Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja
Download 35.21 Kb.
|
1-MAVZU. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA MAQSADI VA VAZIFALARI
1.4. Bozor va uning vazifasi
Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan muqobil variantning yo‘qligini isbotladi. Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi. Bu funktsiyani u taklifni to‘lov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini o‘rnatish orqali amalga oshiradi. Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, samarali va ob’ektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi bo‘ladimi yoki yo‘qligidan iborat. Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilg‘orlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi. «Sof» bozor hech qachon mavjud bo‘lmagan, bu hayoliy tizim - «mukammal raqobat» deb ataluvchi «hayoliy» modeldir. Erkin bozor yoki «mukammal raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar mavjudligi bilan aniqlanadi: xususiy mulkchilik; tadbirkorlik va tanlash erkinligi; shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi sifatida; raqobat; bozor narxlari tizimiga tayanish; davlat rolining cheklanganligi. Bu barcha institutlar xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish asosi sifatida iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini vujudga keltiradi. Xususiy mulkchilik- bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish, foydalanish, taqsimlash huquqidir. Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan bo‘lsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va o‘z tanloviga ko‘ra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, pullarni bankka qo‘yish va boshqalarni ko‘zda tutadi. Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni o‘z hohishiga qarab foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanish, iste’molchilar uchun o‘z pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Tanlovning to‘g‘riligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot to‘la hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi. Shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi rag‘bat, xo‘jalik faoliyati sababidir. Bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sub’ektlar o‘zining shaxsiy manfaatini ko‘zlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha «ko‘rinmas qo‘l» boshqaradi. U bozorning barcha qatnashchilarini barcha uchun farovonlikni oshishini ta’minlovchi yo‘nalishda harakat qilishga undaydi. Har bir odamning boylikka intilishi umuman butun jamiyatning boyligiga olib keladi. Raqobat – cheklangan resurslarning ko‘proq miqdoriga, ulardan eng ko‘p qaytim olish maqsadida ularni o‘z ihtiyoriga olish uchun xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi musobaqadir. Odatda, raqobat odamlarni cheklangan resurslarni olish va ishlatishning eng oqilona yo‘llarini izlashga uyg‘otib, ijobiy rol o‘ynaydi. Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi va uchta funksiyani bajaradi: xaridor va sotuvchilar harakatini yo‘naltiruvchi axborotni beradi; ishlab chiqarishning samaraliroq yo‘llarini rag‘batlantiradi; bozor sub’ektlari o‘rtasida daromadlarni taqsimlaydi. Narxlar bu uchta funksiyani bajarishi uchun, ularga erkin harakatlanishni ta’minlash zarur bo‘ladi. Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida yechiladi: - optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish; - muqobil xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo‘nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali. Iqtisodiy subyektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko‘ra o‘z maqsadlariga erishishi uchun xo‘jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy subyektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subyektlarni ikkiga bo‘lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo‘jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi – imkon qadar o‘zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko‘rsatkichlarini maksimallashtirish yoki minimallashtirishdan iboratdir. Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir: ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish; iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish; ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish. Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-chizma). Download 35.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling