Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Download 35.21 Kb.
bet1/6
Sana15.01.2023
Hajmi35.21 Kb.
#1094143
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA MAQSADI VA VAZIFALARI


1-MAVZU. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja
1.1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash
1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
1.3. Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
1.4. Bozor va uning vazifasi


TАYANCH SO‘Z VA IBORALAR:
Mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, ehtiyoj, resurs, muqobil qiymat, ijtimoy ne’mat, bozor, optimallashtirish, pozitiv va normativ tahlil


1.1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash

Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xo‘jalik yurituvchi sub`ektlar va alohida iste`molchilar qay darajada foydalanishini o‘rganadi. Ko‘pchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan sub`ektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va o‘zaro xatti-harakatlarini o‘rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil bo‘lganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar bo‘lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo‘jaligi o‘zining har bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o‘zining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi1.


Resurslarning cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qo‘yadi:

  • nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?

  • qanday texnika va texnologiyani qo‘llash?

  • ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi?

Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida - ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yo‘llarini o‘rganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini har qanday hal etilishini tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini ko‘zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko‘pincha inson bir iqtisodiy ne’matning ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o‘lchanadigan qiymatdir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo‘lgan 3 metr mato bo‘lagidan yo ko‘ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham ko‘ylak, ham kamzul tikish imkoni yo‘q. Bu vaziyatda tanlash kerak bo‘ladi. Bu tanlov yo ko‘ylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni ko‘zda tutadi. Ko‘ylakni tanlash qarori kamzulga ega bo‘lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi ko‘ylakning qimmati kamzulga ega bo‘lib, olish mumkin bo‘lgan foyda va quvonchlarga teng. Unda ko‘ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko‘ylak bo‘ladi.
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o‘rganib, mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam resurslarni sarflab, o‘zining eng ko‘p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu ko‘plab yo‘llar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan bo‘lganida, tanlov mumkin bo‘lmasdi. Agar cheklanganlik bo‘lmaganida, unda tanlov kerak bo‘lmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko‘piga egamiz. Tanlov resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo‘llari o‘rtasida boradi va resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo‘li kam xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi yo‘l bo‘ladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan voqealarni tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda iste’mol etiladigan xomashyo narxi o‘zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo‘shatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini bo‘shatish yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shular mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qo‘yilmalar hajmi va xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qo‘llaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari bo‘lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining o‘zgarishiga, va shuningdek, bo‘lg‘usi o‘z mahsulotining narxiga ko‘ra firma ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.



Download 35.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling