Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 38.7 Kb.
bet1/2
Sana18.10.2023
Hajmi38.7 Kb.
#1708086
  1   2
Bog'liq
TO\'YCHIYEV UMIDJON



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIYOT YO’NALISHI
III-KURS I-82-2-GURUH TALABASI
TO’YCHIYEV UMIDJONNING
MIKROIQTISODIYOT MAKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

TOSHKENT-2023


MAVZU: “MAKROIQTISODIYOT” FANING PREDMETI, USULLARI VA ASOSIY VAZIFALARI.

REJA:
1. Inson ehtiyojining cheksizligi va resurslarning cheklanganligi.
2. Iqtisodiyotda “Makroiqtisodiyot” faning tutgan o’rni.
3. “Makroiqtisodiyot” faning asosiy vazifalari.

Makroiqtisodiyot (inglizcha Macroeconomics) zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bo’limi bo’lib, uning doirasida iqtisodiy o’sish, ishchan faollikning tebranishlari, inflyatsiya va ishsizlik, shuningdek makroiqtisodiy siyosat masalalari o’rganiladi.


Makroiqtisodiyotning fan sifatida rivojlanishi bir xilda kechmagan va etakchi dunyoqarashlarning almashishiga olib kelgan qarashlardagi bir necha inqiloblar va aksil inqiloblar bilan kuzatilgan. Oldingi asrning boshlarida makroiqtisodiyotda turli shart-sharoitlarga asoslangan va yanada muhimligi makroiqtisodiy siyosat bo’yicha bir-biriga butunlay qarama-qarshi tavsiyalarni bir vaqtda ifoda etuvchi ta’limotning ikkita etakchi maktabi - neolassik va post-keynschilik shakllandi.
Makroeiqtisodiyot ham mikroiqtisodiyot kabi iqtisodiy nazariyaning bir bo’limini ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda «makro» so’zi «katta»degan ma’noni anglatadi (mos ravishda «mikro» - «kichik»), «iqtisodiyot» so’zi esa - «xo’jalik yuritish» ma’nosini anglatadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot – bu iqtisodiyotdagi umumiy hatti-harakatlarni yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) o’rganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pog’onaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ularning ko’rsatkichlarining yig’indisi sifatida qaraladi.
Birinchi bor «makroiqtisodiyot» atamasini taniqli norveg olimi iqtisodchi matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) o’zining 1933 yildagi maqolasida qo’llagan. Biroq mazmunan zamonaviy makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakili taniqli ingliz iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keynes)ning fundamental mehnatlaridan boshlangan. 1936 yilda Keyns makroiqtisodiy tahlil asoslarini qo’ygan «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobi chiqdi. Keyns ishining ahamiyati shunchalik buyuk ediki, natijada iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha an’anaviy ravishda yagona mavjud bo’lgan iqtisodiy voqeliklarni klassik yondoshuv asosida o’rganuvchi, ya’ni mikroiqtisodiy tahlil (klassik modelga) qarshi turuvchi «Keynscha inqilob» atamasi va keynscha makroiqtisodiy model yoki keynscha yondoshuv yuzaga keldi.
Yakka tartibdagi bozorlarda alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning (iste’molchi yoki ishlab chiqaruvchi) iqtisodiy hulq-atvorini o’rganuvchi mikroiqtisodiyotdan farqli o’laroq, makroiqtisodiyot iqtisodiyotni bir butun yaxlitlikda o’rganadi, butun iqtisodiyot uchun umumiy bo’lgan muammolarni tadqiq qiladi hamda yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, yalpi talab, yalpi taklif, yalpi iste’mol, investitsiyalar, umumiy narx darjasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi va boshqa shu kabi yalpi miqdorlar bilan bog’liq maslalarni inobatga oladi.
Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib iqtisodiy o’sish va uning sur’atlari; iqtisodiy davr va uning sabablari; bandlik darajasi va ishsizlik muammolari; umumiy narx darajasi va inflyatsiya muammolari; foiz stavkasi darajasi va pul muomalasi muammolari; davlat byudjeti holati, byudjet taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to’lov balansi holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat muammolari hisoblanadi.
Bu muammolarni mikroiqtisodiy tahlil jihatdan, ya’ni alohida iste’molchi, alohida firma va hatto alohida tarmoq darajasidan hal etish mumkin emas. Aynan shuning uchun qator umumiy yoki makroiqtisodiy muammolar mavjud, iqtisodiy nazariyaning mustaqil bo’limi, makroiqtisodiyot mustaqil fani yuzaga kelishi zarurati paydo bo’ladi.
Ijtimoiy yunaltirilgan bozor munosabatlarining xuquqiy asoslarini yaratish o’tish davrining majburiy sharti bo’libgina qolmay, balki huquqiy davlat qaror topishning xarakterli xususiyati xamdir. O’zbekitonda bozor iqtisodiyotini ama qilishi uhun negiz yaratuvchi qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlarda Respublikaning ijtimoiy va xususiyatlari hisobga olingan.
Qishloq xo’jaligini isloh qilish Respublika iqtisodiyotini zamonaviylashtirish tomon tutilgan yo’lning boshlanishidir. O’tish davri muammolari, ishlab chiqarish tuzilmasini buzishning yuki qishloq xo’jaligi zimmasida bo’lib, u iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasini Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mulkchilikning turli shakllari yuzaga kelib unda marketing, menejment, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot fanlarini yanada chuqurroq o’rganish zaruriyati tug’ildi. Shu sababli Respublikamizning asosiy Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini, ya’ni ish bilan bandlik, ishsizlik, inflyatsiyani kelib chiqishi va ularni bartaraf etish yo’llari, yalpi talab va taklif, iste’mol, jamg’arma, investitsiya, makroko’lamda ishlab chiqarishni barqarorlashtirish, muvozanatni ta’minlash va boshqa muammolarni keng ko’lamda taxlil qilib to’g’ri xulosalar chiqarishi zarur.
Xar qanday iqtisodiy faoliyatning pirovard maqsadi inson ehtiyojlarini qondirishdir. Shu boisdan xam insonning mehnat faoliyati bitinchi navbatda o’zining shaxsiy manfaatini qondirishga qaratilgan bo’ladi. Iqtisodiyot to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarning cheklanganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim bo’ladi. Ma’lumki xar qanday maxsulot ishlab chiqarish uchun ikki xil resurs kerak bo’ladi. Bu moddiy resurslar va mehnat resurslari bo’lib hisoblanadi. Ana shu resurslarning moddiy qismi, ya’ni yer, yer osti boyliklari, xom ashyo materiallar va hakozolar jamiyatda cheklangandir. Shu sababli ham cheklangan resurslardan unumli foydalangan jamiyatgina talab darajasida rivojlanishi mumkin. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun bevosita qatnashadigan mehnat resurslari imkoniyati ham, shu jumladan uning fiziologik qobiliyati, vaqti, umri ham cheklangan. Undan xoxlagan miqdorda foydalanishiga imkon yuq. Shu boisdan xar bir jamiyat o’zining mehnat resurslarini imkoniyat doirasini kengaytirish chora tadbirlarini belgilashi kerak va shu asosda ulardan maksimum foydalanishga erishish mumkin bo’ladi.
Lekin shunday bo’lsa xam hozirda va kelgusida kishilarning baxtl turmush darajasini belgilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarning cheklanganligi asosiy muammo bo’lib qolaveradi. Chunki resurslar cheklanmagan bo’lganda, ularni turli xildagi vazifalari bajarish uchun maqsadga muvofiq tarzda taqsimlashga, tejashga ulardan unumli foydalanishga zaruriyat bo’lmas edi.
Dunyoda barcha davlatlar iqtisodiyotining rivojlanish tarixi mavjud cheklangan imkoniyatlardan unumli foydalanishning muxim yo’li iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tkazish bo’lib xisoblanishini kp’rsatdi. Faqat bozor iqtisodiyotida kishilarning mexnatga muvofiq tarzda rag’batlantiriladi.
Biz o’zimizning moddiy farovonligimizni ko’tarish uchun kurashamiz, ya’ni o’zimizni hayotimiz uchun ishlash bu makroiqtisodiyot fanining predmeti hisoblanadi.
O’rganish usuli shundan iboratki, iqtisodchilar asosiy tamoyillarni shakllatiradilar, ular siyosatni shakllantirishda muhim rol uynaydi va iqtisodiy muammolarni yechishda qo’llaniladi.
“Makroiqtisodiyot” fan sifatida butun xalq xo’jaligi yoki tarmoqlardagi iqtisodiy qonuniyatlarni, halq xo’jaligidagi davlat, kooperativ, xususiy va boshqa sektorlarning iqtisodiy o’sish, umumiy baho majmuasi, inflyatsiya, ish bilan bandlik, umumiy daromadlar, xarajatlar va shu kabi qator boshqa masalalarni o’rganib, tegishli qarorlar qabul qiladi.
Makroiqtisodiyot” fanini tutgan o’rnini qo’yidagi tartibda ifoda etsa bo’ladi:
Boshqa iqtisodiy fanlar
Mikroiqtisodiyot
Makroiqtisodiyot
Ekonomiks
“Makroiqtisodiyot” fani faqatgina iqtisodiy fanlar bilan emas, balki umumta’lim, ijtimoiy, siyosiy, texnologik va boshqa fanlar, ayniqsa ayrim tarmoqlar iqtisodiyotiga bog’liq bo’lgan fanlar bilan doimiy aloqada bo’ladi. Bular “Ishlab chiqarishni joylashtirish”, Qishloq xo'jaligi iqtisodi, sanoat iqtisodi, “Sanoat va Qishloq Xo'jaligi faoliyatini tashkil etish va pejalashtish”.
Makroiqtisodiyot iqtisodni boshqa sektorni aloqasini qo’shib umumiy ko’rinish berib, iqtisodni bir butun o’rganadi. Bu yerda ayrim birliklariga ahamiyat berilmasdan bir butun o’rganishga qaratikgan.
Shuning uchun ham mikroiqtisodiy izlanishlar umumiy muammolarni tahlil qilib beradi, aytaylik, umumiy mahsulot xajmi, umumiy ish bilan taminlanish darajasi, umumiy daromad, umumiy sarflangan xarajat, umumiy baho darajasi va h.k. Ikkinchi omondan esa mikroiqtisodiyot aniq iqtisodiy birliklar bilan ish ko’radi, ularni batafsil o’rganadi.Ya’ni iqtisodning eng kichik qismi o’rganiladi. U erda ayrim shirkat, fermer, dehqon xo’jaligi, ularni ishlab chiqarishi, mahsulot bahosi, sotishdan kelga darolmad, xarajat va h.k. bu fanning vazifalariga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
Iqtisodiy o’sish - sifatli tovar va xizmatlar bilan xayotni yanada yuqori pog’onaga ko’tarish;
Ish bilan to’liq bandlik - ya’ni ishlashni xoxlovchilarni ish bilan to’liq band qilish;
Iqtisodiy samaradorlik - ya’ni chegaralangan ishlab chiqarish resurslariga eng kam harajat qilib ko’p mahsulot olishdir.
Baho darajasi – baholarni ko’tarilishiga barqarorlashtirish orqali yo’l qo’ymaslik;
Iqtisodiy erkinlik – boshliqlarga, ishchilarga, iste’molchilarga, ularni iqtisodiy faoliyatiga erkinlik berish;
Daromadni haqli ravishda tog’ri taqsimlash – hech qanday fuqarolar guruxi ogirlikka boshqasi esa boylikka chumishiga yo’l qo’yish mumkin emas;
Iqtisodiy ta’minlash – ya’ni doimiy kasallar, mehnatga yaroqsizlar, qariyalarni va boshqalarning hayotini o’tkazishni ta’minlash;
Savdo balansi – halqaro savdo puxta o’ylab, yaxshi tushunib savdo ishini yo’lga qo’yish.

Shuni aytish kerakki, birinchidan, agarda 1,4,8 vazifani to’liq hisoblash mumkin bo’ladigan bo’lsa, unda 5 va 7-ni hisoblash imkoniyati yo’q. Ikkinchidan ma’lum bir maqsadni amalga oshirish ayrimlari o’z-o’zidan amalga oshirish natijasida 6-7 amalga oshirishni ko’taramiz.



Download 38.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling