Mikrobiologiya va


Mikroorganizmlarga baland bosim va harakatning ta’siri


Download 1.89 Mb.
bet52/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Mikroorganizmlarga baland bosim va harakatning ta’siri
Atmosfera bosimi har qancha baland bo‘lsa ham mikroorganizmlarga ta’sir etmasligi aniqlangan. Dengiz ostida 100 atmosfera bosimi -900 atm bosimida tirik bakteriyalar uchrashi mumkin. Umuman 3000 atm bosimn- ing bakteriyalar mog‘orlar, drojjalarga ta’sir etmasligi hattoki, ba’zi bir patogen viruslarga 5000 atm bosimi ta’sir etmasligi aniqlangan (masalan, achitqilaming bijgish xususiyatini hatto 5000 atm bosim ham to‘xtata olmaydi). Bakteriotsid ta’sir qilish qobiliyatiga ultratovush xarakterlidir. Ultra tovushlaming ta’sir qilish mexanizmida bakteriya sitoplazmasida gravitatsion bo‘shliq hosil bo‘lib, suyuqlik bug‘lari bilan to‘ladi. Unda 10000 atm bosim hosil boiib, sitoplazma tuzilishining dezintegratsiyasiga
olib keladi.


98


Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalarning ta’siri


Kimyoviy moddalar mikroorganizmlarga turliga ta’sir etishi mumkin. Ko‘pchilik mikroorganizmlar kimyoviy moddalarga g‘oyat sezuvchandir. Ba'zi bir kimyoviy modda mikroorganizmlarga ta’sir qilganda mikroorganizm shu moddaga yaqinlasha boshlaydi, ba’zida esa boshqa bir mikroorganizmlarga kimyoviy modda ta’sir qildirilganda undan qochib uzoqlashadi. Bu hodisaga xemotaksis deyiladi. Bu esa mikroorganizmlarning kimyoviy moddalarga sezgirligidan dalolat beradi. Buni bilishimiz uchun bir idishdan suvga harakatchan mikroorganizm kulturasidan aralashtirib unga shakar eritmasi toldirilgan bir kapillyar naycha botiriladi. Shundan keyin esa suvdagi mikroblar kapillyarlarning uchidagi teshikka to"plana boshlaydi. Bu o'ziga tortuvchi xemotaksis deyiladi. Aksincha, ishqor yoki kislota quyilgan bo'lsa mikroblar kapillyar atrofidan uzoqlasha boshlaydi. Bu esa uzoqlashtiruvchi manfiy xemotaksis hisoblanadi. Kimyoviy moddalarning mikroorganizmlarga ta'sir qilishiga qarab yuza faol moddalarga fenol va uning hosilalariga bo'yoqlar, ogir metall tuzlari, oksidlovchilarga va shaklldegid Guruhsiga boTmadi.
Dezinfeksiya. Dezinfeksiya bu atrof-muhitdagi obyektlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirish, ya'ni odamlar va hayvonlar uchun patogen boigan mikroorganizmlarga qarshi kimyoviy va fizik usullar bilan kurashishdir. Dezinfeksiyalovchi moddalarning quyidagi eritmalari ko‘proq ishlatiladi: 3—5% li fenol yoki karbol kislotasi, 1—2—3% li lizol,

  1. 5—2-3 % xloramin, 2-4—10—20% li xlorli oxak, 70% li spirt va h.k.

Sterilizatsiya. Sterilizatsiya deb mikroorganizmlarning sporali va veg- etativ shakllaridan butunlay xalos bo‘lishga aytiladi. Sterilizatsiya qilishni bir necha usullari bor. l)spirt lampasi yoki gaz gorelkasida cho‘g4antirib sterilizatsiya qilish; Bu usul bilan bakteriologik halqa, buyum oynachalari, pinsetlar va boshqa metall va shisha idishlar sterillanadi. 2) Qaynatish yo'li bilan sterillash. Bu usul 20-30 daqiqa davomida maxsus metal steriliza- torliklarda amalga oshiriladi. Bunda shpritslar. mayda jarrohlik asboblari, shisha buyumlari qaynatib sterillanadi. Qaynatilayotgan suvga 1-2% li bikirbonat nartiy eritmasi qo‘shiladi bu esa sterilizatsiya qilinayotgan buyumlarni yaxshi tozalaydi va qaynash haroratini oshiradi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, usul to‘liq sterillash imkonini bermaydi, ya’ni sporali bakteriyalar va ayrim viruslar yashash qobiliyatini saqlab qoladi.

  1. Quruq issiqlik bilan sterillash. Bu usul 165-180°C gacha qizdirilgan havoning mikroorganizmlami o‘ldirish xususiyatiga asoslangan. Buning


99




uchun Paster pechidan foydalaniladi. Bu qo‘sh devorli metall shkaf bo'lib. sirti issiqlikni yomon o‘tkazadigan modda bilan qoplangan. Ustki devorin- ing teshigiga termometr qo'yiladi. Asbob pastidan primus gaz gorelkasi yoki elektr toki bilan ishlatiladi. Yuqori haroratda paxtali probka idish o‘ralgan qog‘ozlar biroz qo‘yilib jigarrang yoki qora rangga aylanadi. Past haroratda esa uzoq vaqt sterillashga to‘g‘ri keladi. Quruq issiqlik bilan shi­sha idishlar Petri kosachasi, probirka, pipetka va boshqalar sterillanadi;


  1. avtoklavda bug‘ bilan bosim ostida sterillash. Avtoklav jips yopil- adigan qalin qopqoqli va qo'sh ichki tashqi qozondan iborat boiib, sirt- dan metall g‘ilof bilan qoplangan. Tashqi qozonga suv quyiladi, ichki qozonning teshiklari bo‘lib, ular orqali tashqi qozondan chiquvchi bug‘ o‘tib turadi. Ichki qozonning tagida bug‘ni chiqarib yuboradigan naycha kiritiladigan teshik qilingan, bu nayning oxiri chiqarish jo4mragi bilan tugaydi. Avtoklavning yon devoriga manometr biriktirilgan. Manometr avtoklav ichidagi suv bug‘Iarining bosimini ko‘rsatib turadi avtoklavning yon devoridan ehtiyot klapani va suv olchovchi naycha bor. Avtoklavda- gi bosim shu avtoklav uchun belgilangan miqdordan oshib ketsa, ehtiyot klapani ortiqcha bug‘ni avtomatik ravishda chiqarib yuboradi.

Sterilizatsiya quyidagi tarzda amalga oshiraladi. Avval voronka orqali tashqi qozonga suv quyiladi va sterilizatsiya qilinadigan narsalar oziq muhitlar bikslardagi boglov materiallari va h.k. ichki qozonga joy lanadi. So'ngra qopqoqdagi vintlar burab mahkamlanadi va kuchli gaz alangalari yoki elektr toki yordamida avtoklav isitiladi. Bunda chiqarish jo‘mragi ochib qo‘yilishi kerak. Suv qaynagandan keyin avtoklav devorlari orasidan ko‘tariluvchi bug4 ichki qozonga kirib undagi havoni qisib chiqaradi, bu havo chiqarish jo‘mragi orqali chiqib ketadi.
Bug1 sekin-asta avtoklavning hamma bo shliqlarini to‘ldiradi. Chiqarish jo‘mragidan uzluksiz kuchli bug oqib chiqa boshlashi bilan jo‘mrak yopiladi. Shundan so‘ng manometr strelkasi kuzatilib turiladi. Bug‘ bo‘shliqda qolib to‘plana boshlaydi, uning bosimi oshadi buni esa monometr qayd qiladi: monometrdagi о raqami normal atmosfera bosimiga mos keladi. Sterilizatsiya jarayon tamom bolgach, alangalar olchiriladi yoki elektr toki berish to‘xtatiladi va monometr strelkasi “0” ga tushib, avtoklav sovugunga qadar turiladi.
Shundan keyin chiqarish jo‘mragi asta-sekin ochiladi bug‘ sekin chiqa­rib yuboriladi, avtoklav ochiladi va undan sterilangan materiallar olinadi.
100




Agar avtoklav monometri strelkasi “0” ga tushmasdan oldin ochilsa, bo- simning tez pasayishi tufayli suyuqlik probirkalami otibyuborib, idishlar- dan to‘kilab ketishi mumkin. Avtoklavda bug‘ bilan bosim ostida sterillash bu eng samarali sterillash usullaridan biri boiib, faqatgina mikrobiologiya amaliyotida emas balki klinik tibbiyotda ham keng qo‘lIanilmoqda.

Avtoklavda ishlash uchun maxsus qoilanma va havfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Ko*pchilik oziq muhitlar bog*lam uchun ishlatiladigan materiallar 1 atm. bosimida 15—20 daqiqa mikrob tushgan materiallami zararsizlantirish uchun 1,5-2 atm. bosimida 20—25 min davomida sterillanadi. Avtoklavning to‘g*ri ishlab turganligini tekshirish uchun yuqori haroratda eriydigan kimyoviy moddalar: benzonaftol, benzol kislotasi va boshqalardan foydalaniladi.
S) Kox apparati yoki avtoklavda oquvchi bug1 bilan sterillash. Sterillashning bu turi bug‘ning bakteriya vegetativ shakllariga ta’sir qilish kuchiga asoslangan. Bu usul bilan yuqori Haroratda sterillash mumkin bo‘Imagan materiallar vitaminli va qandli oziq muhitlar sterilanadi. Mikro- organizmlarni to‘liq yo‘qotish uchun bolib-bolib (drobnaya) sterillash usuli qollaniladi. Materiallar 100°C da 20-30 daqiqa davomida 3 kun surunkasiga sterillanadi. Bu holda vegetativ hujayralar oiadi, sporalar esa qoladi va bir sutka ichida vegetativ hujayralarga aylanadi. Keyingi ikki marta qaytadan sterillash natijasida ular butunlay oladi va material toiiq sterillangan hisoblanadi.

  1. Tindalizatsiya—materiallar 5-6 kun bir soat davomida 56—58°C da surunkasiga sterillanadi. Bu usul yordamida yuqori paroratda tez buziladi- gan moddalar sterilizatsiya qilinadi.

  2. Pasterizatsiya—bu usul haroratning bakteriya sporasi emas faqat vegetativ hujayrasiga ta’sir qilish xususiyatiga asoslangan. Material 50— 65°S da 15-30 daqiqa yoki 70-80°S da 5-10 daqiqa qizdiriladi, so‘ngra tezlikda sovitiladi. Ko‘pincha ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari pas- terizatsiyalanadi.

  3. Ultrabinafsha nurlar bilan sterillash. Bu usul bilan sterillash asosan 260-300 mkm tolqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlarning mikro- organizmlarni oldirish xususiyatiga asoslangan boiib, operatsiya xo- nalari, shifoxona palatalarining havosini mikroorganizmlardan tozalash maqsadida bakteriotsid lampalardan foydalaniladi. Mikroorganizmlarga qarshi kurashishda kimyoviy usullardan ham foydalaniladi. Ular tibbiyot


101


Л ь,т ken- qoilanib. asosan ikki maqsadda. va'ni antisep‘ika amaliyotlda ham Keng a


va asseptikadan iborat. kitashqaridantushganmik rganizm-
AntiseptiUa-raa^bo ,
larga qarshi kurash.J* ida tozalash; Aseptika mikrom-aaniz.mlami
nikimyov>y«^r ' Bhi kurashishga avuhb. bunga janohlarning
tashqaridan lushS"'= .Uarini yuvishi. operatsiya qiUnadi-.an ioylarm operatsiyadan о j1 toza)ashga aytiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling