“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida ma'lumot
Download 44 Kb.
|
20221226-Strategiya Rezyume Latin
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risidaMA'LUMOTStrategiyani ishlab chiqish asoslari Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3620-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4699-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmoni. “Pricewaterhouse Coopers Central Asia and Caucasus B.V.” kompaniyasi bilan birgalikda “Mikrokreditbank” ATB Rivojlanintirish strategiyasini ishlab chiqildi. Strategiyani ishlab chiqish doirasida ish hajmi - bosqich. Makroiqtisodiy holat, bank sektorining tahlili va Mikrokreditbankning bozordagi o‘rni O‘zbekistondagi umumiy makroiqtisodiy vaziyat va bank sektorining tahlili va prognozi. Mikrokreditbankning maqsadli segmentlaridagi raqobatchilari operasion/tijorat modellarini biznes modeli, raqobat ustunligi va pozisiyasi (bozorning asosiy segmentlari), asosiy vakolatlari, kuchli va zaif tomonlari, noyob afzalliklari, mijozlar bazasini segmentasiyasi, mijozlar segmentlari bo‘yicha mahsulot liniyasi, savdo kanallari, natijalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, tarmoq sifati va tarmoqning xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining bank xizmatlari bozoriga o‘xshash bozorlarda “Mikrokreditbank” bilan taqqoslanadigan banklarning tijorat va operasion modellarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish (bank sektorining yetuklik darajasi bo‘yicha, asosiy banklarning transformasiya qilish bosqichi bo‘yicha shunga o‘xshash demografik vaziyat va boshqalar) Kambag‘allikka qarshi kurash vositasi sifatida foydalaniladigan davlat va tijorat mikrokredit dasturlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish. Amaldagi muvaffaqiyat mezonlari va amaldagi dastur natijalari. Dasturni amalga oshirish ko‘lami. Dasturlarda foydalanilgan kredit mahsulotlarini ko‘rib chiqish. Kambag‘allikka qarshi kurashishga qaratilgan mikromoliyaviy dasturlarni amalga oshirishda davlat sektori (hukumat) va kredit tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi. Dasturlar doirasida berilgan kreditlarni moliyalashtirish manbalari. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling