Mikrokredit


Download 50.59 Kb.
bet1/11
Sana23.09.2023
Hajmi50.59 Kb.
#1686675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mikrokredit-fayllar.org


Mikrokredit

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI


IQTISODIYOT KAFEDRASI
3-2BUX-21 guruh talabasining
MIKROKREDIT “ BANK Buxoro viloti
Shofirkon tumani fillialidada o’tkazilgan


AMALIYOT
HISOBOTI
Amaliyot rahbar: Urakova.M

Bajardi: Zoirov Askar




Buxoro – 2022

Hisobot
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1.MIKROKREDIT Bank haqida umumiy ma’lumot
2.MIKROKREDIT Bank missiyasi , qadriyatlari va qarashlari
3.MIKROKREDIT bankning kredit hamda mikroqarz berish tartiblari.
4.MIKROKREDIT banklarida buxgalteriya hisobini yuritish to’g’risida yo’riqnomani tasdiqlash haqida va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikgi
5.Xulosa

KIRISH
MKBANK — Farovon
hayot poydevori!”
Amaliyotning dolzarbligi: Shavkat Mirziyoyev raisligida talabalarning ishlab, daromad topishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish mavzusida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda oliygohlarda 510 ming nafar talaba kunduzgi shaklda o‘qimoqda — jami 820 ming nafar. Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, rektorlar, talabalar o‘rtasida suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazilgan.
Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qo‘shimcha daromad topish niyati borligini bildirgan. Ular orasida 7,5 ming chin yetim yoki nogironligi bo‘lgan hamda 4,5 ming nafar «daftarlar»ga kiritilgan talabalar bor.
Yig‘ilishda davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022 yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishga topshiriq berildi.
Viloyat va shaharlar hokimlari, rektorlar oliygohlar va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘ysa, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Bunda, viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi lozim.
Shu bois, viloyat hokimlari, rektorlarga 1 apreldan boshlab har bir oliygohda mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi.
Viloyat hokimlari oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar o‘rtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak.
Men Zoirov Askar “MIKROKREDIT” bankning Shofirkon fillialida 01.11.2022 yili amaliyotimni boshladim.
Maqsad.Universitetda o’rgangan nazariy bilimlarimni amaliyotda tadbiq etilishini,kuzatish,o’rganishni boshladim.Quyilgan maqsadlardan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
- Bankning nizomi bilan tanishish;
-Bankning faoliyatini o’rganish;
- Bankning buxgalteriya hisobi yuritilishi bilan tanishish;
- Bankning oldingi oy hisobotlarini ko’rib chiqish;
- Bankning hisob hujjatlari shakli va ko’rsatkichlarini o’rganish;
-rejaviy davr boshidagi bankning moliyaviy holatini o’rganish;
Amaliyot hisoboti- kirish, asosiy qism, xulosa va ilovalardan iborat.

Download 50.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling