Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
Tadbirkorning jami mablag’i 60 mln so’mga teng. Investorning naflik funktsiyasi quyidagicha berilgan: U=3r-4σ
Download 0.61 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
2. Tadbirkorning jami mablag’i 60 mln so’mga teng. Investorning naflik funktsiyasi quyidagicha berilgan:
U=3r-4σ2 Agar tadbirkor mablag’ini tavakkalchilik aktivlarga joylashtirsa u 14 % daromad, agar tavakkalchiliksiz aktivlardan foydalansa 7 % daromad olishi mumkin. Tavakkalchilik aktivlarning tavakkalchilik ko’rsatkichi 3% ga teng bo’lsa, tadbirkorning maksimal daromadi aniqlansin. 3. Siz lotareya o’ynashga qaror qildingiz va 100 ming so’mlik lotareya sotib oldingiz. Loteriyaning bosh sovrini 500 mln so’mga teng. Bundan tashqari qiymati 20 mln so’mlik zargarlik buyumlari ham bu o’yinda o’ynaladi. Bosh sovrinni yutish ehtimolingiz 0.0001 ga, tillalarni yutish ehtimollingiz esa 0.003 ga teng. Kutilayotgan yutuq summangiz qanchani tashkil etishini hisoblang. 4. Sizda 2 ta korxonada ishlash imkoni mavjud. Agar 1-korxona muvaffaqiyatli ishlasa sizga oyiga 500 $, agarda muvaffaqiyatli ishlay olmasa 200 $ oylik maoshi to’laydi. 2- korxona esa muvaffaqiyat qozona olsa 600 $ va aksi bo’lsa 100 $ ish haqi to’laydi. 1- korxonaning muvaffaqiyatli ishlash ehtimolligi 0.4, 2- esa 0.3 ga teng bo’lsa, qaysi korxonadan olinishi kutilayotgan daromadingiz yuqori ekanligini aniqlang. 5. Sizni 2 ta raqobatlashayotgan firma rahbarlari ishga taklif qilmoqda. Ikkala firma ham oyiga bir xil 1000 ta muzlatgich ishlab chiqara oladi. 1- korxona oyiga 700 tadan 1 000 donagacha muzlatgich sota olsa u sizga 1 000 $ , agar 300 tadan 700 tagacha bo’lsa 600 $, agar 300 tagacha muzlatkich sota olsa atiga 100 $ oylik to’lamoqchi. 2- korxona esa 700 tadan 1 000 tagacha muzlatkich sotsa 800 $, 300 tadan 700 tagacha bo’lsa 600 $, 300 tagacha muzlatkich sota olsa 300 $ ish haqi to’lashga tayyor. 1- korxonaning 700 tadan 1 000 tagacha mahsulot sota olish ehtimoli 0.2 , 300 tadan 700 tagacha mahsulot sota olish ehtimolligi 0.4 gateng, 2- korxananing esa 700 tadan 1 000 tagacha mahsulot sota olish ehtimoli 0.4 , 300 tadan 700 tagacha mahsulot sota olish ehtimoli 0.5 ga teng. Qaysi korxonadan olinishi kutilayotgan daromadingiz yuqori? 6. Ilgari foydalanishda bo’lgan avtomobillar bozorida yuqori sifatga ega bo’lgan avtomobillarning sotish narxi 1100 dollar, sifati past avtomobillarning sotuvi narxi 600 dollarni tashkil etadi. Ma’lumki, haridorlar foydalanishda bo’lgan past sifatli avtomobillarga 800 dollar, yaxshi sifatga ega bo’lgan avtomobillar uchun 1300 dollar to’lamoqchi. Yuqori sifatli avtomobilar sotuvchilarining ulushi qancha bo’lsa, avtomobil bozori faoliyat yuritadi? 7. Sizda 2 ta korxonada ishlash imkoni mavjud. Agar 1-korxona muvaffaqiyatli ishlasa sizga 1 000 $ ish haqi, agarda muvaffaqiyatli ishlay olmasa 700 $ oylik maosh to’laydi. 2- korxona esa muvaffaqiyat qozona olsa 1 080 $ va aksi bo’lsa 600 $ ish haqi to’lamoqchi. 1- korxonaning muvaffaqiyatli ishlash ehtimolligi 0.4, 2- korxonaning muvaffaqiyatli ishlash ehtimolligi esa 0.25 ga teng. Har bir ish joyi uchun o’rtacha chetlanish aniqlansin. 8. Sizda 2 ta korxonada ishlash imkoni mavjud bo’lib agar 1-korxona muvaffaqiyatli ishlasa sizga oylik 1 200 $ ish haqi, agarda muvaffaqiyatli ishlay olmasa 600 $ oylik maosh to’lanadi. 2- korxona esa muvaffaqiyat qozona olsa 1 100 $ va aksi bo’lsa 580 $ ish haqi to’lamoqchi. 1- korxonaning muvaffaqiyatli ishlash ehtimolligi 0.4, 2- korxonaning muvaffaqiyatli ishlash ehtimolligi esa 0.5 ga teng. Har bir ish joyi uchun standart chetlanish aniqlansin. 9. Tadbirkorning jami mablag’i 80 mln so’mga teng. Agar daromadini tavakkalchilik aktivlarga tiksa 10% daromad olish, tavakkalchiliksiz aktivlardan foydalansa 5% daromad olishi mumkin. Investorning naflik funktsiyasi: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling