"mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot" fanidan mavzu: "fiskal siyosat"


Download 1.05 Mb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1591444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fiskal siyosat

Davlat fiskal siyosati – bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
Fiskal” lotincha “fiscus” so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. Fiskal, ya’ni xazina siyosatiga insoniyat tarixida o‘tgan yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qilgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan.
Bu davrning moliyasi iqtisodiy tizimning eng muhim unsurlaridan biri bo‘lib, u davlat boshqaruvida markaziy o‘rinni egallagan. Ammo, moliyaviy munosabatlar bu davrda o‘z rivojida yuqori darajaga etmagan bo‘lib, u aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.
Shu bois “Temur tuzuklari”da “davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning uchalasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi”, - degan fikr ilgari suriladi.
Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish va uning muvozanatligini ta’minlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir. U jamiyat taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 3 guruhini ajratib ko‘rsatib, birinchi guruhga: ishchi kuchining miqdori va malaka darajasi, mavjud uskunalar soni va sifati, tadbiq etiladigan texnologiya, raqobatning etuklik darajasi, iste’molchining didi va odatlari, turli jadallikdagi mehnatning og‘irligi, nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etishning ahamiyati, shuningdek jamiyatning tarkibiy tuzilishini kiritadi, D.Keyns ikkinchi guruhga mustaqil o‘zgaruvchan omillarni: iste’molga moyillik, kapitalning samaradorligi va foiz normasini, uchinchi guruhga bandlik va milliy daromad hajmini kiritgan.
D.Keyns iqtisodiyotga davlatning aralashuvni mustaqil o‘zgaruvchan omillarga ajratib, u bandlik va milliy daromad hajmiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblangan. Bunda xal qiluvchi shart sifatida davlat fiskal va pul kredit siyosati investitsiyalarni rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Coliqlar fiskal siyosatning bir qismi sifatida namoyon bo‘lishini K.Makkonell va S.Bryu ko‘rsatib uni rag‘batlantiruvchi va to‘sqinlik qiluvchi siyosatlar sifatida ifodalashga alohida e’tibor qaratadi.
Fiskal siyosatning asosiy maqsadi, -deb yozishadi ular, ishsizlik va inflyasiyani tugatishdan iboratdir. Tanazzul davrida kun tartibida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling