Mikrogeterogen sistemalar. Suspenziyalar


EMULSIYALARNING KLASSIFIKATSIYASI


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1459046
1   2
Bog'liq
Maruza-14

 
EMULSIYALARNING KLASSIFIKATSIYASI 
 
Emulsiyalar ikki xil belgi bo’yicha klassifikasiyalanadi: 

Dispers fazaning konsentratsiyasi bo’yicha; 
a) Suyultirilgan C ≤ 0,1% (hajmiy jihatdan). 
Suyultirilgan emulsiyalarda dispers faza zarrachalarining o’lchami 10
-5
sm 
atrofida bo’ladi. Bunday emulsiyalarda dispers faza zarrachalari zaryadga 
ega bo’lmaydi va shuning uchun ular agregativ barqaror bo’ladi. 
Suyultirilgan emulsiyalarda broun harakati, diffuziya, yorug’likning 
sochilishi va boshqalar sodir bo’ladi. 
b) Konsentrlangan (0,1% ≤ C < 74%). 
Bularda tomchi zarrachalarining o’lchami 10
-3
– 10
-4
sm ni tashkil 
etadi. Shuning uchun ular osongina sedimentatsiyalanadi va ularning 
barqarorligi stabilizatorning mavjudligi bilan aniqlanadi. 
d) Yuqori konsentratsiyali emulsiyalar (C>74%). Bularda broun 
harakati va diffuziya kuzatilmaydi. 

Dispers faza va dispersion muhitning qutbligiga ko’ra 
a) I tur emulsiyalar (to’g’ri) – M/C; 
b) II tur emulsiyalar (teskari) – C/M; 
Emulsiyalarning turlari 
a-to’g’ri emulsiya (m/c); b-teskari emulsiya (c/m)( 
Istalgan qutbli suyuqlikni “C” (SUV)harfi bilan, qutbsizini “M” (moy) harfi 
bilan belgilash qabul qilingan. 


I tur emulsiyalarda qutbsiz suyuqlik tomchilari (moy), qutbli suyuqlik (suv ) 
da tarqalgan bo’ladi. 
II tur emulsiyalarda dispersion muhit qutbsiz bo’ladi. 
Emulsiyalarning turi quyidagi usullar yordamida aniqlanadi: 

Elektr o’tkazuvchanligini o’lchash – to’g’ri emulsiyalarning elektr 
o’tkazuvchanligi yuqori, teskari emulsiyalarning elektr o’tkazuvchanligi past 
bo’ldi; 

Mo’l miqdordagi qutbli va qutbsiz suyuqliklarni aralashtirish; 

Suvda eriydigan va moyda eriydigan bo’yoqlarning bo’yalishi; 

Ho’llash bo’yicha, shuningdek emulsiyalarning gidrofob va gidrofil sirtlarda 
yoyilishi. 
Emulsiyalar gidrofob dispers sistemalarga mansub bo’lganligi uchun ular 
emulgatorlar deb ataluvchi maxsus stabilizatorlarning bo’lishini (ishtirokini) 
talab etadi. 
Emulgatorlarning asosiy turlari: 

Sovun va sovunsimon SAMlar; 

Eruvchan YuMB; 

Yuqori disperslikka ega bo’lgan qattiq jism. 
Emulgator tanlashda quyidagi umumiy qoidaga amal qilinadi: 
Emulgatorlar hamma vaqt dispers fazaga nisbatan dispersion muhitda yaxshi 
eriydi, qattiq erimaydigan emulgatorlar yaxshi ho’llanadi. 
Eng yaxshi emulgatorlar bu sirt aktiv moddalar va ba’zi YuMB lardir. 
Emulgator sifatida juda maydalangan minerallarning suvda erimaydigan kukunlari: 
tuproq, gips, qurum, ba’zi metallarning oksid va sulfidlari ham ishlatiladi. 
Kukunlarning emulgirlash xususiyati suvda eriydigan emulgatorlarnikidan past 
bo’ladi: 
Qattiq emulgatorlar bilan emulsiyalarni stabillash 
Emulsiya fazalarining o’tishi ya’ni emulsiyalarning to’g’ridan teskari turga va 
aksincha o’tishidir. Emulsiyalar fazalarining o’tishini turli xil usullar bilan amalga 
oshirish mumkin: antogonist emulgatorlar qo’shish; emulgator bilan reaksiyaga 


kirishuvchi moddalar qo’shish; elektrolitlar qo’shish, dispers fazaning 
konsentratsiyasini oshirish va boshqalar: 
Eng samarali usul bu – kimyoviy reagentlar ta’sirida emulgator tabiatini 
o’zgartirishdir: 
2RCOONa + CaCl
2
→ emulsiyalarning qavatlarga ajralishi → 
→ (RCOO)
2
Ca + 2NaCl 
Emulsiyalar sedimentasion beqqaror sistemalardir 
Emulsiya 3 xil: 

Dispersion; 

Kondensatsion; 

Erituvchini almashtirish usullarida olinadi. 
Emulsiyalarning xossalarini xarakterlashda quyidagi xarakteristikalar 
asosiy hisoblanadi: 

Emulsiya dispersliligi; 

Vaqt davomida barqarorligi; 

Dispers fazaning konsentratsiyasi. 
 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling