Mikroiqtisodiyot fanidan kurs ishi mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov
Xulosa Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik
Download 67.81 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Ishlab chiqarish imko-fayllar.org
Xulosa
Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik. Men ushbu kurs ish orqali ishlab chiqarishni mamlakat va insonlar hayoti uchun qay darajada ahamiyati katta ekanligini anglab yetdim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masalamiz iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat. Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni jumladan, yoqilg’i-energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash shuningdek, bu o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy tabiiy, mineral xom-ashyo, mehnat resurslariga asoslangan hamda istiqbolda xalqaro va davlatlararo me hnat taqsimotida, jahon bozorida O’zbekistonning mustahkam o’rin egallashini kafolatlovchi ishlab chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi lozim. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa, kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash, ichki bozorni to’ldirish uchun kerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan kichik, ixcham texnologiyalarni konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish zarurligi g’oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustivor vazifasidir. Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish boshqaruv tizimining ajralmas qismidir. U yordamida milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog`i – sanoatning rivojlanishiga taalluqli bo`lgan ko`rsatkichlar muayyan vaqtga belgilanadi. Rejalashtirish o`zining tegishli tamoyil va usullariga ega va ular iqtisodiyot nazariyasida alohida o`rin egalladi. Sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar berilishi kerak va ular reja shaklida aks etadi. Sanoat rejasi 12 bo`limdan iborat. Sanoat rejasini tuzish eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi. CHunki bunda taraqqiyotning barcha tomonlarini oldindan ko`rish, yahni bashorat qilish hamda bu taraqqiyotni tahminlovchi iqtisodiy va texnik salohiyatning samarali variantlarini qidirib topish kerak bo`ladi. Mustaqillik yillarida rejalashtirishni takomillashtirish borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Lekin xalq xo`jaligini, jumladan, sanoatning rejali, mutanosib rivojlanishining bir qator muammolari hali o`z yechimini topgani yo`q. SHu sababli bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish va demokratik davlat, bozor iqtisodiyotining talablariga javob beradigan rejalashtirishni yaratish zarur. Download 67.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling