"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari


-Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari


Download 406.24 Kb.
bet10/18
Sana19.06.2023
Hajmi406.24 Kb.
#1612355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
mavzular

7-Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari.
Har qanday korxona ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil etishi lozimki, kam harajat qilgan xolda oz foydasini ko‘paytirishi kerak. Korxona faoliyati uchun harajatlar to‘g'risidagi ma'lumotla'r juda muhimdir. Ishlab chiqarish harajatlari deganda, mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflanadigan harajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi.
Birinchi navbatda alternativ harajatlarni farqlash kerak. Alternativ harajatlar deganda o‘sha o‘zgarmas harajatlar asosida alternativ resurslardan foydalanishi hisobiga olinishi mumkin bo‘lgan samara tushuniladi.
Alternativ harajatlar yaqqol va yashirin turlarga bo‘linadi. Yaqqol harajat firmaning chetdan oladigan resurslari uchun to‘lovlar (xom-ashyo, material, ish xaqi va xokazo). Yashirin harajatlarga firmaning o‘z mulkida bo‘lgan resurslardan foydalanish uchun sarflangan harajatlar (pul kapitali, jihozlar, stanoklar, tadbirkorlik) va firma afzalliklaridan kelib chiqadigan harajatlar jovlashgan o‘rni, savdo markasi, mavqei u yoki bu sirlari kiradi.
Alternativ harajatlar foydani aniqlashda katta o‘rin tutadi, chunki foyda,tushum va alternativ harajatlar orasidagi farq sifatida hisoblanadi. Xarajatlar iqtisodiy va buxgalterlik harajatlarga bo‘linadi. Iqtisodiy harajatlar deganda, korxonaning resurs egalari shu resurslarni aynan shu sohada ishlatish uchun amalga oshiradigan to‘lovlar tushuniladi.
Iqtisodiy va buxgalterlik harajatlari orasidagi farq yashirin harajatlarni ko‘rsatadi. Uzoq muddatli davrda hamma harajatlar o‘zgaruvchan sifatida qatnashadi. Qisqa muddatli davrda harajatlar umumiy, chegaralangan va o‘zgaruvchan harajatlarga bo‘linadi.
Umumiy harajatlar (TS) - bu firmaning mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan doimiv va o‘zgaruvchan harajatlar yig'indisidir.
TC = TVC + TFC
Doimiv harajatlar (FC) - firma harajatlari qisqa muddat ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarni o‘zgartirolmasligi. Ularga ishlab chiqarish binolari, inshootlar, jihozlar, mashina, shuningdek ijara to‘lovlari, kredit bo‘yicha prosentlar sug‘urta polis, boshqaruvchilarni ish xaqi harajatlari kiradi.
O‘zgaruvchan harajatlar deganda (VC) - mahsulot birligining o‘zgarishi bilan o‘zgaradigan firmaning resurslari qiladigan harajatlari tushuniladi. Ular o‘z ichiga xom-ashyo, yoqilg‘i, transport, yollanma ishchilarning ish xaqi va boshqalarga qilinadigan harajatlarni oladi.
Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish harajatlari yoki o‘rtacha harajat ( ATC) ni bilish zarur.
O`rtacha harajatlami hisoblash formulasi
TC
ATC = bu yerda:
Q
bu yerda: TC - umumiy harajat, Q- ishlab chiqarishning umumiy hajmi. O‘rtacha harajatlar: o‘rtacha doimiv (AFC) va o‘rtacha o‘zgaruvchan (AVC) harajatlarga bo‘linishi mumkin. O‘rtacha doimiy harajatlar ishlab chiqarish o‘sishi bilan pasayadi. Qisqa muddatli davr da umumiy doimiy harajatlar o‘zgarmay qoladi. 0‘rtacha o‘zgaruvchan harajatlar belgilangan minimal darajagacha pasayadi, bu xol o‘zgaruvchan resurslar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish maksimumiga ega bo‘ladi.
Chegaralangan harajatlar deganda, firmaning qo‘shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlari tushuniladi. Ular mahsulot birligi ishlab chiqarish o‘zgarishini (D<3) umumiy harajatlar o‘zgarishi (DTC) bilan bog'liq xolda hisoblanadi:
△ TC
MC= _______
△Q
Harajatlar darajasining ma'lumoti izokosta chizig'iga olib keladi (budjet chizig'iga o‘xshash). Kamaytirilgan firma harajatlari izokosta va izokvanta kesishish nuqtalarida ko‘rsatiladi.

Download 406.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling