Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisdiyot


Download 39.38 Kb.
bet4/5
Sana18.12.2022
Hajmi39.38 Kb.
#1028107
1   2   3   4   5
Bog'liq
variant-5

Taʼrif


Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda (ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada, xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda qoʻllaniladi[5][6]. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Siyosiy iqtisodiyotda matematik elementlarni muvaffaqiyatli qoʻllashni Antoine Augustin Cournot boshlab beradi[7]. U oʻzining „Recherches sur les principes mathématiques de la théorie des richesses“ asarida boylik nazariyasining matematik elementlar asosida vujudga kelishi haqida soʻz yuritadi[8][9], „Revue Sommaire Des Doctrines Economiques“ asarida esa talab va taklif qonunlarini tanqid qiladi. Aynan Cournotning asarlari tufayli matematik iqtisodiyotda katta burilish paydo boʻlib, iqtisodchilarning keyingi ilmiy ishlarini mukammallashtirishda, iqtisodiy kibernetika, ekonometrika fanlarining paydo boʻlishida asos boʻldi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan[10]. Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritiladi[11]. Aynan Cournot va marjinalizm ilmiy maktabi asarlaridan foydalangan holda u oʻzining „Marshall xochi“ grafigini (chekli xarajat va chekli daromadga asoslangan bozor muvozanati) yaratadi[12].

Absolyut elastik talab

{\displaystyle E_{P}^{D}=0}

narx oʻzgarganida tovar hajmi oʻzgarmaydi: birinchi ehtiyoj talablari (insulin, tuz)

Noelastik talab

{\displaystyle -1

talab hajmi narx oʻzgarishidan pastroq oʻzgaradi: oʻrinbosar tovarlarga ega boʻlmagan (yoki juda qimmat boʻlgan) kundalik tovarlar

Birlik elastiklik

{\displaystyle E_{P}^{D}=-1}

talab narxga proporsional tarzda oʻzgaradi (10 foiz lik oʻsish −10 foizlik pasayishni olib keladi)

Elastik talab

{\displaystyle -\infty

talab hajmi narxdan koʻra koʻproq oʻzgaradi: tovar oʻrinbosar tovarlarga ega yoki unchalik muhim emas

Absolyut elastik talab

{\displaystyle E_{P}^{D}=-\infty }

narxning ozgina oʻzgarishi talab hajmini cheksizlikkacha oʻzgartiradi: talab hajmi ozgina oʻzgarishlarga ham juda taʼsirchan boʻladi

Download 39.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling