Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
Daromad va almashtirish samaralari
Download 30.85 Kb.
|
Moliya oraliq
Daromad va almashtirish samaralari. “Daromad-iste’mol”
chizigʻini tahlil qilganimizda, daromad oʻzgarishini (narxlar oʻzgarganda) iste’molga ta’sirini oʻrgangan edik. “Narx-iste’mol” chizigʻi orqali narxlarning oʻzgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri oʻrganiladi. Endi biz X1 ne’matga boʻlgan talabni oʻzgarishining qancha qismi narx bilan bogʻliq va qancha qismi daromad bilan bogʻliqligini koʻrib chiqamiz Narxning har qanday oʻzgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizigʻi siljiydi va iste’molchi sotib olishi mumkin boʻlgan ne’matlar tarkibini oʻzgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini oʻzgartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi. Ne’matlar majmuasiga (A va B ne’matlar) boʻlgan talab oʻzgarishining qancha qismi real daromad ta’siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bogʻliq ekanligini aniqlamoqchimiz. 5.13- rasmda byudjet chizigʻining boshlangʻich holati BA va A ne’mat narxi pasaygandan keyingi holati BA keltirilgan. Boshlangʻich byudjet chizigʻida U1 befarqlik egri chizigʻiga mos keluvchi optimal majmua E1 nuqta bilan ifodalangan. E1 nuqtada iste’molchi B ne’matdan B1 miqdorda, A ne’matdan A1 miqdorda sotib oladi. A ne’matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua BA byudjet chizigʻi bilan U 2 befarqlik egri chiziqlari kesishgan E3 nuqtaga oʻtadi. E3 nuqtada iste’molchi B3 miqdorda B ne’matdan va A3 miqdorda A tovardan sotib oladi. Demak, A ne’mat narxining pasayishi iste’molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya’ni uning oʻz ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi. Bu yerda A ne’matni iste’mol qilish hajmining umumiy oʻzgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda A A 1 3 bilan belgilangan. Iste’molchi boshida 0 1 A miqdorda A ne’matdan sotib oladi, narx oʻzgargandan keyin sotib olish hajmi 0 3 A ga oʻzgaradi. B tovarni sotib olish hajmi 0B1 dan 0B3 ga qisqardi. A ne’mat iste’molining umumiy oʻzgarishi A A 1 3 ga umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishni koʻramiz. Daromad samarasini aniqlash uchun BA byudjet chizigʻiga parallel qilib BA byudjet chizigʻini U1 befarqlik egri chizigʻiga urinadigan qilib oʻtkazamiz va bu urilgan nuqtani E2 deb belgilaymiz. E2 nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi A ne’mat miqdori A2 ga teng va u A A 1 3 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: A A 1 2 va A A 2 3 . A A 2 3 oʻzgarishga daromad samarasi deyiladi va A A 1 2 oʻzgarishga - almashtirish samarasi deyiladi. Bozor sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi, tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Biz daromad va almashtirish samaralarini normal tovarlar uchun koʻrib chiqdik. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari oʻz xususiyatlariga ega. Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling