Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


Download 49.95 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi49.95 Kb.
#1727121
TuriReferat
Bog'liq
bunyodbek




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTET
MMT 70/22 2-KURS TALABASI
Yo’ldashev Xumoyunning
MIKROIQTISODIYOT VA MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
REFERATI


Mavzu:Budjet chegarasi va budjet chizig’i


Reja:
1. Budjet o’zi nima.

2. Budjet chegarasi xaqida malumot.

3. Budjet chizig’i xaqida malumot.

Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete”-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.
Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi.
Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 % ini, Buyuk Britaniyada 96,7 % ini, Fransiyada 91,5 % ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida „da-romadlar darajasini taʼminlash“ (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40 %, milliy mudofaa xarajatlari (28—30 %) eng muhim oʻrinda turadi.
Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.

Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi.


22 dekabr, payshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishdan keyin qabul qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.
Xususan, 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari саноатда ishlab chiqarishni 5,1 foizдан yuqori bo‘lishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizга, qishloq хўжалиgiда 3,5 foizга o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda.
Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023 yilda 9,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq ravishda, soliq-budjet siyosatini amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:

  1. budjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyani rivojlantirishga;

  2. hududlar, ayniqsa mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni va tabiatni muhofaza qilishni ta’minlash;

  3. yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashni kengaytirish;

  4. tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish;

  5. birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda budjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023 yil uchun davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 232,1 trln so‘m, xarajatlari esa 227,9 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 41,3 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda, davlat maqsadli jamg‘armalariga respublika budjetidan 29,9 trln so‘m transfertlar ajratish belgilandi.

Davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga muvofiq budjet qamrovini oshirish hamda to‘liqligini ta’minlash maqsadida, 2021 yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2023 yilda ushbu xarajatlar 7,8 trln so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2023 yil uchun konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligiнинг yuqori chegarasi 32,5 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda.
Bunda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari 24,7 trln so‘m yoki prognoz qilinayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorida taqchillik bilan rejalashtirilgan. Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalarining taqchilligi davlat ichki va tashqi qarzlarini jalb qilish hamda budjetlarning yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari qonun loyihasida 65 ta birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilari (vazirlik va idoralar) kesimida tasdiqlanmoqda.
Idoralar ro‘yxati bilan tanishish quyidagi havola orqali.
Moliya yili yakuniy sanasi holatiga O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldig‘ining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilab qo‘yilmoqda (10-modda).
Bunda, 2023 yil uchun hukumat nomidan va respublika kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat budjetini qo‘llab quvvatlash uchun — 2 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli қоғозларининг cheklangan sof hajmini — 17 trln so‘m (2022 yil uchun dastlab 6 trln so‘m, keyinchalik 12 trln so‘m bo‘lgan) miqdorida belgilash, bunda, moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda so‘ndiriladigan O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlarini cheklangan sof hajmga kiritmaslik taklif etilmoqda.
Qonun loyihasining to‘liq shakli bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq, Qonunchilik palatasi 2023 yilgi davlat budjetini 3 soatdan kam vaqt ichida (3 o‘qish vaqtini jamlaganda) muhokama qilgani va tasdiqlagani haqida xabar berilgandi. Qonun loyihasining o‘zi qariyb bir hafta oldin quyi palataga kiritildi va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilmadi. Hujjat deyarli bir ovozdan, tanqidsiz qabul qilindi.

Byudjet chizig‘i. Befarqlik egri chiziqlari bir ne'mat bilan ikkinchi ne'matni almashtirish mumkinligini ko‘rsatadi, xolos. Lekin, ular iste'molchi uchun qaysi tovarlar majmuasi ko‘proq nafliroqligini ko‘rsata olmaydi. Bunday masalani byudjet chizig‘i yordamida yechish mumkin. Byudjet chegarasi tovarlar narxiga va iste'molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud



pul mablag‘larida qandayiste'mol tovarlar majmuasini sotib olish mumkinligini ko‘rsatadi. Byudjet chegarasini ikkita ne'mat misolida ko‘radigan bo‘lsak, agar iste'molchi
daromadi R bo‘lsa, X1 va X2 lar birinchi va ikkinchi ne'matlar miqdori, P1 va P2 lar mos ravishda, birinchi va ikkinchi ne'matlarning narxlari bo‘lsa, byudjet chegarasi berilgan daromad R hamda P1 va P2 narxlarda iste'molchi tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan, birinchi va ikkinchi ne'matlarning barcha kombinatsiyalarini ifodalaydi. Byudjet chegarasini quyidagicha yozish mumkin:
va bu tengsizlik tovarlarga sarflanadigan xarajatlar yig‘indisi, iste'molchi
daromadidan oshmasligini bildiradi. X1 va X2 larning manfiy bo‘lmaslik ( X1 ≥ 0 va X2 ≥ 0) shartini kiritsak, u holda biz iste'molchining tovarlarni sotib olishi mumkin bo‘lgan sohasini aniqlagan bo‘lamiz.
Iste'molchining tanlov sohasi Byudjet chegarasi tenglamasi
grafikda AB chizig‘ini beradi, bu chiziqga byudjet chizig‘i deyiladi.
Iste’molchi imkoniyatlarining budjet chizig'idagi tahlili.
Ko'p odamlar o'z ehtiyojlari soni va sifatini yaxshilashnga urinishadi - ko'proq ta’tillar, qimmatroq mashina haydash yoki yaxshiroq restoranlarda ovqatlanish va hokazo. Kishilar o'z xohishlaridan ko'ra kamroq sarflashni istashadi chunki ularda kirim ta’siri borligi sababli xarjlari ham chegaralangan bo'ladi. Biz iste’molchining tanlov nazariyasini kirim va chiqim orasidagi mutanosiblikni tekshirish orqali boshlaymiz.
Obyektlarni oddiy va sodda bo'lishini ko'zlab, biz iste’molchi xarid qilishi mumkin bo'lgan faqat ikkita narsani olamiz: pitsa va Pepsi. Albatta, hayotda kishilar minglab turdagi tovarlarni xarid qilishlari mumkin. Taxminimizcha, iste’molchi tanlovi tushunchasining asosiy mazmunini o'zgartirmay turib sodda tushuntirish uchun ikkita mahsulotni olish yetarli.Avvalo, pitsa va pepsiga bo'lgan xarajat iste’molchi kirimining qancha qismini cheklab olishini ko'rib chiqamiz. Taxminan iste’molchi kirimi oyiga 1000$ va uning hammasi Pepsi va pitsaga ketadigan bo'lsin. Pepsi narxi 2$, pitsaniki 10$.
Rasm 1 dagi jadval iste'molchi sotib olishi mumkin bo'lgan pitsa va Pepsining ko'plab kombinatsiyalarining ayrimlarini ko'rsatadi. Jadvalning birinchi qatori, agar iste'mol pizzaga o'zining barcha daromadini sarflasa, u oy davomida 100 ta pizza yeyishi, lekin u hech qancha Pepsi sotib olish mumkin emasligini ko'rsatadi. Ikkinchi qatorga boshqa ehtimolni ko'rsatadi, iste'mol to'plami: 90 ta pitstsa va 50 pint pepsi. Va hokazo. Jadvaldagi har bir iste'mol to'plami aniq $ 1000 turadi.
Rasm 1dagi grafik iste'molchi tanlashi mumkin bo'lgan iste'mol to'plamlarni ko'rsatadi. Vertikal o'q Pepsi pintlari sonini va gorizontal o'q pizza sonini o'lchaydi. Bu rasmda uchta nuqta belgilangan. A nuqtada iste'molchi hech qancha Pepsi sotib oladi va 100 pizza iste’mol qiladi. B nuqtada iste'molchi hech qancha
pizza sotib oladi va 500 pint Pepsi iste'mol qiladi. C nuqtada iste'molchi 50 pizza va 250 pint Pepsi sotib oladi.
Aynan C nuqtada AB chizig'i o'rtasida iste'molchi teng sarflaydigan nuqtadir, unda pizza va Pepsi miqdori ($ 500). Bu iste'molchi tanlashi mumkin bo'lgan pizza va Pepsi ko'plab kombinatsiyalarning faqat uchtasidir. AB chizig'i bo'yicha barcha nuqtalarni tanlash mumkin. Byudjet sig'imi deb nomlangan bu chiziq, iste'molchi qurbi yetadigan iste'mol to'plamlarini ko'rsatadi. Bu holda, u iste’molchi to'qnashadigan pizza va Pepsi o'rtasidagi tanlovni ko'rsatadi.Byudjet sig'imi qiyaligi iste'molchi duch keladigan tanlov darajasini o'lchaydi.

  • FOYDALANIOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Origin of the word(ingl.)

  • Бюджет(rus.)

LGAN ADABIYOTLAR:

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Origin of the word(ingl.)

  • Бюджет(rus.)

Download 49.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling