Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to'lovini xisoblash va byudjetga to'lash tartibi Reja
SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
Download 30.19 Kb.
|
32 Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN TIZIMIDA SOLIQQA TORTISh OB’EKTLARI
SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
TIZIMI SUB’EKTLARI 1. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qonunlarda belgilangan mezonlarga binoan mikrofirmalar va kichik korxonalarga kiradigan yuridik shaxslarga tegishli bo`ladi. 2. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi uchun faoliyat turi O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi belgilagan kod bo`yicha aniqlanadi. 3. Mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik sonini belgilashda unitar (sho`’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlaydiganlar soni ham hisobga olinadi. 4. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo`llovchi va nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg`armasi va "O`zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulki bo`lgan, ishlovchilar umumiy sonining kamida yellik foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil yetgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to`lashdan ozod yetiladi. Mazkur imtiyoz savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalarga joriy yetilmaydi. 5. Bir necha faoliyat turlarini amalga oshiradigan yagona soliqni to`lovchilar faoliyatning har bir turi bo`yicha soliqqa tortish ob’ektining alohida hisobini yuritishi va muayyan faoliyat turining soliq solinadigan ob’ekti va unga muvofiq keladigan yagona soliq stavkasi asosida yagona soliqning hisob-kitobini amalga oshirishi kerak. 6. Aksiz solig`i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda aksiz solig`ini va yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashgan taqdirda yagona soliq to`lashga o`tishlari mumkin. SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN TIZIMIDA SOLIQQA TORTISh OB’EKTLARI 1. Quyidagilar yagona soliqqa tortish ob’ektlari (soliq solinadigan oborot) hisoblanadi: xarid, ta’minot-sotish korxonalari, vositachilik haqi shartnomasi bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uchun - yalpi daromad; xalq xo`jaligining qolgan tarmoqlari korxonalari uchun - yalpi tushum. Bunda, qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun o`z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solish ob’ekti hisoblanadi. 2. Yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiradi: - mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan tushum summasi; - boshqa sotishlardan olingan daromadlar kiradi; - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. Bunda balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromad bo`lib, musbat va manfiy kurs farqlari o`rtasidagi saldo hisoblanadi. Agar manfiy kurs farqining summasi musbat farqnikidan oshib ketsa, oshib ketgan summa yagona soliqni hisoblab chiqarayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. - O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar. 3. Yalpi daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: - tovarning xarid va sotish qiymatlari o`rtasidagi farq; - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. Bunda balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromad bo`lib, musbat va manfiy kurs farqlari o`rtasidagi saldo hisoblanadi. Manfiy kurs farqining summasi musbat farqnikidan oshib ketsa, oshib ketgan summa yagona soliqni hisoblab chiqarayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi; - boshqa sotishdan olingan daromadlar; - O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar. 4. Yagona soliq solish ob’ektiga quyidagilar kiritilmaydi: - davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog`ozlari bo`yicha daromadlar; - dividendlar va foizlar, to`lov manbaida soliq to`langanligi to`g`risida tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo`lganda; - dividendlar tarzida olingan va ular olingan yuridik shaxsning ustav kapitali (fondi)ga yo`naltirilgan daromadlar. Download 30.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling