Mikroiqtisodiyot fanidan oraliq nazorat savollari ro’yxati 1 kurs iqtisodiyot


Download 0.58 Mb.
bet19/27
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1603018
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
mikro

23.Umumiy va chekli naflilik. Iste′molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan foydalanamiz. Naflilik funksiyasi - iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlar hajmi bilan, uning ushbu ne′matlarni iste′mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi:   n TU f x , x ,..., x  1 2 , bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi; n x , x ,..., x 1 2 - 1, 2, ..., n - ne′matlar hajmi. Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko`pchilik iqtisodchilar ne′matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo`lishgan. Unga ko`ra ne′matning iste′molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo`lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo`lsa, narxi ham shuncha arzon bo`ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g`oyaga qarshi ―suv va olmos paradoksi‖ni ilgari surishgan. Unga ko`ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo`lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo`lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko`rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne′matlar narxi bilan naflilik o`rtasida bog`liqlik mavjud emas. Bu savolga to`g`ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya′ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne′matning zaxirasi o`rtasidagi bog`liqlik aniqlangandan so`ng topildi. Bu yerda: MUi - i -ne′mat bo`yicha chekli naflilik darajasi; ΔTU – umumiy naflilik darajasining o`sgan qismi; Xi - i -ne′matni iste′mol qilish miqdorining o`sgan qismi. Umumiy va chekli naflilikning o`zgarishi

  1. Odatda, biror ne′matni iste′mol qilish oshganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), umumiy naflilik darajasi oshadi. Demak chekli naflilik musbat MU  0 . Shu bilan birga, biror ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), qo`shimcha iste′mol qilingan birlik oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga chekli naflilikning kamayish qonuni deyiladi. Matematik tilda bu naflilik funksiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani:


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling