"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari
Download 406.24 Kb.
|
mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi samara
Sof xususiy ne’mat-bu shunday ne`matki, uning har birligi ma`lum to`lovga sotiladi. Sof ijtimoiy ne`matning sof xususiy ne`matdan asosiy farqi-u bo`laklarga bo`linmaydi va bo`laklarga bo`linib ham sotilmaydi. Sof ijtimoiy mahsulotning bo`laklariga narx belgilash ham mumkin emas. Sof ijtimoiy mahsulotga bo`lgan umumiy talabni aniqlash ham o`ziga xosdir. Sof ijtimoiy mahsulotga bo`lgan talab chizig`i jami mahsulotning chekli nafliligini ifodalaydi.
Iste`molchilar soni qancha bo`lishidan qat`iy nazar, ular barcha sof ijtimoiy ne`matni iste`mol qiladi. Lekin, har bir shaxs sof ijtimoiy ne`matni iste`mol qilishdan har xil naf oladi. Sof ijtimoiy mahsulotga bo`lgan umumiy talab shaxslar oladigan chekli yutuqlarni (mavjud hajmdan oladigan) vertikal bo`yicha qo`shish orqali aniqlanadi. Agar iste`mol qilingan sof ijtimoiy ne`matga har bir shaxs o`zi olgan chekli yutug`iga ko`ra pul to`laganda edi, olingan naf to`g`risidagi axborotni yashirishga undaydigan kuchli rag`batlantirish paydo bo`lar edi, hamda olinadigan nafni darajasini ko`pchilik pasaytirishga harakat qilar edi. Tashqi samaralar yoki eksternalilar (externalities)— bozordagi oldi-sottidan olinadigan, lekin narxda o‘z ifodasini topmagan xarajat yoki foyda. Ular muayyan operatsiyada qatnashadigan bozor subyektlari bilan bir qatorda uchinchi tomon bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham “tashqi” deb qabul qilinadi. Ushbu xarajatlar yoki yutuqlar (foyda) tovarlar va xizmatlarni ham ishlab chiqarishda, ham iste’mol qilishda vujudga keladi. Tashqi samara musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) samaralarga bo‘linadi. Manfiy samara xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, musbat samara uchinchi tomonning yutug’i bilan bog’liqdir. Shunday qilib, tashqi samara ijtimoiy xarajatlar (yutuqlar) va xususiy xarajatlar (yutuklar) o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. M S C = M PS+ MES, bu yerda M SC — ijtimoiy chekli xarajat; M P S — xususiy chekli xarajat; M E S — tashqi chekli xarajat (Marginal External Cost). Agar bir iqtisodiy subyektning faoliyati boshqa iqtisodiy subyektlar faoliyatida xarajatlarga olib kelsa, salbiy tashqi samara vujudga keladi. Masalan, kimyo zavodi foydalanilgan suvni yetarli darajada tozalamasdan daryoga oqizmoqda, deylik. Chiqindi suv hajmi zavod ishlab chiqarish hajmiga proportsional bo‘lsa, zavod qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarsa, u atrof muhitni shuncha ko‘p ifloslantiradi. Kimyo zavodi maxsus suv tozalash inshooti ko‘rmaganligi uchun, chiqindi suv to‘liq tozalanmaydi, demak zavodning xususiy chekli xarajati ijtimoiy chekli xarajatidan past bo‘ladi, nima uchun deganda uning xarajati suvni tozalash bilan bogliq xarajatdan xoli. Zavod xarajatlarni tejash asosida ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqargan mahsulot hajmi samarali hajmdan ko‘p bo‘ladi Musbat (ijobiy) tashqi samara biror iqtisodiy subyektning faoliyati boshqa subyektlarga yutuq, keltirganda vujudga keladi. M SB= M P V +M E V (3) Bu yerda MSB — ijtimoiy chekli yutuq; MPV — xususiy chekli yutuq; MEV — tashki chekli yutuq Ijobiy tashqi samaraga maorifni va ilmiy izlanishlarni keltirish mumkin. Maorif yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, bundan jamiyatning har bir a’zosi yutadi. Xuddi shunday ilmiy izlanishlardagi kashfiyotlardan ham jamiyat va uning a’zolari yutadi. Har bir shaxs ta’lim olayotganda o‘zi oladigan yutuqni o‘ylashi mumkin, lekin, bundan jamiyat qanday yutuq olish mumkinligini o‘ylamaydi, ya’ni o‘zi oladigan yutuqni hisobga oladi, xolos. Shaxs ta’lim olishga qaror kilishidan oldin ta’limga ketadigan xarajat bilan ta’limdan oladigan yutuqni bir-biri bilan taqqoslab ko‘radi. Inson kapitaliga qilingan investitsiyalar jamiyat uchun optimal bo‘lgan mikdordan past bo‘ladi Download 406.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling