10. Agar tadbirkor bir kunda 20 ta stol yoki 60 ta stul yasash imkoniga ega bo’lsa, quyidagi variantlardan qaysi birini u 1 oy (30 kun)da ishlab chiqarish imkoniga ega emas?
a)300 ta stol va 900 ta stul;
b) 400 ta stol va 350 ta stul;
v) 550 ta stol va 100 ta stul;
g)530 ta stol va 250 ta stul;
d) 190 ta stol va 1200 ta stul.
II BOB. TALAB VA TAKLIFNING NAZARIY ASOSLARI HAMDA BOZOR MUVOZANATI
Asosiy tushunchalar
Taklif – bu ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan berilgan narxlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Talab – berilgan narxlarda haridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Taklif qonuni – to’g’ridan-to’g’ri narx o’zgarishi bilan bog’liq holda taklifning o’zgarishi.
Talab qonuni – narxdan tashqari boshqa omillar o’zgarmaganda talab miqdori bilan narx o’rtasidagi teskari bog’liqlik.
Iste’molchi ortiqchaligi (yutug’i) – iste’molchi tovarlar uchun to’lashi mumkin bo’lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to’langan narxlar ayirmalarining yig’indisi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug’i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo’shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari yig’indisiga teng.
Taklif chizig’i – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Talab chizig’i – tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
SHaxs talabi – bitta iste’molchining tovarga bo’gan talabi.
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to’g’ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
Transaktsion xarajatlar – bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog’liq xarajatlar.
Taklif funktsiyasi – taklifga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |