Mikrokredi bank
Download 79.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqXisobot.M.Yuldashev
Amaliyot obyekti: “MIKROKREDI BANK” ATB Yangiqo`rg`on filliali REJA:
ASOSIY QISM: AMALIYOT OBYEKTINING SHAKLLANISH TARIXI VA UMUMIY MA’LUMOT. AMALIYOT OBYEKTINING TARKIBIY TUZILISHI. AMALIYOT OBYEKTINING IQTISODIY TAHLILI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida amaliyotva nazariy bilimlarni uyg`unlashtirish borasida bir qator ishlarolib borilmoqda. Shu bois biz ham kurs so`ngida malakaviy amalyot yuzasidan o`z bilimlarimizni amaliyotda qo`llab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lgan kundan boshlab o’z islohotlarini asosiy bo’g’inini aynan yoshlar va sport ishlariga qaratdi. O’sha vaqtdagi siyosiy beqaror va sharoit og’ir bir vaqtda yoshlarni davlat siyosati darajasiga ko’tarish, ularni sifatli ta’lim olishlarini har tomonlama ta’minlash davlatning ustovor yo’nalishlaridan biri qilingani ham bejiz emas. Bunday islohotlarga 1998-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy davlat dasturi” ni ishlab chiqilishi, hattoki O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi ham aynan bepul ta’lim olishni kafolatlashni ifoda etadi. Darhaqiqatki kadrlari salohiyatli yurtda ilm yuksak rivoj topadi. Davlat ham iqtisodiy ham ijtimoiy – gumanitar sohalarda yetakchi o’rinlarga chiqib boradi. Sifatli kadr tayyorlash uhcun esa avvalo ta’lim tizimini yaratish uni kun sayin isloh qilib borish muhim hisoblanadi. 1998-yilda ishlab chiqilgan “Kadrlar tayyorlash davlat dasturi” da ham oliy ta’lim sohasini isloh qilish kadrlarga ham nazariy ham amaliy ko’nikmalarni bir vaqtda berib borish muhim etib belgilandi. Buning uchun taqsil olayotgan talabalarni nazariy o’rgangan bilimlarini amalda qo’llay bilish qobilyartlarini rivojlantirish maqsadida tanishuv, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini joriy etish belgilangan. 1. Amaliyot obyektining shakllanish tarixi va umumiy ma’lumot Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan mamlakatimizdagi 31 tijorat banklari uchun faollik indeksi ishlab chiqildi. Banklar uch guruhga ajratildi: Davlat ulushi mavjud yirik banklar Raqobatbardosh banklar Markazlashgan banklar Bank aktivlarida xususiy banklar ulushi o‘zgarishini, shuningdek bank sektorida amalga oshirilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini doimiy ravishda baholab borish maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan “Banklar faollik indeksi” ishlab chiqildi. Mazkur indeks ikkita subindeksdan iborat: Moliyaviy vositachilik va ommaboplik indeksi; Moliyaviy barqarorlik indeksi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston bank tizimida 32 tijorat banki faoliyat olib bormoqda. Ulardan 13 tasi ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lsa, 19 bank xususiy bank yoki chet el kapitali ishtirokidagi bank hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, avgust oyining oxirida O‘zbekiston Markaziy banki Anor Bank AJni birinchi raqamli bank sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Banklar faollik indeksining birinchi subindeksi sifatida moliyaviy vositachilik va ommaboplik indeksi hisoblandi. Mazkur ko‘rsatkichni aniqlashda iqtisodiyotning real sektoridan jalb qilingan jamg‘arma va muddatli depozitlarning jami kreditlarga nisbati, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag‘larning jami majburiyatlardagi ulushi hamda banklarning aktivlarini shakllantirilishida davlat mablag‘larining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Moliyaviy vositachilik Tijorat banklarining jamg‘armalarni bank tizimiga jalb qilish hamda ushbu jamg‘armalarni moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish salohiyati banklarning moliyaviy vositachi sifatida faolligini belgilab beradi. Shundan kelib chiqib, banklarning moliyaviy vositachilik bo‘yicha faolligini baholashda jamg‘arma va muddatli depozitlarning jami kredit qo‘yilmalariga nisbati, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag‘larning jami majburiyatlardagi ulushi hamda bank aktivlarining shakllanishida hukumatdan (Moliya vazirligi va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan) olingan moliyaviy mablag‘larning ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Moliyaviy vositachilik ko‘rsatkichlaridan biri real sektordan jalb qilingan depozitlarning ajratilgan kreditlarga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, “Banklar faollik indeksi”ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va aksincha past bo‘lsa, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2020 yil 1 sentyabr holatiga, bank sektorida jamg‘arma va muddatli depozitlarning kredit qo‘yilmalariga nisbati davlat ulushi mavjud 13 ta bankda o‘rtacha 28 foiz, xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarda 69 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar kreditlar berishda davlat yirik banklari uchun jamg‘arma va muddatli depozitlardan tashqari majburiyatlarning ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi. Davlat ulushi mavjud 10 ta yirik bankda boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan depozitlar va kreditlarning jami majburiyatlaridagi ulushi o‘rtacha 58 foizni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarda 22 foizga etadi. Shuningdek, davlat ulushi mavjud 10 yirik banklarning majburiyatlari tarkibida hukumatdan olingan mablag‘lar ulushi yuqoriligicha qolmoqda. 2020 yil 1 sentyabr holatiga, ushbu ko‘rsatkich 19 foizni tashkil etdi. Moliyaviy ommaboplik Banklarning moliyaviy ommabopligi kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining qay darajada ekanligi va “banksiz” qolayotgan aholi qatlamini bank sektoriga jalb qilish darajasini ko‘rsatadi. Ushbu omillar hisobga olinsa, bankning har bir filialiga to‘g‘ri keluvchi kredit olgan yuridik va jismoniy shaxslar soni ma’lum darajada bank xizmatlari ommabopligini o‘lchovchi mezonlaridan biri sifatida qaralishi mumkin. Ushbu yo‘nalishda Ipak yo‘li bank, Mikrokredi bank va Hamkor bank eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega. 2020 yil 1 sentyabr holatiga, Ipak yo‘li bankning har bir filialiga o‘rtacha hisobda 532 ta kredit olgan tadbirkor to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Mikrokredi bank va Hamkor bankda mos ravishda 476 va 411 tani tashkil etdi. Moliyaviy ommaboplikni baholovchi mezonlardan yana biri sifatida top-10 yirik mijozlarga berilgan kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushini olish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich O‘zKDB bankda 78 foiz, Ravnaq bankda 57 foiz, O‘zmilliy bankda 52 foiz hamda Asaka bank 48 foizni tashkil etdi. Bank haqida qisqacha: Bevosita bankning tashkil etilishi va tarixiga to’htalib o’tadigan bo’lsam : “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli farmoni asosida tashkil etildi. Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan. Ular qatorida, Jahon banki, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi, Osiyo bankirlar assotsiatsiyasi, Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro fondi, Germaniya jamgʼarma kassalari fondi kabi tashkilotlar mavjud. Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. Bank missiyasi Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish. Bank strategiyasi Moddiy infratuzilmani rivojlantirish; Strategik hamkorlikni rivojlantirish; IT ni qoʼllashni takomillashtirish; Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish. Download 79.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling