Mikrokredi bank


"Mikrokreditbank" ATB Sifat boshqaruvi sertifikati


Download 79.14 Kb.
bet2/2
Sana18.08.2023
Hajmi79.14 Kb.
#1668004
1   2
Bog'liq
Xisobot.M.Yuldashev

"Mikrokreditbank" ATB Sifat boshqaruvi sertifikati

Bankning “Sifat boshqaruv tizimi”dagi asosiy maqsad va ustuvor yoʼnalishlari quyidagilardir:

  • Yangi bank xizmatlarini joriy qilish;

  • Bank infratuzilmasini takomillashtirish;

  • Xizmat koʼrsatish punktlarini koʼpaytirish

  • Bank faoliyatini avtomatlashtirish;

  • Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni qoʼllab quvvatlash;

  • Xodimlar malakasini oshirish.

“Mikrokreditbank” АTB Boshqaruvi quyidagilarni oʼz zimmasiga oladi:
Bankning barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi xalqaro standarti talablarini bajarish, qonunchilik talablari hamda isteʼmolchi tomonidan qoʼyilgan talablarni
Bajarilishini taʼminlash, qoʼyilgan vazifalarni bajarishda kerak boʼladigan barcha resurslar bilan taʼminlash.Har bir ishchi-xodim va rahbariyatda sifat uchun javobgarlik prinsipini roʼyobga chiqarish, shaxsning oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda oʼz hissasini qoʼshishga chorlash; Xalqaro standartlarga mos ravishda koʼrsatiladigan xizmatlarning sifatini oshira olish qobiliyatiga ega boʼlgan jamoa tuzish;
Oʼtkazilgan tadbirlar natijasiga koʼra bir yilda bir bor ushbu sifat yoʼnalishidagi tizimni tahlil qilish, siyosatni qayta koʼrib chiqish, shuningdek, sifat tizimni yaxshilashda tegishli vazifalarni doimo bajarish zarur

2. Amaliyot obyektining tarkibiy tuzilishi


Bankning tarkibi:



Xodim ismi, familyasi va sharifi



Egallab turgan


lavozimi

Vazifasi


1.


Eshmatov Masrur
Qurbanovich

Ichki audit departamenti direktori



Bank filiallarida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish

2.


Usmanov Sarvar Alimxodjayevich

Ichki nazorat departamenti direktor o`rinbosari

Jinoiy faoliyatdan olingan va soliqdan yashirilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish

3.

Aramov Rashid Ravshanovich

1-bo`lim boshlig`i




4.

Bo`riyev Eshtuktar Sattarovich

2-bo`lim boshlig`i




5.


Ibrohimov Maqsudbek Masharipovich

Personalni boshqarish departamenti direktori

Xodimlar soni hisobini yuritish, ularni saralash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash. Bankni malakali xodimlar bilan ta’minlash

6.

Maksudov Jahangir Ibragimovich



Yuridik departamenti direktori



Bankning manfaatlarini huquqiy himoya qilish

7.

Ochilov Sarvar Nurmanovich

Axborot xizmati rahbari

Bankning yagona axborot siyosatini yuritadi

8.

Tangriberdiyev Ozim Karimovich





O`quv markazi direktori



Bank tizimidagi xodimlarning malakasini oshirish



Fillial direktori – Mikrokredi bankning markaziy kengashi tomonidan tasdiqlanib tayinlanuvchi organ hisoblanadi. Director bankning qolgan xodimlarini ishga tayinlash va xizmat vazifasidan ozod qilish xuquqiga ega. Bundan tashqari director fillialning faaoliyatiga bevosita javobgar shaxs bo’lib barcha operatsiyalarga javob beradi.


Raxbarning 1-o’rinbosari – Bu Kredit bo’limini boshlig’i yoki Qishloq xo’jaligi korxonalariga xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i bo’lishi ham mumkin. 1-o’rin bosar amaldagi tayinlangan raxbar biron hizmat safariga ketganida, sog’ligidan muammo bo’lib ishga kelishga imkoniyati bo’lmaganda fillialni boshqaradi.
Vaqtincha bohsqaruvdagi shaxs erkin tarzda xodimlarni ishdan olish va ishga tayinlashni amalga oshira olmidi. O’zi esa markaziy komitet suhbatidan so’ng haqiqiy director bo’lishi mumkin.
Yurist – Fillial ichki va tashqi faoliyatini qonun bilan muvofiqlashtiruvchi shaxs. Bu labozim egasi O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va bir qator qonun va qarorlarni bilishi shart. Sababi uning vazifasi bankda sodir bo’layotgan amaliyotlar, tuzilayotgan sahrtnomalarni aynan qonuniy bo’layotganligi O’zbekiston qonunchiligida ko’rsatilgan tartibda ketayotganini tekshiradi. Bundan tashqari yurist xodimlarni xizmat vazifasidan ozod etish va yoki hizmat vaizfasiga tayinlashda ham qonon me’yorlari buzi;mayotganini nazorat qiladi.
Bek-ofis – Bu bo’lim mijozlarga bevosita hizmat ko’rsatadigon bo’lim tarkibiga kirmaydi lekin mijozlarga hizmat ko’rsatish bo’g’inida turadi. Bu bo’lim tarkibiga Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash va kredit qaytaruvchanlik va dasturlar manitoringi bo’limlari kiradi.
Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash: Kichik va oilaviy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo’lim bo’lib bu bo’lim asosan kichikroq hajmdagi kreditlarni amlaga oshiradi. Shuningdek bu bo’limda Markaziy bank bazaviy moliyalashtirishi hisobiga aholiga ma’lum bir sohalarni rivojlantirish bo’yicha imtiyozli kreditlar ajratadi.
Kredit qaytaruvchanlik va dasturlar manitoringi – bu bo’lim bek ofis tarkibidagi muhim bo’g’inlardan biri. Oilaviy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash bo’limi tomonidan kreditlash uchun delo tayyorlanadi va Manitoring bo’limiga o’tkaziladi. Monitoring bo’limi kredit olish istagini bildirgan fuqarolaar honadoniga bevosita borib haqiqatdan ham olinayothgan kredit dastur asosida ketyapdimi yo’qmi shuni tekshirib ruxsat berganidan so’ng ta’minotchi tashkilotga kredit summasi o’tkazib beriladi. Bu bo’limda kredit qaytaruvchanlik tarkibi ham bo’lib, bu guruh asosan oldin kredit rasmiylashtirgan lekin kreditni oyma – oy to’lab bormayotgan, yoki to’lashdan bosh tortayotgan fuqarolar bilan bevosita ishladi Oldiniga ularga kreditni to’lash muddati kelganini kredit to’lanmagan taqdirda qonuniy chora ko’rilishiga majbur bo’lishini tushuntirishadi. Shundan so’ng ham fuqaro tomonidan ijobiy harakatlar amlaga oshirilmasa qonunda belgilangan tartibda ish korishga o’tishadi. Bu holat sudgacha bo’lgan davrda fuqaro tomonidan garovga qo’yilgan moddiy buyumlarni bank hisobiga o’tkazib turishgacha borishi mumkin.
Front – ofis – bu bo’lim mijozlarga bevosita hizmat ko’rsatadigan bo’lim hisoblanadi. Bankga kelgan mijozlarni to’g’ridan - to’g’ri kutib olib ularni muammolariga yechim topib beruvchi bo’lim hisoblanadi. Front – ofis tarkibiga chakana amliyotlar kassasi va yuridik kassa, kirim chiqim kassalari hamda mijozlarga hizmat ko’rsatish bo’limlaridan tashkil topan. Aholini bo’sh pul mablag’larini depozitlarga omonatlarga jalb etish ham front – ofis bo’limi hizmat vazifasi sanaladi.
Chakana amaliyotlar kassasi – bu kassa budjet tashkilotlari uchun va komunal xizmatlar uchun to’lovlarni qabul qiladi. Bundan tashqari valyuta ayriboshlash shaxobchasi ham chakana amaliyotlar kassasi orqali amalga oshiriladi.
Yuridik kassa – bu yuridik sahxslarga xizmat ko’rsatadi. Mikrokredi bank bilan bevosita aloqasi bo’lgan shu bankda hisob raqami, omonati va pul aylanma mablag’I bo’lgan tashkilotlarga hizmat ko’rsatadi. Ya’ni tashkilot ma’sul xodimining talabiga binoan depozitdagi mablag’lar korib beriladi yoki yechib beriladi. Depozitga qo’shimcha pul mablag’larini qo’shish ham shu bo’lim hizmatiga kiradi.
Bundan tashqari bankda buxgalteriya bo’limi ham faoliyt yuritib boshqaruv organi sifatida ishledi. Buxgalteriya bo’limi bank hisobiga tushgan va undan chiqayotgan har bir so’m mablag’ uchun javobgar bo’lim hisoblanadi. Bu bo’limni bosh buxgalter boshqaradi va filial direktoriga hisobot beradi. Kredit mablag’larini bank hisobidan bevosita f uqarolarga yoki yuridik shaxslar hisob raqamlriga o’tkazish ham aynan bosh buxgalter va yurist qonuniy deb topganiva imzo qo’yib pechat bosganidan keyin amalga oshiriladi.
Reception – qabul xona bu bo’lim bankga kirib kelgan mijozni eng birinchi Orinda kutib oluvchi va muammosiga qarab to’g’ri yo’naltiruvchi bo’lim hisoblanadi.
Qo’riqlash bo’limi – bu bo’lim banklarni Milliy gvardiya qoravul qo’shinlarining shaxsiy tarkibdan alohida ajratilgan hodimlari tomonidan qo’riqlash uchun jo’natilgan qurolli qo’riqchilardan iborat bo’lim hisoblanadi. Bankni ertyu kech qo’riqlash havsizligini ta’minlash shu bo’lim zimmasida.
3. Amaliyot obyektining iqtisodiy tahlili
Bank tizimida aholi uchun ajratilinyatgan kredit ma’lum bir foiz asosida uzoq mudatga bo’lib to’lash imkoni asosida , shartnoma imzolanib kredit olayotgan shaxsga kamida 5 ta kafil ya’ni agar kredit olgan shaxs kreditnio’z vaqtida to’lay olmasa ularning hisobidan undirilishi uchun zarur shaxslar bo’lgan holda ajratilinadi. Ularga 7 % , 15 % , 24 % , 32 % likaynan men amaliyot olib borgan “Mikrokredit bank” aksiyadorlik tijorat bankida fermerlik , chorvachilik , parrandachilik , asalarichilik ,hamda eng ko’p aholi tomonidan ariza kelib tushgan quyonchlik uchun uzoq muddatlik kreditlar ajratilinyatganini guvohi bo’ldim.Mikrokredi bank umumiy reytingda 8 pog‘onaga tushib, 18-o‘rindan joy oldi. Ushbu bankning boshqaruv samaradorligi va likvidlilik ko‘rsatkichlari bank tizimi o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan pastroq hisoblandi. Shuningdek, Mikrokredi bankning boshqa banklar va moliya institutlari oldidagi majburiyatlari 839 mlrd. so‘mga, Moliya vazirligi va O‘TTJ oldidagi majburiyatlari 702 mlrd. so‘mga ko‘payishi moliyaviy vositachilik bo‘yicha reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bank asosan o’z hizmatlarini sotadi. Ya’ni oddiy qabul xonadan boshlab kelgan mijozga bank hizmatlarini sotish amaliyoti boshlanadi. Qabulxonaga kelib bank plastik kartasini klick tizimiga ulamoqchi bo’lgan lekin buni bilmayotgan fuqaro murojat bilan chiqsa qabul xonadagi mas’ul xodim unga tavsiya beradi. Mikrokredi bank mobile ilovasini yukashini bu ilova bilan hisob kitob yoki pul o’tkazmalarini amalga oshirish anchagina qulay ekanligini mijozga tushuntirib beradi. Har bir ilova uchun qabulxona xodimiga qanchadur miqdorda ao’shimcha daromad tushadi. Bu oddiy qabul xonadan boshlangan bank uchun daromad yo’li. Bundan tashqari bank valyuta almashtirish, mijozlarga xizmat ko’rsatishda bank hizmati uchun oladigon summadan kreditlar foiz stavkalaridan, aholini bo’sh pul mablag’larini jalb etish va uni maqsadli kreditlashtirishga yo’naltirish orqali hamda qisman budjet hisobidan markaziy bank tomonidan moliyalashtiriladi.
“Mikrokredi bank” ATB Yangiqo`rg`on filliali oxirgi 6 oy mobaynida 10mlrd 900mln so’mlik daromad qilgan. Shu 6 oylik davr mobaynida bank 10mlrd 44mln so’mlik harajatni amalga oshirgan. Bankning sof foydasi 850 000 000 (sakkiz yuz ellik million) so’m bo’lgan.
Ushbu grafikdan ko’rish mumkinki bank so’ngi 4yilda o’z xizmatlarini taqdim etish bo’yicha katta ishlar qilgan va mos ravishda ko’rsatkichlar o’sgan. Lekin e’tibor bersak bankning asosiy o’sish tendensiyasi aktivlar va kreditlar xolatiga to’g’ri keladi. Ammo bankning majburiyatlari ham so’ngi 4yilda mos ravishda kredit bilan yaqin miqdorlarda o’sib brogan. Bu esa bankning hukumat oldida qarzlari ko’paygani, chet el moliya institutlaridan olingan qarz majburiyatlarini bajarish holati kabilarni anglatadi. Capital ko’rsatkichi 4 yilda umumiy hisobda o’sgan bo’lsada ko’rsatkichlar orasdida eng past natija qayt etyapdi. Bundan bank o’z mablag’larini tasahkil etish hukumatdan mustaqil bo’lish, aholini bo’sh pul mablag’larini jalb qilish borasida samarali ishlar tashkillashtirilgan bo’lsada o’z kapitallarini mustaqillashtira olmaganligi kelib chiqadi.
Bank o’z mijozlariga Imtiyozli, va erkin hamda iste’mol kreditlarini taqdim etib kelyapdi.
Imtiyozli kredit liniyasi – asosan Markaziy bank bazaviy moliyalashi hisobiga amalga oshiriluvchi kredit turi bo’lib bunda aholiga kam foizlarda kredit ajratiladi. Xususan so’ngi 5hafta davomida aynan Mikrokredi bank atb Yangiqo`rg`on filliali tomonidan qo’ychilikni rivojlantirish uchun 100dan ortiq, chevarchilikni rivojlantirish uchun esa 30dan ortiq, bundan tashqari issiqxona tashkil etish uchun ham 50dan ortiq kreditlar ajratilgan agar har birini o’rtacha 20 000 000 (yigirma million) so’mdan deb hisoblansa bank oxirgi 5 haftada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyib 3mlrd so’mga yaqin Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi asosida 14%dan ko’p bo’lmagan kreditni aholiga tarqatgan.
Bankning aholi bo’sh pul mablag’lari va chet el kapitallari hisobiga shakllantirilgan pul mablag’laridan esa bankning 23-27%gacha bo’lgan erkin kreditlari yoki 15-18% atrofidagi iste’mol kreditlari va yana mobil mikro qarzlar ham amalga oshiriladi. Bank o’z plastik kartalarini sotish orqali ham daromadga ega bo’ladi. Hususan Uzcard tizimidagi bank plastic kartalarini 37000 so’mdan (22021-yil holatiga ko’ra) taklif etadi, humo tizimidagi bank plastik kartalarini ochish 10000so’mdan etib belgilangan.
Birgina Mikrokredi bank atb Yangiqo`rg`on tumani fillialining tuman bo’yicha 10dan ortiq bankomatlari aholiga plastik kartadagi pullarini naqd shaklga aylantirish uchun hizmat qilib kelmoqda. Bu esa bankga qo’shimcha daromad olib keluvchi yo’llaridan biridir.
Bankning yana bir moliyaviy manbasi bu budjet tashkilotlari bilan aloqasi. Aynan xalq ta’lim vazirligi Izboskan tumani bo’limi bilan qiladigan hamkorligi bankda pul aylanma mablag’larini kata hajmda bo’lishini ta’minlaydi. Ya’ni o’qituvchi xodimlarga oylik maosh shu bank orqali tushadi. Bu summada katta hisob kitob bo’ladi. Bank uchun 24 soat mobaynida 1 000 000 000 so’mni saqlanishi bank uchun katta foyda olib kelishi mumkinligini inobatga olsek bank bu borada ancha yutuqga erishishi mumkin.




  1. Malakaviy amaliyot davomida olib borilgan ishlar.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni PF-5953-sonli “2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan o‘zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi” to‘g‘risida Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Yuqoridagi qanun asosida men amaliyot o`tagan joyimda ham yagona markazlashtirilgan tizim joriy qilinib unga mijozlar ham online tarzda kirib bank haqida, joylashgan joyi, ko`rsatilinadigan hizmatlar, takliflar bilan keng tanishib chiqishi mumkin bo`ladi.
Men o`rgangan jarayonlardan biri ham bank kartasini ochish uni online ro`yxatdan o`tkazish bo`ldi.
Bank kartasini ochish va uni tarmoqqa kiritish:
Dastlab “LEADERS” ya’ni INSIDE – UNIVERSAL BANK dasturi haqida .Ushbu tizimga kirish uchun xar-bir bank xodimiga login va parol beriladi.Dasturga kirganimizda dastur bizga bir nechta dasturlarni ekranga chiqaradi bular; KLIENT, UZCARD , UzCard MIR, UzCard view , UzCARD ACCOUNT. Biz ushbu daturlar orqali bank mijozning xisob raqamidagi mablag’ni , plastic kartalarinin active xolatini , uning kredit mablag’larini ko’rishimiz mumkin.
Biz bank mijozing ma’lumotlariga Klient dasturidan xisob raqam ochamiz va uning UzCard UNIPAY tizimiga biriktiramiz.Agar ushbu bank mijozining shaxsiy ma’lumotlariz bizning SQL bazamizda bo’lsa u xolda mijozning ma’lumotlari avtomatik tarzda ekranga chiqadi. So’ngra biz mijozning olmoqchi bo’lgan plastic kartasiga qarab uning uchun anketa to’ldiramiz ,mijozning manzili va tel raqami shular jumlasidan;Bank kartasi mijozga uch ish kunida mijozning qo’liga yetib boradi.Agar mijozning kartasi blok xolatida bo’lsa uni terminal orqali tekshirib so’ngra KLlENT dasturidan xisob raqami olinadi va application bo’limida blokdan ochiladi.
Biz ochib bergan bank kartasi orqali mijozlar online holda avtamatik tarzda o`z kreditlarini to`lashlari online do`konlar orqali haridlarni amalga oshirishi mumkin bo’ladi.
Shu tariqa amaliyot muobaynika bank kartasini ishga tushirish ungga parol qo`yib, uni o`z uyali telefoniga ham sms xabar keladigan qilib ulab berdim.
XULOSA
Amaliyot davrida “Mikrokreditbank” tizimida amalga oshirilayotgan bir nechta innavatsion g’oyalar , yangiliklar bilan ham tanishib chiqdik. U yerda kompyuter tizimida turli xil hujjatlarni yozishda Office dasturiga oid dasturlardan Microsoft Excel , Micrasoft Word dasturlaridan keng foydalanishini , Bug’alteririya ishlarida esa 1C dasturidan keng
foydalanilayotganini guvohi bo’ldim va ulardan foydalanishni bir qator ko’rib chiqib , bu dasturlar yuzasidan o’zimda bo’lgan ma’lumotlarni mustahkamlab , yanada chuqurroq bilimlarga ega bo’ldim.
Bank tizimida kredit berish , aholi bilan kredit yuzasidan shartnomalar imzolash haqida tushunchaga ega bo’ldim. Bankning ishlash jarayonini o’rganar ekanman bank sohasi haqiqatdan anchagina murakkab va uni boshqarish uchun anchagina tajriba va boy amaliy ko’nikmalar kerak bo’lishini tushinib yetdim. Men o’z yo’nalishim va sohamdan kelib chiqib bankning iqtisodiy va boshqaruv sohalariga alohida e’tibor qaratdim. Men asosan oilaviy tadbirkorlikni kreditlashbo’limida o’z amaliyot tajribami o’tadim va juda ko’p narsalar o’rganishga muvaffaq bo’ldim. Xususan kreditlashdagi foiz stavkalarini hisoblash, kredit olish uchun zaruriy hujjatlarni yig’ish va ularni imzolatish jarayonlarida bevosita qatnashib amalda qo’llash orqali o’z bilimimi boyitdim. Bankning ahl jamoasi meni bank faoliyati bilan yaqindan tanishishim uchun hech qanday to’siq yaratmadi va menga kredit bo’limi boshlig’I Fillial direktori o’rinbosarini amaliyot rahbari etib ta’yinadi. Amaliyot rahabarim va shu bo’limdagi akalar menga yaqindan ko’mak berishdi. Jumladan raxbar hodimning intizomi ish yuritish uslubini aynan amaliyot raxbarim bilan birga yurish orqali o’rgandim. Bu borada amliy ish sifatida bankning ichki majlisida qatnashdim, bunga qo’shimcha tarzda amaliyot raxbarim va bank direktori hamda boshqaruv organi hodimlari bilan birgalikda Mahallabay ishlashni tashkil etish va aholini kam ta’minlangan, temir daftar, ayollar daftaridagi fuqarolarni o’z bizneslarini ochishlari uchun imtiyozli kreditlarni tashkil etish va uni aholiga yetkazish maqsadida joylzrga chiqdik va aholiga atroflicha ma’lumotlar berdik. Izboskan tumani Urganji mfy ham shunday aholi punkitlaridan biri bo’lib u yerdagi qo’ychilik, chevarchilik, quyonchilik yoki boshqa oilaviy tadbirkorlik qilish istagi bor lekin mablag’ yo’q fuqarolarga kredit ajratish shartlari va foizlari haqida keng ma’llumotlar berildi va o’sah joyning o’zida bir qancha hujjaatlar tayyorlanishga kirishildi.
Menga eng yoqgan va men kelgusida yana shu bankga amaliyotga keladigon bo’lsam o’rganishni istagan bo’limi bu – kadrlar bilan ishlash va direktor ish vazifasi bilan yaqindan tanishish.
Bank faoliyatini o’rganib turib menda bir qancha takliflar uyg’ondi. Va umid qilmanki bu takliflar bankni yanada rivojlanishi uchun asos bo’’ladi.
1. Bank xodimlari qattiq harakat bilan ishlashi ularni sog’ligiga ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun bank xodimlari uchun alohida yo’lanmalar berish tizimini yanada rivojlantirishi kerak deb hisoblayman. Hodimlarning erkin dam olishlarini ta’minlash ularning ish samarasiga ijobiy ta’sir o’rgatadi.
2. “Mikrokredi bank” ATB da imkon qadar dvlat ulushini qisqartirish va hususiy kapitallar yoki xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish orqali bankni davlat qaramog’idan ozod etish va moliaviy mustaqillikga olib chiqish ham bankning rivoji uchun katta hizmat qiladi.
3. Aynan ma’lum sohaga ixtisoslashuvdan qochish kerak bank o’z mijozlariga ko’proq agrar soha yoki sektorlar kesimida imtiyozli kreditlar ajratishni amalga oshiradi. Bu esa bankning foyda ko’rish imkoniyatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xorijiy investorlar yoki mahalliy investorlar investitsiyalari hisobiga bankni mustaqillashtirish uning kredit berish yo’nalishlarini oshirish Ipoteka kreditlarini ham tashkil etish bank uchun katta daromad manbayiga aylanishi mumkin.
4. Rename – qayta nomlash yoki rebrending – qayta brendlashni amalga oshirish kerak. Bankning qayta nomlangan brendi amma tarmoq uchun tusahdigon bolishi va bankni jamiyatning ayni bir sohasiga ixtisoslashganini bildirmasligi zarur deb hisoblayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





  1. “Mikrokredi bank” ATB nizomi

  2. PQ4498 – sonli president qarori

  3. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va aholini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha yangi choralari to’g’risida 2020-yil 13-maydagi video selekter yig’ilishi.

  4. A. O'lmasov, A. Vahobov. “Iqtisodiyot nazaryasi” Toshkent.: 2014,


Download 79.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling