Mikrokredit


IV. Mikrokreditni berish va qaytarish tartibi


Download 411.51 Kb.
bet6/11
Sana28.12.2022
Hajmi411.51 Kb.
#1021730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zoirov askar hisobot 2022.docx4

IV. Mikrokreditni berish va qaytarish tartibi
Mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda beriladi.Mikrokreditlar tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar va ishlar uchun to‘lov topshiriqnomalarini naqd pulsiz shaklda to‘lagan holda alohida ssuda hisob raqami ochish yoki bank kassasi orqali xarajat dalolatnomasi bo‘yicha naqd mablag‘ berish yo‘li bilan beriladi.
Ssuda hisob raqami, agar kredit shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, kredit shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida ochiladi.
Bank kredit summasidan va foiz stavkasidan kelib chiqib asosiy qarz va foizlarning bo‘lajak to‘lovlari summasini kreditning butun muddatiga teng to‘lovlarda hisoblab chiqadi.
Mikrokredit va mikroqarz operatsiyalari hisobi
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan mikrokreditlar hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mikrokredit hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berilganda har bir qarz oluvchining har bir mikrokredit va mikroqarzi bo‘yicha qog‘oz shaklida kredit kartochkasi rasmiylashtirilib, unda mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Kredit kartochka va unda amalga oshirilgan mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha operatsiyalarning hisobi dasturiy yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kredit kartochkasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
qarz oluvchi jismoniy shaxsning ismi, familiyasi va otasining ismi, qarz oluvchi yuridik shaxsning nomi;
shaxsiy hisobvaraq raqami;
qarz oluvchi jismoniy shaxsning pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat ma’lumotlari, qarz oluvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;
qarz oluvchi jismoniy shaxsning turar joyi, qarz oluvchi yuridik shaxsning joylashgan yeri hamda ularning kontakt ma’lumotlari;
majburiyatlar ta’minlanganligi haqida ma’lumotlar;
kafillar to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan ularning pasport yoki shaxslarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ma’lumotlari, turar joy (joylashgan yeri) va kontakt ma’lumotlari;
mikrokredit yoki mikroqarzning maqsadi;
mikrokredit yoki mikroqarz shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha hisoblangan va to‘langan foizlar to‘g‘risida ma’lumot;
mikrokredit yoki mikroqarzni qaytarish summalari to‘g‘risida ma’lumot;
to‘lov muddatini kechiktirish to‘g‘risida ma’lumot.
Mikrokredit va mikroqarz berish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilganda bosh buxgalter:
har bir qarzdor uchun har bir mikrokredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi;
mikrokredit (mikroqarz) berish bo‘yicha operatsiyalarni va tegishli o‘tkazmalarni amalga oshirishni tasdiqlaydi.
Mikrokredit (mikroqarz) shartnomalari buxgalteriyada bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanadi.
Qarz oluvchiga mablag‘larni berish ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq pul mablag‘larni berishni rasmiylashtirish jarayoni va hisobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha naqd pul mablag‘lari berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 10101 — “Kassadagi pul mablag‘lari” hisobvarag‘i.
Mikrokredit va mikroqarz mijozga naqd pulsiz tarzda berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘i.
. Mikrokredit va mikroqarzni qaytarish hisobvarag‘ida mablag‘larni hisobga olish va foizlar hisoblash ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq kelib tushgan pul mablag‘larni rasmiylashtirish jarayoni va hisobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd pulda so‘ndirilganda quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Kassadagi pul mablag‘lari” hisobvarag‘i;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq.
Xuddi shuningdek, mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd pulsiz shaklda so‘ndirilganda quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘i;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Hisoblangan foizlar summasi mikrokredit tashkiloti tomonidan har xil mikrokredit yoki mikroqarz turlari bo‘yicha belgilagan yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foizlar hisoblashda bir yil deb 365 (366) kun qabul qilinadi. Foizlar mikrokredit yoki mikroqarz berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar miqdoridan (mikrokredit yoki mikroqarz berilgan kun hisobga olingan holda) yoki foizlarni qaytarishni oxirgi kunidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Kredit yoki qarz bo‘yicha asosiy qarzning to‘lanmagan qoldig‘i summasi X yillik foiz stavkasi X kunlar soni
____________________________________________________
365 (366)

(39-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Olinishi lozim bo‘lgan foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan aks ettiriladi:
Debet 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq;
Kredit 42000—44500 — Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i.
Mikrokredit yoki mikroqarzning asosiy summasi yoki foizlar qaytarilishi 60 va undan ortiq kunga kechiktirilgan holda va bunday mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatilganda, hisoblangan, lekin olinmagan barcha foizlar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan hisobdan chiqarilishi lozim:
Debet 4200—4500 — Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i;
Kredit 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq.
Shuningdek, ushbu foizlar summasini ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 91501 — “Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘i;
Kredit 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
. Foizlar balansdan hisobdan chiqarilganidan so‘ng, foizlarni keyingi hisoblash faqat balansdan tashqari 91501 — “Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar” va 91505 — “Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari” hisobvaraqlarida qoida bo‘yicha 3 yildan oshmagan vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin. Bunda barcha muddati o‘tgan foizlar kreditning asosiy summasi to‘liq qoplanganidan va to‘langanidan keyin daromadga kiritilishi mumkin.
Avval hisobdan chiqarilgan va balansdan tashqari hisoblanadigan foizlarni qaytarishda:
Debet 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” hisobvarag‘i;
Kredit 91501 — “Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘i.
Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” hisobvarag‘i orqali olib borilishi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettirilishi shart:
Debet 56802 — “Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” hisobvarag‘i;
Kredit Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv).
Mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazmalar belgilangan talablardan kam bo‘lganda, qo‘shimcha o‘tkazmalar ushbu holat aniqlangan davrda mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” hisobvarag‘i orqali olib boriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettiriladi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan belgilangan talablarga nisbatan ortiqcha shakllantirilgan zaxiralar kamaytirilganda, shuningdek qarzdor tomonidan zaxira shakllantirilgan aktiv bo‘yicha mablag‘lar qaytarilganda ortiqcha shakllantirilgan zaxiralar 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” (zaxira hisobot yilida yaratilgan bo‘lsa) hisobvarag‘iga yoki 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira hisobot yilidan oldingi yilda yaratilgan bo‘lsa) hisobvarag‘iga olib boriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettiriladi.
Tegishli zaxiralar hisobidan mikrokredit va mikroqarzlarni hisobdan chiqarish quyidagi o‘tkazma bilan amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv);
Kredit Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy hisobvarag‘i.
Bunda zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktivning kelgusi hisobi 95413 — “Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar” hisobvarag‘ida yuritiladi. Zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar balansdan tashqari “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida kamida uch yil yuritiladi va mikrokredit tashkiloti tomonidan ularni undirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi shart. Mikrokredit tashkiloti tomonidan zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha har oyda qarzdorga qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha da’vo xati va tegishli “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar yuboriladi.
Ushbu da’vo xati va ko‘chirmalar sudga qarzdorlikni undirish bo‘yicha murojaat etish uchun asos hisoblanadi. Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdorlik qoplanmagan taqdirda, yaratilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar mikrokredit tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan undirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Kassadagi pul mablag‘lari” yoki 10503 — “Banklarga qo‘yilgan
Kredit 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” hisobvarag‘i;
Kredit 42000—44500 — Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i.
Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida oldin hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarz summasi (asosiy qarz)ga:
Debet 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kredit 95413 — “Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar”.
Bank muntazam muddatli yangi omonatlar chiqarib, amalga joriy etdi, ular o’zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan aholida o’z jamg’armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg’otdi.

Download 411.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling