Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
Download 0.61 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tovarning narxga bog’liq talab elastikligi 0.5 ga teng bo’lsa, bunda
- 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy haqini to’lash bo’yicha davlat tomonidan o’rnatiladigan nazorat odatda quyidagi holatga olib keladi
- 4. Sotuvdan olinadigan soliq
- 5. Narx bo’yicha talabning umumiy elastikligi uni tashkil etuvchi individual talab elastikligidan
20. A va B firmalarning tovar ishlab chiqarishi quyidagi jadvalda aks ettirilgan
A) Bozorning umumiy taklif shkalasi tuzilsin. B) Har bir ishlab chiqaruvchi uchun maksimal yoysimon taklif elastikligi aniqlansin. 21. Quyidagi jadvalda talab funktsiyasi berilgan. Bo’sh kataklarni to’ldiring.
22. Ma’lum bo’lishicha, A tovarning narxga bog’liq talab elastikligi koeffitsiyinti -4 ga teng ekan. Agar tovarlarni sotishdan tushgan daromad 15 %ga oshishi uchun tovarning narxi va sotiladigan tovar miqdori qanday o’zgarishini aniqlang. 23. Ma’lum bo’lishicha, “Yangi obod” bozorida bir kunda 120 dona “SAMSUNG” uyali telefoni 40000 so’mdan sotiladi. Bozor muvozanati shroitida “SAMSUNG” telefonining narxi 1%ga tushadigan bo’lsa, telefonga bo’lgan talab hajmi 0.6 foizga ko’tarilar ekan. Uyali telefonga bo’lgan chiziqli talab funktsiyasi aniqlansin. 24. Aspirinning narxi 250 so’mdan 300 so’mga ko’tarildi. Aspiringa bo’lgan talab elastikligi -3 ga teng. Iste’molchilarning aspiringa bo’lgan harid xarajatlari qanday o’zgaradi? 25. Biror A tovarga bo’lgan talab funktsiyasi ushbu ko’rinishda berilgan: SD=1000-0.5P Aniqlansin: tovar narxi P qancha bo’lganda tovar noelastiklik va narx qanday bo’lganda narxga bog’liq talab elastikligi 0.5 ga teng bo’ladi. 26. X tovarning narxga bog’liq talab elastikligi -3 ga teng. Tovarning narxi 2% ga ko’tarilsa, sotuvchi daromadi qanday o’zgaradi? 27. Ma’lum bo’lishicha, A tovarning narxga bog’liq talab elastikligi koeffitsenti -4 ga teng ekan. Agar tovarlarni sotishdan tushgan daromad 15% ga oshishi uchun tovarning narxi va sotiladigan tovar miqdori qanday o’zgarishi lozim? 28. Statistik axborotlardan ma’lum bo’lishicha, har haftada bozorda 100 birlik mahsulot P=8 000 so’mdan sotiladi. Bozor muvozanati sharoitida tovar narxi 1 % ga qisqarganda tovarga bo’lgan talab 0.8 % ga oshar ekan. Agar tovarga bo’lgan talab chiziqli bo’lsa narxga bog’liq talab funktsiya sini aniqlang. 29. Agar bizga X tovar uchun talab funktsiyasi S=1600+90P-2P2 berilgan bo’lsa, narx darajasi 40$ va 30$ bo’lgandagi talab elastikligi topilsin. 30. Bir-biriga bog’liq A va B tovarlar uchun SA=80PB-0.5PB, bu yerda SA -A tovarning kunlik sotilish hajmi, PB -B tovarning sotilish narxi. a) PB=10$ bo’lgan vaziyatda kesishgan talab elastikligi topilsin. b) A va B tovarlar bir-birlari uchun o’rin bosar tovarmi yoki to’ldiruvchimi? 31. Talab funktsiyasi quyidagicha berilgan: SD= -15PA+8PB+60 Bu yerda, PA- A tovarning narxi; PB-B tovarning narxi. PA=2 $, PB=3 $ ga teng bo’lganda B tovar narxiga bog’liq A tovarga bo’lgan talab elastikligi aniqlansin. Testlar 1. Talabning elastikligi quyidagicha aniqlanadi: a) talab qilinayotgan miqdor o’zgarishining narx o’zgarishiga nisbati orqali; b) narx o’zgarishining talab qilinayotgan miqdor o’zgarishiga nisbati orqali; v) miqdorning foiz o’zgarishini narxning foiz o’zgarishiga nisbati orqali; g) talab egri chizig’i orqali; d) talab egri chizig’i orqali. 2. Tovarning narxga bog’liq talab elastikligi 0.5 ga teng bo’lsa, bunda: a) narxning har qanday o’zgarishi talabni 50 %ga o’zgartiradi; b) talab qilinayotgan miqdorning 1% o’sishiga narxning 0.5 % kamayishiga mos keladi; v) talab qilinayotgan miqdorning 1% o’sishiga narxning 2% o’sishi mos keladi; g) narxning 0.5 o’zgarishi, talabni ham xuddi shu miqdorda o’zgartiradi; d) to’g’ri javob keltirilmagan. 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy haqini to’lash bo’yicha davlat tomonidan o’rnatiladigan nazorat odatda quyidagi holatga olib keladi: a) nazorat o’rnatilgan hududlarda berilgan uy-joylarning sifati yomanlashuviga; b) berilgan uy-joylar sifatining oshishiga; v) uy-joy tanqisligini doimiylikdan vaqtinchalikka aylantiradi; g) to’g’ri javob keltirilmagan. d) taklif qilinayotgan uy-joylarning ko’payishiga; 4. Sotuvdan olinadigan soliq: a) ishlab chiqaruvchilar tomonidan to’lanadi; b) haridorlar va sotuvchilar birgalikda to’laydi; v) davlat va haridorlar birgalikda to’laydi; g) yuqoridagilarning barchasi noto’g’ri. d) haridorlar tomonidan to’lanadi; 5. Narx bo’yicha talabning umumiy elastikligi uni tashkil etuvchi individual talab elastikligidan: a) kam; b) yuqori; v) bir xil; g) mutanosiblik yo’q; d) aniqlash uchun ma’lumot etarli emas. 6. Narx bo’yicha taklif mutloq elastik bo’lgani holda, ishlab chiqaruvchidan sotilgan har birlik mahsulot uchun belgilangan soliq olinsa, u holda: a) muvozanat narx ko’tariladi; b) muvozanat sotuv hajmi kamayadi; v) iste’molchi ortiqchaligi kamayadi; g) sotuvchilar ortiqchaligi kamayadi; d) to’g’ri javob keltirilmagan; Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling