Mikrokredit
Download 50.59 Kb.
|
Mikrokredit-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.MIKROKREDIT bankning kredit hamda mikroqarz berish tartiblari.
Jamiyat – bizning missiyamiz jamiyatdagi eng muhim , alohida ijtimoiy rolini ta’kidlaydi unda ishonch , muhimlilik va barqarorlikni saqlash .
Aksiyadorlar - biz o’z faoliyatimizni ochiqlik , oshkoralik va oldindan aytib berish prinsiplari asosida qurish uchun yuqori darajadagi korparativ boshqaruvga intilamiz . banklarni kapitalligi va aksiyadorlarning daromadliligi bo’yicha yetakchi bo’lishiga intilamiz . Davlat – biz iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishlarda , iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish , texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha yirik invistitsiya loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashmoqdamiz . Bizning vazifzmiz intilishimizning ulkan maqsadini belgilaydi . biz mamlakatning eng yaxshi molyaviy kompaniyalaridan biri bo’lishni xohlaymiz. 3.MIKROKREDIT bankning kredit hamda mikroqarz berish tartiblari. “Mikrokreditbank”ka murojaat qilgan tadbirkorlar kredit olgungacha “Mikrokreditbank” tomonidan bepul tashkil etiladigan seminarlarga yuboriladi. Beriladigan mikrokreditlar va ko‘rsatiladigan lizing xizmatlari turlari va mexanizmlari, shuningdek biznes-reja tuzish bo‘yicha ikkita bazaviy seminarda qatnashish majburiy hisoblanadi. Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: mikrokredit olish uchun buyurtmanoma; biznes-reja, pul oqimlari prognozini albatta ko‘rsatgan holda; mikrokreditning qaytarilishi ta’minlanishi bilan bog‘liq hujjatlar, shu jumladan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘ldirilgan buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlari. Taqdim etiladigan biznes-reja mikrokredit olish uchun buyurtmanoma berilgan sanadan ko‘pi bilan 60 kun oldin tuzilgan bo‘lishi kerak. Kredit beruvchi bank xodimi kredit hujjatlarini olgach va ularning to‘liqligini tekshirgach buyurtmanomani maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkazadi, daftarga tartib raqami qo‘yiladi, ip o‘tkazib tikiladi, bank muassasasining rahbari va bosh buxgalteri imzolari hamda dumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Daftarda buyurtmanoma bergan mijozning nomi, buyurtmanoma berilgan sana, so‘ralayotgan mikrokredit miqdori, mikrokredit olishning maqsadi, uni ta’minlash turi ko‘rsatilishi kerak. Buyurtmanoma ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin kredit beruvchi bank xodimi keyingi kundan kechikmay hujjatlar paketini ko‘rib chiqish uchun bank muassasasining kredit qo‘mitasiga beradi. Kredit qo‘mitasi, shu jumladan joyiga borgan holda, qarz oluvchining kredit buyurtmanomasini va to‘lovga qodirligini, shuningdek, mikrokredit maqsadlarining faoliyat xarakteriga muvofiqligini o‘rganadi. Kredit paketini tahlil qilish, shuningdek, qarz oluvchining kredit tarixini va uning rahbari obro‘sini baholashga asoslanadi. Kredit tarixini baholash bank tomonidan Markaziy bankning Kredit axboroti milliy institutidagi qarz oluvchi to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Kredit qo‘mitasi buyurtmanomani ko‘rib chiqqandan keyin tegishli qaror chiqaradi, qaror kredit qo‘mitasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Mikrokredit berish to‘g‘risidagi ijobiy qaror kredit qo‘mitasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan ma’qullanishi kerak. Kredit qo‘mitasining ijobiy qarori asosida qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuziladi. Ayni bir vaqtda kredit to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankning berilgan kreditlar to‘g‘risidagi o‘z ma’lumotlar bazasiga va Kredit axboroti milliy institutiga tushadi. Kredit qo‘mitasi tomonidan salbiy qaror qabul qilingan taqdirda qarz oluvchi bu haqda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi. Tadbirkorlik subyekti kredit qo‘mitasi qarori yuzasidan sudga belgilangan tartibda shikoyat bildirishga haqlidir. Mikrokredit berish to‘g‘risidagi qaror kredit qo‘mitasi tomonidan bankka zarur hujjatlar ilova qilingan holda kredit buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Tadbirkorlik subyekti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda yoxud hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda bank ko‘rsatilgan muddat mobaynida hujjatlarni aniq mulohazalar ro‘yxatini yozma shaklda bayon qilgan holda puxta ishlash uchun qaytarishga haqlidir. Download 50.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling