Assimetrik axborotlar bozorri
Axborotni asimmetrik tarqalishi deganda bozorda qatnashuvchi sub’ektlarning
axborot olishdagi teng imkoniyatini buzilishi, shu axborotdan manfaatdor ayrim
sub’ektlarning boshqalarga nisbatan ustun mavqega ega bo’lishlari tushuniladi.
Axborotni asimmetrik tarqalishining ob’ektiv asoslari mavjud:
1. Bozor aloqalarida o’z mulki doirasida iqtisodiy alohidalashgan, o’z manfaatiga ega
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qatnashadilar. Ular tabiiy zarar ko’rib, mulklaridan ajrab qolmaslik
uchun harakat qilishadi. O’z-o’zini saqlash instinkti odamga tabiatan berilgan. Uni hech Kim,
xech qanday cheklovlvr yo’q qila olmaydi. Yashash uchun kurash raqobatda engilmaslikka
undaydi. Buning uchun esa ko’proq foyda olish zarur.
2. Insonning ehtiyojlari cheksiz. Extiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan ne’matlarni
ishlab chiqarish uchun zarur resurslar esa cheklangan. Inson yana o’z manfaatidan kelib chiqib,
ko’proq ne’matlarga ega bo’lgisi keladi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida insonnning
jamiyatdagi o’rni, mavqei, obro’si, imkoniyatlari ko’p jihatdan mulkchilik nuqtai nazaridan
nazaridan bahonalr ekan, o’z-o’zidan kishilar o’z mulklarini yo’qotmaslik, iloji boricha
ko’paytirish harakatida bo’lishlariga olib keladi.
Bu maqsadlarni qay darajada amalga oshishi esa ko’p jihatdan axborotga ega bo’lishga
bog’liq. Shuning uchun har bir kishi iloji boricha axborotga boshqalarga qaraganda avvalroq ega
bo’lish., olgan axborotini sir saqlashga, undan imkoni boricha o’z manfaatini ko’zlab
foydalanishga intiladi. Mana shu harakat axborotni assimetrik tarqalishiga olib keladi.
Axborotni assimetrik tarqalishi tufayli noaniqlik – yuz berishi mumkin bo’lgan
o’zgarishlar haqida axborot etishmovchiligi yuz beradi.
Iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotdagi noaniqlik xaqida turlicha qarashlar mavjud.
Bir gurux neoklassik yo’nalishdagi iqtisodchilar fikricha, noaniqlik iqtisodiy sub’ektlarga
ratsional tarzda tanlash, qaror qabul qilishga to’siq bo’ladi. Resurslardan samarali foydalanishga
yo’l bermaydi.
Ikkinchi gurux iqtisodchilar fikricha esa aksincha bozorning qudrati ham shundaki,
axborotni dastlab tor doiradagi kishilargagina nasib qilishi undan to’g’ri foydalana bilishni
o’rganishda namoyon bo’ladi. Ana shunday qarash tarafdorlaridan F.A. Xayek fikricha foyda,
naf faqat shunday, axborotga xamma ham birday ega bo’lmagan holatdagina vujudga keladi.1
Boshqalar xam to shu axborotga ega bo’lgunga qadar foyda olish imkoniga ega bo’ladi.
Xar ikki guruh iqtisodchilar fikrida ham jon bor. Bozordagi noaniqlik, axborotni
assimetrik tarqalishi bu bozor (bozor iqtisodiyoti)ning kamchiliklaridan biri. Ana shu kamchilik
nima bilan bog’liq? degan savol tug’iladi.
Birinchilan, zarur axborotga ega bo’lganlar, boshqalarga qaraganda ustun mavqega,
qo’shimcha naf, foyda olish imkoniga ega bo’ladilar. Shuning uchun ham hozirgi paytda N.
Vinerning «Kimki axborotga ega bo’lsa, dunyoni tebratadi», degan iborasi mashhur bo’lib, teztez
ishlatilmoqda.
Ikkinchidan, axborot asimmetriyasi tufayli internal (ichki) effekt, ya’ni shartnoma qatnashchilari tomonidan tuzilgan bitimlarda aks etmagan olinadigan foyda yoki xarajatlar
yuzaga keladi. Unga ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, iste’molchi tovar sotib oldi,
1 Xayek F. Pagubnaya samonadeyannost. M. «Novosti» 1992, s. 156-157
2 Transaktsion xarajatlar-umumiy tarzda shartnoma, bitimlar tuzish uchun sarflanadigan vaqt,
mehnat, vositalar uchun xarajatlardir.
lekin u sifatsiz ekan. Repititor ingliz tilini ikki oyda o’rgataman deb, xizmat xaqqini oldi, lekin
va’dasini ustidan chiqmadi, Ishga yollovchi o’z malakasini o’zi mustaqil oshirgan ishchini ishi
natijasidan bahramand bo’layapti, lekin unga ish xaqqini oshirgani yo’q.
Misollardan ko’rinib turibdiki, bitim shartlari buzulmoqda, yoki ular bitimda aks
etmagan. Ana shu internal effektni vujudga kelishiga sabab nima? Nima sababdan odamlar
aldanishgani yoki iste’molchilik huquqi buzilganini bilgach, aybdorni jazolashga xarakat
qilishmaydi? Xamma gap shundaki, buning uchun ham axborot kerak. 100% axborot to’plash
uchun transaktsion2 xarajatlar juda yuqori bo’lishi mumkin. Olingan naf, ko’rilgan foydasi esa
xarajatlarni qoplay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |