Mikrokredit
Download 411.51 Kb.
|
zoirov askar hisobot 2022.docx4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot tariqasida
Hisobga olish davri
Hisobga olish davri moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‘lgan hisob jarayonining ketma-ket bosqichini o‘z ichiga oladi. Hisobga olish davri quyidagi bosqichlardan iborat: a) birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi va boshqa hujjatlar); b) yordamchi kitoblarda operatsiyalarni ro‘yxatga olish; v) oyning oxirida yordamchi kitoblardagi jami summani Bosh kitobga o‘tkazish; g) oy oxirida buxgalteriya balansini tayyorlash; d) buxgalteriya balansi asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash; e) hisobot yili oxirida mikrokredit tashkilotining foyda va zararlar hisobvaraqlarini yopish; j) yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish. Joriy yilning 1-4 iyun kunlari Misr davlatining Sharm el-Sheyx shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining 47-Yillik yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan xususiy sektor forumida «Mikrokreditbank» ATB hamda XSRIK o‘rtasida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga 50 mln. dollar ajratish bo‘yicha memorandum imzolandi. Shuningdek, mazkur forum davomida XSRIK tomonidan bankda 2022-2023 yillarda «Islomiy darcha»ni ochish yo‘nalishida texnik maslahat xizmatlari, shuningdek, qayta tiklanadigan «yashil» energetika manbalariga bog‘liq yirik loyihalarni joriy etish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi. Shubhasiz, bunday hamkorlik bankimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, qolaversa, respublikamizda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga mustahkam zamin yaratadi. Ma’lumot tariqasida, Mikrokreditbank va XSRIK o‘rtasidagi hamkorlik doirasida hozirga qadar 22.0 mln. AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar doirasida 33 ta investitsion loyihalar moliyalashtirilib, 1500 dan ortiq ishchi o‘rni tashkil etilgan. Shuningdek, xususiy sektor forumi doirasida International Turnkey Systems (ITS) kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. ITS kompaniyasi Quvayt davlatida joylashgan bo‘lib, moliyaviy institutlar, hukumat va xususiy sektor tashkilotlari uchun muhim biznes funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan ilg‘or texnologik yechimlarni taqdim etadi. Muzokaralar davomida bankda «Islomiy darcha» ochish maqsadida IT sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi. Download 411.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling