Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot fanidan


Download 28.25 Kb.
bet3/4
Sana28.10.2023
Hajmi28.25 Kb.
#1730124
1   2   3   4
Bog'liq
Toshpultaov Sholaziz SI 74 mikro

l.Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifui oshiradi. Aksin- cha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlaríni oshi- radi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pa- sayishi bug‘doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifìni qisqartiradi.
2.Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomil- lashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari ka- mayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qar- shi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3.Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksari- yat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya — davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o‘z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsad- lar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
4.Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, boshqa o‘zgarmas sharoitlarda qo‘y go‘shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go‘shti taklifining oshirilishiga olib keladi.
5.Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kunda- gi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.

Download 28.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling