Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to'lovini xisoblash va byudjetga to'lash tartibi Reja


IV. SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN


Download 30.19 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1632385
1   2   3   4
Bog'liq
32 Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to

IV. SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
TIZIMINI QO`LLANISh QOIDALARI

1. Korxonalar soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o`tishi uchun ular ro`yxatdan o`tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yil choragi boshlanguniga qadar bir oy qolishidan kechiktirmasdan yozma ariza berishi zarur. Bunda ushbu Tartibning II bo`limida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinishi lozim.

2. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o`tishda korxonalarning bundan oldingi davr uchun o`sha davrda amal qilib turgan soliqqa tortish tizimi asosida soliqlarni to`lashga doir majburiyatlari saqlab qolinadi.

3. Korxonaning soliqqa tortish soddalashtirilgan tizimiga o`tishi haqidagi qaror yoki dalillangan raddiya davlat soliq xizmati organi tomonidan korxonaning ariza bergan kunidan boshlab o`n kun davomida chiqariladi.

4. Hisobni soddalashtirilgan shakl bo`yicha yuritishga o`tishga qaror qilgan korxona arizasi qondirilganidan so`ng davlat soliq xizmati organiga belgilangan shaklga ko`ra xo`jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim yetadi.

5. Davlat soliq xizmati organi xo`jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarining birinchi sahifasida ariza imzolangan sanani qayd qiladi.

6. Xo`jalik operatsiyalarini hisobga olish daftariga O`zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy hujjatlariga binoan belgilangan hisobot bilan muomala qilish qoidalari tegishli bo`ladi.

7. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo`llanishdan voz kechish va soliqqa tortishning belgilanmagan tizimiga qaytish navbatdagi taqvimiy yil boshidan boshlab davlat soliq xizmati organiga tegishli arizani taqvimiy yil tugallanishiga 15 kun qolishidan kechiktirmasdan berilgani holda amalga oshirilishi mumkin.

8. Davlat soliq xizmati organining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o`tishni rad qilish haqidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

9. Yagona soliqni to`lashdan soliqqa tortishning bundan oldingi tizimiga o`tish yil davomida amalga oshirilmaydi.

10. Ro`yxatga olingan paytdanoq soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo`llashga qaror qilgan yangi tashkil yetilgan korxonalar, ro`yxatdan o`tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma ariza beradilar. Bunda soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo`llashga ruxsatnoma talab qilinmaydi.


Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling