Mikroiqtisodiyoti


-rasm. Sanoat korxonasida mahsulot ish chiqarish va uni sotish bilan bog’liq xarajatlar


Download 300.45 Kb.
bet4/11
Sana10.10.2023
Hajmi300.45 Kb.
#1696736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
resurs tejamkorligini taminlashning asosiy yonalishlari

1-rasm. Sanoat korxonasida mahsulot ish chiqarish va uni sotish bilan bog’liq xarajatlar


Uzoq muddatli davr – bu ancha uzun bo’lgan davr bo’lib, korxonada band bo’lgan barcha resurslar va ishlab chiqarish quvvati miqdorini ham o’zgartirish mumkin bo’ladi. Tarmoq nuqtai nazaridan olsak, uzoq muddatli davr - uning tarkibida amal qilib turgan korxonalar tarmoqni tark etib ketishi va yangilari tarmoq tarkibiga qo’shilishi uchun yetarli bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Agar qisqa muddatli davr – quvvatlarni o’zgartirish mumkin bo’lmagan davrdan iborat bo’lsa, uzoq muddatli davr o’zgaruvchan quvvatlar davridir. Mahsulot ishlab chiqarishning kamayib borishi yoki «nisbatlar o’zgarishi» qonuni shuni tasdiqlaydiki, ma’lum vaqtdan so’ng o’zgaruvchan resurslar birligini o’zgarmas resurslarga sarfni oshirib borish har bir keyingi o’zgaruvchan resurs birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha pirovard mahsulotni ishlab chiqarishni kamaytiradi. Boshqacha qilib aytsak, agar shu mashinalarda xizmat qiluvchi ishchilar soni oshib borgan sari mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham pasayib boradi.
Doimiy xarajatlar deb, hajmi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o’zgarishiga qarab o’zgarmaydigan xarajatlarga aytiladi. Doimiy xarajatlar korxona ishlab chiqarish dastgohlarining borligi, amal qilishi bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, ular korxona hech narsa ishlab chiqarmasa ham amalga oshiriladi (korxona tomonidan to’lanadi). Odatda, doimiy xarajatlarga qimmatli qog’ozlar bo’yicha majburiyatlar to’lovi, reja to’lovlari, binolar va dastgohlar amortizatsiyasining bir qismi, sug’urta to’lovlar, korxona mutaxassislarini tayyorlash to’lovlari, rahbar xodimlariga haq to’lashlar kiradi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgaradigan xarajatlar miqdoriga o’zgaruvchan xarajatlar deyiladi. Ularga xomashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, transport xizmatlari, mehnat resurslarining ko’pgina qismi uchun va shunga o’xshash mehnat resurslari uchun xarajatlar kiradi. SHuni aytish kerakki ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining bir birlikka o’sishi (yoki kamayishi) bilan o’zgarmas xarajatlar summasini o’sishi (yoki kamayishi) doimiy bo’lib qolmaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib borishi jarayonida o’zgaruvchan xarajatlar qandaydir vaqt mobaynida past sur’atlar bilan ortib boradi: shunday holat ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining ma’lum miqdorigacha davom etadi. SHundan so’ng o’zgaruvchan xarajatlar har bir keyingi ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yuqori sur’atlarda oshib boradi. O’zgaruvchan xarajatlarning bunday harakati foydalilikning (qaytimning) kamayib borishi qonuni bilan belgilanadi. Mahsulot birligi uchun to’g’ri kelgan xarajatlarning o’rtacha miqdori, odatda, mahsulot birligi uchun belgilangan baho bilan taqqoslashda ishlatiladi.
Pirovard xarajatlar (MS) deb qo’shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ortiqcha (qo’shimcha) xarajatlarga aytiladi. Pirovard xarajatlar umumiy xarajatlar yig’indisi (summasi) o’zgarishining
(TS) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining (miqdori) o’zgarishiga Q nisbati bilan topiladi:

Pirovard xarajatlar (MS) korxonaning oxirgi mahsulot birligini ishlab chiqargan holda qiladigan xarajatlarini ko’rsatadi va shu bilan bir vaqtda shu oxirgi birlik mahsulotga ishlab chiqarish hajmini kamaytirganda oladigan «tejamkorligini» ham ifodalaydi. O’rtacha xarajatlar bunday ma’lumotlarni bermaydi. Pirovard xarajatlar mahsulot hajmining bir birlikka ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’zgarishini ko’rsatadi. Pirovard xarajatlarni pirovard tushum (mahsulot sotishdan kelgan pul mablag’lari) bilan taqqoslash, mahsulot hajmining bir birlikka ortishi yoki kamayishi bilan bog’liq tushum o’zgarishini ko’rsatadi va korxonaga ishlab chiqarish hajmining u yoki bu tomonga o’zgarishi foydaliligini yuzaga chiqarishga imkon beradi.

Download 300.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling