6. Mukammal raqobatlashgan bozorning kamchiliklariga:
a) Ishlab chiqarish hajmining pastligi;
b) Reklama xarajatlarining yuqoriligi;
v) narxlarning nobarqarorligi;
g) Fan texnika tadqiqotlari uchun ajratiladigan xarajatlarning pastligi;
d) to’g’ri javob yo’q.
7. Mukammal raqobatlashgan bozor va raqobatlashgan monopol bozor o’rtasidagi o’xshashlik:
a)Bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqariladi;
b) Narx chekli xarajatdan katta bo’ladi;
v) Tarmoqqa kirib kelish to’siqlarining mavjud emasligi;
g)Sof monopoliyaga qaraganda talab elastikligining pastligi;
d) to’g’ri javob yo’q.
XIII BOB. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BOZORI
Asosiy tushunchalar
Mehnatning chekli daromadliligi ning qo’shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini , qo’shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo’shimcha daromad ga ko’paytirish orqali aniqlanadi: ,
bu erda - mehnatning chekli daromadliligi;
- mehnatning chekli mahsuloti; - chekli daromad.
Mehnat bozorida firma foydasini maksimallashtiradigan shart, ya’ni mehnatni chekli daromadliligining ish haqi stavkasiga tengligi iste’mol bozoridagi shartga o’xshashdir. Ishchi kuchiga talab bilan ish haqi o’rtasidagi bog’liqlik.
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo’lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o’z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o’tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma’lum muddat oralig’ida foydalanganligi uchun to’lanadigan narxdir.
Diskontirlash-xarajat va daromadlarni bir xil boshlang’ich vaqtga keltirish hisob-kitoblari.
Do'stlaringiz bilan baham: |