Mikroiqtisodiyot fanidan kurs ishi mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov


-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni


Download 67.81 Kb.
bet5/12
Sana07.11.2023
Hajmi67.81 Kb.
#1753867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Ishlab chiqarish imko-fayllar.org

5-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganilganda uni to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Bu yerda shuni hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish jarayonining mahsuli bo‘lib, shu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda o‘zi qancha qancha qiymatga ega bo‘lsa shu miqdorda aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, naflilikni yaratishda kapital to‘liq qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa qismanqisman, ya’ni uni eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashadi, lekin qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi. Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa mehnatning o‘zi qatnashadi.

3. Muqobil xarajatlar tushunchasi va uning tarkibi. Iqtisodiy tanlov
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining cheklanganligi, ishlab chiqarish variantlaridan bittasi yoki bir nechtasini tanlab, qolganlaridan voz kechishni taqozo qiladi. Bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish ikkinchi biridan voz kechishni anglatadi. Optimal iqtisodiy tanlovga erishish uchun nafaqat bo'lg'usi xarajatlar, balki foydalanilmagan ishlab chiqarish imkoniyatlari ham e'tiborga olinishi lozim. Boshqa variantlardan voz kechish natijasida, biz ulardan olinishi mumkin bo'lgan foydadan ham voz kechamiz, ya'ni bu boy berilgan imkoniyatlar bo'lib, muqobil (alternativ) xarajatlar ni tashkil etadi.

«Xarajatlar» tushunchasi juda keng qamrovli bo’lgani bois, alohida ko’rib chiqishni talab etadi. Umuman olganda xarajatlar deyilganda bir tomondan biznesning mavjud bo’lishini shartlarini yaratadigan, ikkinchi tomondan esa foydani kamaytiradigan sabablar bilan bog’liq masalalar ko’z oldimizga keladi. Quyida xarajatlarning eng keng tarqalgan tasnifi keltirilgan:




Download 67.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling