Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


Download 30.85 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1355169
  1   2   3
Bog'liq
Moliya oraliq




“Mikroiqtisodiyot . Makroiqtisodiyot” fanidan Mustaqil ish
BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon
13-varint. Истеъмолчиларнинг қарор қабул қилишларида даромад самараси ва алмаштириш самарасининг аҳамияти.


Daromad samarasi – bu ne’mat narxi oʻzgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad oʻzgarishining iste’molchi talabiga ta’siridir. Daromad samarasi – bu iste’molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini koʻrsatadi va u bir byudjet chizigʻidan boshqa byudjet chizigʻiga iste’molchining optimal tovarlar majmuasini oʻtishini akslantiradi.
Almashtirish samarasi – bu naflik darajasi oʻzgarmaganda, tovarlar narxi oʻzgarishi munosabati bilan iste’mol tovarlar talabi tarkibining oʻzgarishidir. Almashish samarasi A ne’mat narxini oʻzgarishi natijasida B ne’matni qoʻshimcha A ne’mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizigʻi U 1 boʻyicha boʻladi.
Daromad – iste’mol chizigʻi. Daromadning oʻzgarishi byudjet chizigʻini oʻziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati oʻzgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil oʻzgarganda ham sodir boʻladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning oʻsishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizigʻi pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning oʻsishi natijasida byudjet chizigʻi holatlarga ketma-ket siljiydi (n A A A A ,..., , , 3 2 1
Daromadlarning oʻzgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari oʻrnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks “daromad-iste’mol” chizigʻi deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi” chizigʻi deb ham ataladi. n EEEE,...,, , 3 2 1
Agar “daromad-iste’mol” chizigʻi koordinata boshidan burchak ostidagi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlsa, daromadning oʻsishi, iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlari bir xil proporsiyada oʻsadi. Agar iste’molchi ne’matlarni har xil proporsiyada xarid qilsa, chizigʻining yotiqligi oʻzgaradi. tovarlar sotib olish boshida tez sur’atda oʻsadi, keyinchalik tovarni sotib olish, tovarga nisbatan oshib boradi.
Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi boʻlib daromad oʻzgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan oʻzgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi
Gorizontal oʻq boʻyicha iste’molchi daromadi ordinata oʻqi boʻyicha - sotib olinadigan tovarlar miqdori belgilangan. R, Q
Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻyinadi (- oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari bilan va nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga oʻtganda ham, standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan. Q1 . Q2. Q3
Narx-istemol” chizigʻi. Yuqorida “daromad-iste’mol” chizigʻi
qaralganda, ne’matlar narxi oʻzgarmaydi, deb qabul qilingan edi. Endi
daromadni oʻzgarmas, deb qaraymiz va ne’matlardan bittasini, masalan,
X1 ne’matning narxini oʻzgaruvchan deb qaraymiz
ne’matning narxi P ketma-ket kamayib bormoqda, ya’ni P P P P 1 2 3 va
hokazo.
Grafikda narxning bunday oʻzgarishi, byudjet chizigʻining AB
holatdan AB1 , AB2 va AB3 holatlarga siljitadi
Masalan, X 1 tovar olma boʻlsin, X 2 tovar apelsin boʻlsin. (a)
rasmda apelsin narxi oʻzgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda.
Natijada byudjet chizigʻining X 2 oʻq bilan kesishgan nuqtasi
oʻzgarmaydi, X1 oʻq bilan kesishgan nuqtasi oʻng tomonga siljib boradi.
Olma narxining tushishi, real daromadni oshiradi, natijada iste’molchi
olma narxi oshmasdan oldin ola olmagan apelsin va olma majmualarini
endi olishi mumkin boʻladi. Ya’ni, berilgan daromadda endi koʻproq
olma va koʻproq apelsin olish mumkin boʻladi. Ikkinchidan, byudjet
chizigʻi narx pasayishiga mos ravishda yotiqroq boʻlib boradi.
Iste’molchi endi bir birlik qoʻshimcha olma olish uchun,
oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta
apelsin narxi 10 soʻm va bitta olma narxi 5 soʻm boʻlsa, yarimta
apelsinga bitta olma toʻgʻri keladi, olma narxi 2,5 soʻmga tushsa,
qoʻshimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi
kerak. Olma narxining pasayishi, ma’lum miqdordagi olmani apelsin
bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua
(olma va apelsinlarning optimal miqdori) E nuqtadan yuqoriroq naflik
darajasiga ega boʻlgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan E1 , E2 va E3
nuqtalarga oʻtadi.
Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari
bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak,
bu chiziq “Narx-iste’mol” chizigʻi boʻladi (a rasmdagi V chizigʻi).
“Narx-iste’mol” chizigʻiga koʻra, talab chizigʻini aniqlash mumkin (b)
rasm. Bu holda ordinata boʻyicha narx, abssissa oʻqi boʻyicha X1 ne’mat
miqdori belgilanadi.

Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling