Javob: P =884 so’m bo’ladi.
6. Mol go’shti bozorida go’shtga bo’lgan talab va taklif funktsiyalari quyidagicha:
SD=20000-2P
SS=2000+P
Tovuq go’shti bozorida esa talab va taklif funktsiya lar:
SD=24000-2P
SS=4000+3P
Mol go’shti bozorida taklif qisqarishi oqibatida muvozanat narx 6200 so’mga ko’tarildi.
Aniqlanishi lozim:
1. Mol go’shti taklifi va uning chizig’i qanday o’zgarishini izohlang hamda mol go’shti bozorida o’zgargan vaziyat tovuq go’shti bozoriga qanday ta’sir ko’rsatishini, ya’ni tovuq go’shtiga talab qanday o’zgarishini aniqlang.
Echimi:
Mol go’shti bozorida muvozanat holatni aniqlaymiz. Buning uchun taklif va talab funktsiyalarini tenglashtirib muvozanat narxni topib olamiz:
Se=SS=SD
Se=20000-2P=2000+P
18000=3P
Pe=6000 so’m Demak muvozant narx 6000 so’mni, muvozanat hajm esa Se=2000+6000=8000 kg. .
Mol go’shti taklifi qisqarishi natijasida muvozanat narx 6200 so’mni tashkil qilganligi bois o’zgargan taklif hajmini quyidagi amalni bajarib aniqlaymiz:
20000-2×6200=2000+6200-X
7600=8200-X
X=600
Yangi taklif funktsiyasi
SSo=2000+P-600=1400+P
SD=20000-2×6200=7600 kg.
Ko’rinib turibdiki iste’molchilar tomonidan bildirilayotgan talab hajmi 400 kg ga qisqarmoqda.
SD=8000-7600=400.
Ushbu iste’molchilar o’z ehtiyojlarini o’rinbosar tovar orqali ta’min etishga harakat qilib tovuq go’shtiga bo’lgan talabning o’zgarishiga sababchi bo’ladilar. Tovuq go’shtiga bo’lgan talab quyidagicha o’zgaradi:
Iste’molchilar soni o’zgarmasdan oldin tovuq go’shti bozoridagi muvozanat holatni aniqlaydigan bo’lsak, taklif va talab funktsiyalarini o’zaro tenglashtirib muvozanatlik parametrlarini topamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |