Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
Download 315.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq0505MIKROIQTISODIYOT MARUZA YOZMA ISH (2)
YOZMA ISH TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «IQTISODIYOT» KAFEDRASI “MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN YOZMA ISH VARIANT-22 Savollar: 1. Mikroiqtisodiyot fanining o’rganish usullari 2. Alternativ xarajatlar 3. Iqtisodiy resurslar Mikroiqtisodiyot fanini o‘rganish usullari Har qanday fanga o‘xshash iqtisodiyot ham o‘zi o‘rganadigan qonun va qonuniyatlarni aniqlash uchun ma’lum usullardan foydalanadi. Ushbu fan — iqtisodiy agentlar — alohida shaxslar, uy xo‘jaligi, korxona, davlat, ijtimoiy tashkilotlaming iqtisodiy harakatini o'rganadi va quyidagi usullarni qo'llaydi: - tahlil va sintez usuli; - monografik usul; - iqtisodiy-statistika usuli; - hisoblash-konstruktiv usuli; - tajribaviy usul; - abstrakt mushohada usuli; - matematik modellashtirish usuli; - induksiya va deduksiya usuli; - optimallashtirish usuli; - muvozanatni aniqlash usuli. Ishlab chiqarishning barcha muammolari ana shu usullar yordamida o'rganiladi. Fanni o'rganish uslubi (metodologiyasi) deganda, uni o'rganish faoliyatining shakllari, usullari va ulam ing bog'liqligi tushuniladi. Ushbu Fan bo'yicha har bir shaxs, tadbirkor, korxona va firmalar biror bir m asalani o'rtaga qo'yish, tadqiqot m avzusini va ilmiy nazariyasini shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijani haqiqiyligi, ya’ni o'rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo'llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Iqtisodiy hodisa va jarayonlami o'rganish uslubi — tadqiqot yoki bilim, anglash yo'li, voqealikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish usullari yig'indisidir. Korxonalar iqtisodiyot fanining nazariy va uslubiy asosini iqtisodiy nazariya, tarixiy materializmning dialetik usullari tashkil etildi. Bu dunyoda hamma narsa o‘zgaradi. Barqaror hech nima yo‘q. Hatto tog'lar va qoyalar ham o'sadi va yemiriladi. Hatto borliq ham o'zgaradi. Buni o'zgarish qonuni deyiladi. Hamma narsa o'zaro bog'liq va biror narsani o'zgartirish orqali atrofdagi hamma narsani o'zgartirish mumkin. Hamma narsa doimiy va to'xtovsiz harakatda. Harakatning o'zgarishi hodisaning o'zgarishiga sabab bo'ladi. Hamma narsa o'z ritmiga, kelish va ketish vaqtiga ega. Hamma narsa ko'tariladi va pasayadi. Barchada tug'ilish, o'sish, yetuklik va pasayish sikli kuzatiladi. Sikllar jam i borliqda ko'rinadi, ular muntazam, har daqiqada hayotimizga ta’sir o'tkazadi. Masalan, Siz o'tgan yillardagi hosillar miqdorini o'zgartira olmaysiz, ammo kelajak hosillarga ta’sir etishingiz mumkin. Siz yilning bir vaqtida ekasiz, boshqa vaqtida hosil olasiz. Qanday nav urug'lik ekkan bo'lsangiz, o'sha navdagi hosil olasiz. Siz ekkaningizdan ko'ra ko'proq hosil olasiz. Qancha ko'p urug'lik eksangiz, shunchalik katta hosil olasiz. Yomon hosil o'z-o'zidan, yaxshi hosil esa faqat yaxshi urug'lik va parvarishdan paydo bo'ladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun ijobiy fikrlash, odamlarning muvaffaqiyatlaridan quvonish, atrofdagilarning o‘zgaruvchan tabiatini tushunish va ularni qanday bo‘Isalar, shundayligicha qabul qilish zarur. Siz «Biror narsaga erishdik» degan tuyg'uni tuyishingiz bilanoq, o 'z-o 'zid an bunga qaram a-qarshi holat boshlanadi. Siz biror-bir narsani aniq bo'lib o'zingizga yoki birovga «Men cho'qqiga, baxtga, barqarorlikka, gullab-yashnashga, mashhurlikka erishdim» deya tan olganingiz hamonoq, qarama-qarshi holatga o'ta boshlaysiz. M uvaffaqiyatga, baxtga erishish uchun ijobiy, yengil, yorqin xayollarga borish, odamlarning tabiatini tushunish va ularni qanday bo'lsalar, shundayliklaricha qabul qilish kerak. Agar biror narsaning mumkinligiga ishona olmasangiz u hech qachon amalga oshmaydi. Dunyoni yoki atrofingizdagi odamlarni o‘zgartirishga harakat qilmang, aw alo o‘zingizni o‘zgartiring. O 'zingizni o'zgartirgan hamonoq Sizni o'rab turgan olam ham o'zgaradi Hodisalarni tahlil qilishda pozitiv va normativ tahlil usullari ham ishlatiladi. Pozitiv yondoshuv voqealarni real holatini ifoda etadi. Normativ usulda u yoki bu jarayonga baho beriladi. Masalan, metroda yurish bahosi keyingi ikki yilda 50 so'mdan 150 so'mga oshgan bo'lsa bu - pozitiv yondoshuv. Agar biz metroda yurish bahosini 50 so'm dan 150 so'mga ko'payishi, kishilar darom adini kamaytirib turmush tarzini pasaytirgan bo'lsa, bu normativ yondoshuv hisoblanadi. Iqtisodiy modellashtirish usulini ishlatish har qanday fikrlarni, chizmalarni. jadvallarni va shuningdek, jarayonlarni matematik tarzda ifodalash imkoniyatini beradi. Induksiya usulida faktlardan nazariya tomon, xususiy hodisalardan umumiylikka tamon boriladi. Alohida iqtisodiy agentlar - uy xo'jaligi, korxona va firmalar, iste’molchilar va boshqalar faoliyatini o'rganishda optimallashtirish vositasi ham qo‘llaniladi. Shuning uchun barcha ish olib boriladigan tushunchalar pirovard xarakterda bo 'lad i (pirovard foydalilik, pirovard mahsulot, pirovard xarajatlar, pirovard tushum va boshqalar). Bulardan tashqari xo‘jalik vazifalarini hal etishing yoMlari ko‘p: - Qimmatbaho va kam’yob bo'lgan mineral xomashyolar o'rniga kimyoviy — arzon, yengil va sifatli (pishiq, chidam li) bo'lgan tradision xomashyo, materiallardan foydalanish; Masalan, temir o'rniga plastmassa, chorvodan olingan charm o'rniga sun’iy charm m ateriallar va shunga o'xshashlar. M ineral xomashyolar qimmat turadi va mahsulot bahosi oshib ketadi; - Yangi korxonalar qurish o'rniga ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish yoki restrukturizatsiya qilish, texnikaviy qayta quronlantirish. Bunda yangi korxonani qimmatga tushishi va uzoq vaqt (5-6 yil) qurilishi va bu davr mobaynida ajratilgan pul mablag'laridan jamiyatga foyda kelmasligi, aniq turdagi mahsulotga bo'lgan talabni qondirilmay qolishi hamda faoliyat ko'rsatib turgan korxonani rekonstruksiya qilish foydali ekanligini texnik-iqtisodiy jihatdan hisoblash ishlari bilan asoslab ko'rsatish lozim; Alternativ xarajatlar - iqtisodiyotda barcha xarajatlami aniqlash usuli. Bu yo‘qotilgan imkoniyatlar qiymati, alternativ qiymat bo‘lib, resurslarning baholanishi qiymati (qaytimi) yuqori ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan bir vaqtda resurslardan unumli foydalanish ham talab etiladi. Xuddi shunday prinsiplar yoki qoidalarga amal qilib ish yuritish hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining o'zagi hisoblanadi. Har qanday tovar yoki xizmat turlarining alternativ qiymati shu tovai1 yoki xizmat turini olish uchun undan voz kechish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlami yo‘qotish miqdori bilan topiladi. Masalan, agar kollejda o‘qishga qaror qilinsa kun bo‘yi korxona yoki boshqa joyda ishlashning alternativ imkoniyatlari yo'qoladi. Agar iqtisodiyotda resurslar o‘yin-kulgi, hordiq chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlarga sarflansa, u holda iqtisodiyot oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish imkoniyatlaridan voz kechishi zarur bo'ladi, chunki shunga mo'ljallangan resurslar yo'qoladi, ular faqat hordiq chiqarish ishlariga sarflangan bo'ladi. Iste’molning biror turi oshirilsa boshqa turlari kamayadi, talab qondirilmay qoladi. Resurslardan foydalanish samarasiz bo'lib chiqadi. Boshqa tovar va xizmatlami kamaytirmasdan, mavjud resurslardan qandaydir tovarlami ishlab chiqarishni yoki xizmat ishlarini bajarishni oshirish imkoniyati bo'lsa, resurslami bunday taqsimlash samarasiz hisoblandi. Boshqa ne’matlarni kamaytirmagan holda jamiyat uchun zarur bo‘lgan birinchi ne’matlarni ishlab chiqarishni ta’miniash resurslardan samarali foydalanish demakdir. Xuddi shu prinsiplar (qoidalar) hozirgi zamon mikroiqtisodiyot nazariyasining dastagini tashkil etadi. Baho — tovarlami pulga ayirboshlash normasidir. Erkin bozor iqtisodiyotida baho faqat nimani qanday qilib ishlab chiqarish zarurligini emas, balki kim uchun ishlab chiqarish zarurligini ham aniqlab beradi. Tovarlar (xizmatlar) bahosi, miqdori, qiymati aniq turdagi alohida tovarlar uchun bozor operatsiyalarini ifodalaydi. Alternativ xarajatlar prinsipi bironta foydali natijaga erishish uchun xarajatlami hisoblashning boshqa usullaridan voz kechish demakdir. Nima ishlab chiqarish va qanday ishlab chiqarish, masalan, resurslar va ishlab chiqarilgan m ahsulotlar turini aniqlashning variantlari ko‘pligini taqozo etadi. Iqtisodiy resurslar Har qanday tovarlami ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun firmalar o ‘zlari uchun zarur boigan iqtisodiy resurslarni topishlari lozim. Resurslarning egalari — uy xo'jaliklari hisoblanadi (households). Resurslar bozorida uy xo'jaliklari sotuvchi bo'lib, firmalar esa, xaridor bo'lib paydo bo'ladi Iqtisodiy resurslarning quyidagi guruhlari mavjud: Download 315.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling