"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari


-Mavzu. Iste’molchi xatti-harakati


Download 406.24 Kb.
bet6/18
Sana19.06.2023
Hajmi406.24 Kb.
#1612355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
mavzular

4-Mavzu. Iste’molchi xatti-harakati.
Bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti bo‘lib, iste’molchi hisoblanadi. Uning xatti-harakatini o‘rganish mikroiqtisodiyotning asosiy vazifasidir.
Iste’molchining xatti-harakatini chegarali naflilik va befarqlik egri chiziqlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Chegarali naflilik deganda, mahsulot birligiga bo‘lgan talab hajmi oshishi natijasida uning umumiy foydaliligini o‘sishi tushuniladi. Iste'mol tovarlari birligi oshgan taqdirda har bir qo‘shimcha birlik mahsulotni chegarali foydaliligi kamayadi. Shunda talab qonuni asosida chiqib ketayotgan chegarali naflilik qonuni yuzaga chiqadi.
Iste’molchi talabini o‘zining xohishiga qarab qondiradi va bu borada u chegaralangan daromadi bilan o‘z talabini maksimal darajada qondiradigan tovarlarni xarid qilishga intiladi. Bunga naflilikni maksimallashtirish qoidalariga rioya qilgan holda erishish mumkin. Naflilikni maksimallashtirishda (sotib olinayotgan mahsulot birligiga som hisobidagi chegarali naflilik bir xil bo‘ladi.
Har bir befarqlik egri chizig'i ko‘p mahsulotlarning sirlarini iste’molchi uchun foydaliligini bir xilda ko‘rsatadi. Befarqlik egri chiziqlari chegaraviy o‘rin almashtirish normalarini kamaytirishni (MRZ) ko‘rsatadi.
Iste’molchining umumiy naflilik hajmini o‘zgarmasdan qaysidir bir omil boshqa omilni o‘rnini almashtirish mumkin.
MRS ning kamayishini shunday tushuntirish mumkinki, iste’molchi kamayayotgan tovar miqdorini, boshqa tovar birligidan iste'mol uchun voz kechadi (befarqlik egri chizig'ining pastga qarab borishi).
Har biri naflilik darajasini ko‘rsatuvchi bir nechta befarqlikni egri chiziqlaridan befarqlik egri chiziqlari kartasi tuziladi. Iste’molchilar uchun nisbatan yuqori naflilikni, tovarlar turlarini eng yuqori befarqlik egri chizig'i ko‘rsatadi.
Agar befarqlik egri chizig'i iste’molchilarning hohishini xarakterlasa, u holda budjet chizig'i ularning imkoniyatini aniqlaydi.
U nisbiy pastga qarab ketgan to‘g‘ri chiziq bo‘lib, grafikda 2 xil tovarlarni tasvirlaydi, bu tovarlar iste'mol uchun bir xil xarajatlarni talab qiladi.
Budjet chizig'i iste’molchini sotib olish imkoniyatini va tovarlar bahosini xarakterlaydi. Sotib olish imkoniyati o‘zgarganda budjet chizig'i boshqa tomonga siljiydi va boshlanich ko‘rinishga parallel bo‘ladi. Tovarlar bahosini o‘zgarishi og‘ish burchagini o‘zgarishiga olib keladi.
Iste’molchi o‘z iste'molini maksimal darajaga erishishida iste’molchi iste'mol muvozanati darajasiga tushib qoladi.
"Daromad-iste'mol" chizig'i iste'mol muvozanati nuqtasi orqali o‘tadi. Tovarlar uchun to‘g'ri chiziq orqali chiziladi.
"Baho-iste'mol" chizig'i iste'mol muvozanat nuqtalari orqali o‘tadi. Bular biron bir tovar bahosini o‘zgarishi bilan boshlangan. Shular asosida talab egri chizig'i chiziladi.
Ikkita alohida samarani hisobga olish zarurki. Qaysiki ular iste'mol talab miqdoriga ta'sir etadl.
Daromad samarasi-bahoning pasayishi iste’molchi talabini oshishiga aytiladi. O‘rinbosar tovarlarning samarasi - bu iste’molchi arzonlashgan tovarlar o‘rniga boshqa tovarni sotib olishidir.



Download 406.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling