanlik (morfologik) va bo'yoq usullariga qarab qanday bo'yalishi (tinktorial) o'rganiladi (32-rasm).
Mikroorganizdarning kultural xususiyatiga ta’rif berishni o‘rganish.
Mikroorganizmlarning kultural xususiyati. Buning uchun mikroorganizmlami qattiq. suyuq va yarim suyuq holatidagi oziq muhitlarga ekiladi va muhitlarda qanday o;sganligi tekshiriladi.
Mikroorganizmlarning qattiq oziq muhitlarda o‘sishi. Bunda qattiq oziq muhitda hosil qilgan koloniyalar o'rganiladi. Koloniyalarning kattaligi. shakli. chetining ko'rinishi, relyefi (oziq muhit yuzasidan ko‘tarilib turishi va vertikal qirqilganda koloniya shaklining ko'rinishi), sirti yoki yuzasi. rangi, tuzilishi (strukturasi) va fizik holati (konsistensiyasi) o‘rganiladi.
Mikroorganizmlarning suyuq oziq muhitlarda o‘sislii. Buning uchun suyuq oziq muhitlarga ajratib olingan sof kultura ekiladi va mikroorganizmlar quvidagi ko‘rinishda o'sishi mumkin:

  1. Oziq muhiti bir xilda loyqalanadi. lekin oziq-muhitning rangi o'zgarmaydi yoki suvda eruvchi pigmenti hisobiga rangi o'zgaradi. Bunday o'sish shartli aeroblarga kiruvchi mikroorganizmlarga xosdir.

  2. Probirka tubida o‘sish, ya'ni cho'kma hosil qilish. Bunda cho‘kma har xil ko‘rinishda bo'ladi. Cho'kma ustidagi oziq muhit yoki


89




loyqa ko‘rinishida boMishi mumkin. Oziq muhit va cho'kmaning rangi mikroorganizmni hosil qiladigan pigmentiga bog'liq. Agar mikroorganizm pigment hosil qilmasa, oziq muhit o'zgarmaydi. cho kma esa bunday hollarda sarg‘ish yoki oqish kulrang bo‘ladi. Bunday o'sish asosan anaerob nafas oluvchi mikroorganizmlarga xos.


  1. Probirka devoriga yopishibo‘sishi. Bunda oziq muhit o'zgarmasdan qoladi. Mikroorganizmlarning turiga qarab, devorga yopishib o'sgan mikroorganizmlar oson yoki qiyin ajratib olinadi.

  2. Oziq muhitning yuzasida parda hosii qilib o‘sishi. Bunda parda har xil ko‘rinishda, qalinlikda, holatda bo‘lishi mumkin. Ularning va oziq muhitning rangi mikroorganizmlarining pigmentiga bog'liq. Bundav o‘sish asosan aerofil mikroorganizmlarga xosdir.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling