Qishloq xo`jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida ta`minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda.
Investitsiyalar tufayli tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg`or texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalarning o`z mablag`lari hamda chetdan jalb etilayotgan mablag`lar evaziga amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo`jaligiga jalb etilayotgan mablag`lar summasi ortib bormoqda. Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq (absolyut) hamda qiyosiy (nisbiy) samaradorligini tarmoq, korxona va yo`nalishlar bo`yicha aniqlash maqsadida muayyan ko`rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Qishloq xo`jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi talab darajasida emas. Sababi–xo`jaliklar sof foydasi kamligi sababli maqsad uchun etarli miqdorda mablag` ajrata olmayotirlar, o`zgalarning mablag`lari, ya`ni chet el investitsiyalari, bank kreditlari ham talabni qondiradigan darajada jalb etilayotgani yo`q.
Kelajakda investitsiyalarni talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |