Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot. Fanidan


Download 107.57 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi107.57 Kb.
#1017783
1   2   3
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot1

X ne'mat iste'molining umumiy o zgarishi X;X2 oraliqqa umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishini ko'ramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun YX byudjet chizig'iga parallel
qilib YX byudjet chizig'ini TU1 befarqlik egri chizig'iga urinadigan
qilib o'tkazamiz va bu uringan nuqtani deb belgilaymiz. E3 nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi X ne'mat miqdori Xj ga teng va u X;X2 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: XlXs va XjX2. Parallel ikki byudjet chizig'i orasida yotgan XjX2 o zgarishga daromad samarasi va bitta

123

befarqlik egri chizig'i ustida yotgan XJXs o zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.


Daromad va almashtirish samarasini talab o'zgarishiga ta'siri 7.5- rasmda keltirilgan.




  1. rasm. Daromad va almashtirish samarasini talab o'zgarishiga

ta'siri

Daromad samarasi - bu ne'mat narxi o'zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o'zgarishining iste'molchi talabiga ta'siridir. Daromad samarasi iste'molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko'rsatadi va u bir byudjet chizig'idan boshqa byudjet chizig'iga iste'molchining optimal tovarlar majmuasiga o'tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi - bu na^ik darajasi o'zgarmaganda, tovarlar narxi o'zgarishi munosabati bilan iste'mol tovarlariga talab tarkibining o'zgarishidir. Almashish samarasi X ne'mat narxini o'zgarishi natijasida Y
ne'matni qo'shimcha X ne'mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig'i TU1 boyicha boladi.
124




Oziq-ovqat narxi, so'm (P)

Yakka iste'molchila

ir talabi

Umumiy bozor talabi, birlikda

A

B

V

1000

4

6

8

18

2000

3

5

7

15

3000

2

4

6

12

4000

1

3

5

9

5000

0

2

4

6


Manba: shartli raqamlar
Oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirigan va ular iste'molchilarning individual talablarini qo'shish orqali aniqlangan. Masalan, oziq-ovqat narxi 1000 so'm bo'lganda, umumiy bozor talabi quyidagicha hisoblanadi: 4 + 6 + 8 = i8.
Quyidagi 7.6-rasmda ushbu iste'molchilarning yakka talab chiziqlari va bozor talab chizig' i keltirilgan.
Bozor talabi chizig'i har bir iste'molchining berilgan narxlardagi talablarini qo'shish orqali hosil qilingan. Bozor talabi chizig'ining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta iste'molchi uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini ko'rsatadi.

125







  1. rasm. Iste'molchilar talab chiziqlari va bozor talabi chizig'i.

Masalan, narx 3000 so'm bo'lganda, bozor talabi 12 birlik bo'lib, u A, B va V
iste'molchilarning narx 3000 so m bo lgandagi talablari yig'indisiga teng (2 + 4 + 6) = 12.
Iste'molchilarning individual talablari chiziqlari to'g'ri chiziqlardan iborat bo'lgani bilan bozor talab chizig'i ham to'g'ri chiziqdan iborat bo'lishi shart emas. Nima uchun deganda, yuqori narxlarda ba'zi bir iste'molchilar tovarni sotib olmasligi ham mumkin yoki ular har xil miqdorda sotib olishi mumkin.
Yana shuni ta'kidlash lozimki, iste'molchilar talablariga ta'sir qiluvchi barcha omillar bozor talabiga ham ta'sir qiladi. Masalan, iste'molchilar sonining oshib borishi bozor talab chizig'ini o'ngga, tepaga siljitadi yoki bo'lmasa, iste'molchilar daromadlarini ortishi, ularning oziq- ovqatga bo'lgan talabini oshiradi. Bu o'z navbatida bozor talab chizig'ini o'ngga-tepaga surilishiga olib keladi.
Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik guruhlarga qarashli iste'molchilar talablarini yig'ishga, har xil hududlarda yashovchi iste'molchilar talablarini yig'ishga to'g'ri keladi. Masalan, muzqaymoqqa bo'lgan bozor talabi o'rganilganda yosh bolalar talabi, o'smirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxo'rlar talabi to'g'risidagi axborotlarni olishga va ularni jamlashga to'g'ri keladi. Xuddi shu masalani hududlar bo'yicha aniqlash ham mumkin.
Bozor talabi chizig'ini va shu bilan birga individual talab chizig'ini ifodalashda tovarlarning narx bo'yicha elastiklik koeffitsiyentidan

126




foydalanish mumkin. Biz yuqorida ko'rgan edikki, agar talab narx bo'yicha elastik bo'lsa, narxning pasayishi iste'molchini tovardan ko'proq sotib olishga undaydi. Natijada iste'molchining tovar sotib olishga sarfi o'sadi, narx oshganda iste'molchi sarfi kamayadi. Agar talab elastik bo'lmasa, narx oshganda iste'molchi sarfi ham oshadi, narx pasayganda kamayadi. Bordiyu talab birlik elastiklikka ega bo'lsa, narx oshganda ham, oshmaganda ham iste'molchining tovar sotib olishga sarfi o'zgarmaydi.
Qisqa xulosalar
Daromadning o'zgarishi byudjet chizig'ini o'ziga parallel ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o'zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig'i o'ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Daromadlarning o'zgarishiga mos ravishda iste'molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o'rnatiladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks “daromad-iste'mol” chizig'i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi chizig'i” deb ham ataladi.
Real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne'matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne'matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo'lib daromad o'zgarishining iste'mol tarkibiga ta'sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o'zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi
Daromad samarasi - bu ne'mat narxi o'zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o'zgarishining iste'molchi talabiga ta'siridir. Daromad samarasi iste'molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko'rsatadi va u bir byudjet chizig'idan boshqa byudjet chizig'iga iste'molchining optimal tovarlar majmuasiga o'tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi - bu na^ik darajasi o'zgarmaganda, tovarlar narxi o'zgarishi munosabati bilan iste'mol tovarlariga talab tarkibining o'zgarishidir. Almashish samarasi X ne'mat narxini o'zgarishi natijasida Y
ne'matni qo'shimcha X ne'mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig'i TU1 boyicha boladi.
Muvozanatlik shartiga ko ra, iste'molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sar^angan oxirgi pul birligi

127

3. TAKLIF UNGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR


Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o’zgarishi taklifning nеcha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi dеyiladi. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi dеb ham ataladi.
Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

,
Bu yerda: Q – taklif miqdorining foizli o’zgarishi;


P – narxlarning foizli o’zgarishi.

Bozor mеxanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o’rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi nisbatni aniqlab bеradi. Bu bobda dastlab talab va taklifga narxning ta’sirini alohida qarab chiqamiz. Kеyin talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o’rnatilishi tushuntirib bеriladi. Shu o’rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o’rtasidagi mutanosiblikni bayon etishga alohida e’tibor bеriladi.


Shuningdеk, bobning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo’nalishlardan biriga aylangan istе’molchi xatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.

Download 107.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling