Mikroiqtisodiyoti
T.r Ko’rsatkichlar
Download 300.45 Kb.
|
resurs tejamkorligini taminlashning asosiy yonalishlari
IZOH: Olib borilgan kuzatishlar natijasida tayyorlandi. «Uychi paxta tolasi» AJ dagi iqtisodiy xo’jalik faoliyatining 20 ta ko’rsatkichi bo’yicha tadqiqotlar olib borildi. Ulardan faqat ikkitasigina kuchli tomonlar deb e’tirof qilindi. Ular mahalliy xom ashyolardan foydalanish hamda ishchilar va kasaba uyushmalarining aloqalaridir. Korxonadagi 1-ishlab chiqarishdagi faoliyat, mavjud dastgoxlarning xolati, xom ashyolarni sotib olish darajasi va korxona mahsulotlari narxlarining raqobatbardoshliligi ko’rsatkichlari nisbatan zaif tomonlar ekanligi aniqlandi. Korxonada amalga oshiriladigan tadbirlar va ilmiy izlanishlar mana shu tomonlarga yo’naltirilishi lozim. 1-ishlab chiqarishdagi xolat dastgohlarning jismoniy eskirgani natijasida kelib chiqqan bo’lib, uning natijasida mahsulot tannarxi ortib ketgan va narxni raqobatbardoshliligi tushib ketgan. Demak, korxona rahbariyati va iqtisodchilari olidida turgan eng dolzarb masala – mavjud dastgoxlarni yangi, yuqori unumli va kam sarf-harajat talab etadiganlarini topish hamda ularni jadal tarzda ishlab chiqarishda qo’llashdir. Ushbu vazifaning nixoyatda zarurligini Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari va 2015 yilda iqtisodiyot rivojining eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasida yana ta’kidlab o’tdi. Korxonaning eng muhim qator ko’rsatkichlari, shu jumladan, mahsulot sifati, ishlab chiqarishning xolati, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, mahsulot sotish kanallari, bozor izlanishlari, korxonaning texnik imkoniyatlari, yangi mahsulot innovatsiyasi, boshqaruv faoliyati, moliyaviy resurslardan foydalanish singari ko’rsatkichlar va ular asosidagi yo’nalishlarda o’rta darajada faoliyat yuritilmoqda. Bu sohalarda ham izlanishlar olib borish hamda ahvolni yaxshilashga doir doir tadbirlar tuzish va ularni tezda joriy qilish ishlarini olib borish lozim. Ushbu xolatlarning sabablarini aniqlash maqsadida korxonadagi moliyaviy natijalarni tahlil qilamiz va uning o’tgan davrdagi dinamikasini o’rganamiz. 4-jadval «Uychi paxta tolasi»AJning moliyaviy natijalari
Korxonada mahsulot sotishdan olingan daromad yildan-yilga ortib bormoqda. 2014 yili 2013 yilga qaraganda 2194036 ming so’mga yoki 15,95 %ga, 2015 yili 2014 yilga qaraganda 6730379 ming so’mga yoki 42,19 va 2017 yili 2016 yilga qaraganda 3313323 ming so’mga 13,85 foizga ortdi. Korxonadagi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblangan sof foyda ko’rsatkichi oldingi yillarga nisbatan doimiy o’sish ko’rsatkichiga ega. Masalan, 2017 yili olingan sof foyda miqdori oldingi yilga nisbatan 41800 ming so’mga yoki 43,64 foizga ortgan. Korxona tomonidan to’lab borilgan soliq miqdorlari ham oldingi yillarga nisbatan ko’payib borgan. Bu korxona daromadlarining yil sayin ortib borishi bilan bog’liq. Mahsulot sotishdan tushgan daromadga xom-ashyo, yordamchi qismlar va boshqa resurslar narxining ortishi natijasidagi holat ta’sir qiladi, ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi va narxi ortib ketadi. Natijada daromad ham ortib boradi. Korxonaning balans ko’rsatkichlarini tahlil qilinganda umumiy mablag’lar tarkibida chetdan jalb qilingan mablag’larning hissasi ortib borayotganligini ko’rimiz mumkin. SHu bilan birga korxonaning debitorlik qarzlarining yil-sayin ortib borishini ham ko’rishimiz mumkin. Bu esa korxonaning katta miqdorlardagi pul mablag’larini immobilizatsiyasiga olib kelishi va boshqa faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyatlarini kamaytirib yuborishi mumkin. SHu bilan birga, korxonada kelgusi davr xarajatlari miqdorining ortib borishi ham kuzatilmoqda. 5-jadval «Uychi paxta tolasi» AJ da mahsulot tannarxi harajatlari.
Download 300.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling